Bolalar adabiyoti: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Qatorga koʻchirish toʻgʻrilandi
k o'zbek -> oʻzbek, replaced: O'zbek → Oʻzbek (4), o'zbek → oʻzbek (8) using AWB
Qator 7:
Sharq yozma adabiyotida "pandnoma", "mavʼizatnoma", "nasihatnoma", "axloq kitoblari" singari nomlar bilan tasnif qilinuvchi asarlar B. a.ning dastlabki namunalari hisoblanadi. Maye, Kaykovusning "Mavʼizatnomai Kaykovus" ("Qobusnoma"), Shayx Savdiyning "Guliston" va "Boʻston", Jomiyning "Bahoriston" asarlari shular jumlasidandir. Bular tarjima vositasida oʻzbek B. a.ga kirib kelgan. Alisher Navoiyning "Hayrat ulabror", "Mantsh uttayr" va "Mahbub ulqulub" asarlari, Xojaning "Miftoh uladl" va "Gulzor", Gulxaniyning "Zarbulmasal" asarlari esa oʻzbek B. a.ning mumtoz namunalari boʻlib, pandnasihat ruhidagi maqolat va hikoyatlari bilan asrlar mobaynida yosh avlodni yaxshi insoniy fazilatlar ruhida tarbiyalashga xizmat qilib kelmoqda.
 
B. a.ning shakllanishi deyarli barcha xalqlarda asosan maʼrifatparvarlik va maktabmaorif tizimi islohotlari bilan chambarchas bogʻliq. Oʻzbek B. a.ning barqarorlashuvi ham 19-a. 2 yarmi — 20-a. boshlaridagi maʼrifatparvarlik harakatiga borib taqaladi. Saidrasul Aziziy, Munavvarqori, Abdulla Avloniy, Hamza va b. oʻnlab maʼrifatparvarlarning "yangi usul" ("usuli jadidiya")dagi oʻzbek maktablari talabalari uchun yaratgan ellikka yaqin alifbo va oʻqish kitoblari o'zbekoʻzbek B. a.ning tom maʼnodagi yorqin namunalari hisoblanadi. B. a. ga bolalar uchun maxsus yaratilgan asarlar sifatida qarash, uning oʻziga xos tamoyillarini belgilash 20-a. boshlariga xosdir.
 
O'zbekOʻzbek B. a. jahon B. a.ning ilgor anʼanalari taʼsirida rivojlandi. Jahon B. a.ning nodir namunalari o'zbekoʻzbek tiliga tarjima qilindi, "Gulliverning sayohatlari" (J. Svift), "Robinzon Kruzo" (D. Defo), "Tom togʻaning kulbasi" (BicherStou), "Soʻna" (E. Voynich) kabi jahon adabiyotining nodir asarlari oʻzbek bolalarning ham mulki boʻlib qoldi.
 
Sharq adabiyoti eng yaxshi namunalarini arab, fors tilidan tarjima qilish B. a. tarjimachiligidagi bir yoʻnalish boʻlsa, Gʻarb adabiyoti, xususan rus adabiyoti namunalarini oʻzbekchalashtirish ikkinchi yoʻnalishni tashkil etdi. I. A. Krilov masallari, A. S. Pushkinning "Baliqchi va baliq haqida ertak" asari, K. D. Ushinskiy hamda L.N. Tolstoyning bir qancha hikoya, ertaklari va b. ayni shu davrda tarjima qilinib, yangi usuldagi maktablar alifbo va oʻqish kitoblariga kiritildi. Ijodkorlar tarjima vositasida realistik B. a.ning oʻziga xos xususiyatlarini yanada mukammal egalladilar, bolalar uchun yozuvchi adiblar guruhi shakllandi. 20-a.ning 20—30-y.larida Hamid Olimjon, Gʻafur Gʻulom, Gʻayratiy, Shokir Sulaymon, Ilyos Muslim, Gulom Zafariy, Ayniy, Elbek, Zafar Diyor, Sulton Joʻra, Kudrat Hikmat, Quddus Muhammadiy, Shukur Sadulla, Hakim Nazir, Poʻlat Moʻmin va b. ijodkorlarning asarlari o'zbekoʻzbek B. a.ning rivojlanishida, maxsus adabiyot sifatida shakllanishida muhim ahamiyatga ega boʻldi.
 
O'zbekOʻzbek B. a.da ayniqsa, adabiy ertak janri rivojlandi. Hamid Olimjonning Oygul va Baxtiyor, "Semurgʻ yoki Parizod va Bunyod", Mirtemirning "Ajdar", Shukur Saʼdullaning "Uch ayiq", "Ayyor chumchuq", Zafar Diyorning "Yangi ertak", "Toshxon bilan Moshxon", "Tulkining hiylasi", Sulton Joʻraning "Zangor gilam" va "Qaldirgʻoch" singari adabiy ertaklari xalq ogʻzaki ijodi anʼanalari asosida yaratilgan, shakl va mazmun jihatdan puxta badiiy asarlar sirasiga kiradi. 30-y.larda o'zbekoʻzbek bolalar sheʼriyati yuksalib, uning mavzu doirasi kengaydi.
 
40—60-y.larda o'zbekoʻzbek B. a. yanada rivojlandi, bolalar yozuvchilarining safi Nosir Fozilov, Xudoyberdi Toʻxtaboyev, Tolib Yoʻldosh, Farhod Musajonov, Latif Mahmudov va b. qalamkashlar hisobiga kengaydi. Uygʻun, Mirtemir, Asqad Muxtor, Sayd Ahmad, Shuhrat, Mirzakalon Ismoiliy, Mirkarim Osim singari kattalar adabiyoti vakillari ham bolalarga atab asarlar yaratdilar.
 
Quddus Muhammadiyning besh kitobdan iborat "Tabiat alifbosi" yosh kitobxonlarni ona tabiatga, hayvonot va oʻsimliklar dunyosiga mehrmuhabbat ruhida tarbiyalovchi, quvnoq kulgi bilan yoʻgʻrilgan, mavzular rangbarangligi va tasvirning mukammalligi bilan eʼtiborga sazovor.
Qator 23:
80-y.lar B. a.da Anvar Obidjon, Safar Barnoyev, Rauf Tolipov, Qambar Utayev, Hamza Imonberdiyev va b. ijodkorlarning asarlari yosh avlodni eng yaxshi insoniy fazilatlar ruhida tarbiyalashga xizmat qilishi bilan eʼtiborga sazovor boʻldi.
 
B.a.da badiiylik bilan bir qatorda maʼrifiylik ham yetakchi oʻrin tutadi. Chunki B.a. namunalari yoshlarni insoniy fazilatlar ruhida tarbiyalashga ham xizmat qiladi. Barcha davrlar B.a.ning taraqqiyot tamoyillari, avvalo, maʼrifiylik va tarbiyaviylikda aks etadi. Biroq B.a. rivojlanib borgani sari uning sof badiiyat unsurlarini egallashga intilishi va umumadabiyot taraqqiyot tamoyillari bilan hamkorligi ham koʻzga tashlanadi. Jumladan, 20 a. boshlarida o'zbekoʻzbek B.a.da koʻproq maʼrifatparvarlik gʻoyalari yetakchilik qilsa, 30-y.lar B.a.da realistik adabiyot tamoyillari ustuvor, 5060-y.lar B.a.da sarguzasht fantastik adabiyot elementlari kuchaydi. 80-y.lar B.a.da psixologizmning kuchayishi, yosh qahramon talqinida uni yosh bola tarzida emas, hayotga tobora jadal kirib kelayotgan, oʻz qarashlariga ega boʻlgan shaxs sifatida tasvirlashga intilish ruhi mavjud.
 
O'zbekOʻzbek B.a. taraqqiyotida 90-y.dar yangilanish davri boʻldi. Istiqlol sharofati bilan milliy, madaniy, adabiy va diniy qadriyatlarning tiklanishi B.a. namoyandalari ijodiga ham sezilarli taʼsir qildi, ularning asarlarida haqiqiy o'zbekoʻzbek qiyofasi tasviri yetakchi oʻrin egallay boshladi.
 
B.a.ning oʻziga xosliklari uning qahramoni tasvirida yanada yorqinroq namoyon boʻladi. Mac, 20-a. boshlari B.a. namunalari koʻproq ijodkorning faolligi, qahramon tasviri emas, targʻibiytashviqiy ruh ustuvorligi bilan ajralib tursa, 30-y.lar B.a.da koʻproq xalq ogʻzaki ijodiga murojaat qilingan, bu davrda yaratilgan asarlarda ham hali faol qahramon obrazi deyarli yoʻq edi. 50—60-y.lar B.a. namunalari bevosita yosh qahramonlarning asarlar voqealarida hal qiluvchi oʻrin tutish bilan chinakam B.a.ga aylandi. 70—80-y.lar B.a. namunalaridan esa tobora hayotga oʻz nuqtai nazari bilan qaraydigan, balandparvoz, ritorik taʼriflardan koʻra tanqidiy nigohi oʻtkirroq yosh qahramon qiyofasi gavdalana boshladi, shu davrda o'zbekoʻzbek B.a.ga ilk bora bolalarning oʻziga xos, endigina uygʻonib kelayotgan pok muhabbati kirib keldi. 90-y.lar adabiyotida bu borada yangi qadam tashlandi, oʻzbek bolasi oʻzbekning farzandi ekanligidan faxrlanish, ulugʻ ajdodlarga munosib boʻlish ruhidagi, tom maʼnodagi vatanparvarlik gʻoyasi ustuvor asarlarni oʻqish baxtiga musharraf boʻldi.
 
== Adabiyotlar ==
* [[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
* Suyumov A., Kichkintoylar adabiyoti, T., 1962; Jahongirov F., Oʻzbek bolalar folklori, T., 1975; Bolalar adabiyoti va zamonaviylik, T., 1981;Safarov O., Oʻzbek bolalar poetik folklori, T., 1985; O'zbekOʻzbek bolalar adabiyoti va adabiy jarayon, T., 1989; Barakayev R., Jonajonim, sheʼriyat, T., 1997.
 
Rahmatilla Barakayev, Kavsar Turdiyeva.
{{stub}} {{no iwiki}} <!-- Bot tomonidan yaratildi -->
 
{{OʻzME}}
 
 
{{stub}}