Gidrogeologiya: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Qatorga koʻchirish toʻgʻrilandi
k o'zbek -> oʻzbek, replaced: O'zbek → Oʻzbek using AWB
Qator 1:
'''Gidrogeologiya''' (gidro... va geologiya) — yer osti suvlari haqidagi fan. Yer osti suvlarining tarkibi, xossasi, kelib chiqishi, harakati qonuniyatlari va tarqalishini, xoʻjalikka foydasi va zararini oʻrganadi, ulardan foydalanish yoʻllarini aniqlaydi, texnik tadbirlarni ishlab chiqadi. Yer osti suvlarini qidirish, miqdori va isteʼmol uchun yaroqliligini aniqlash, sugʻorish, sanoat korxonalari ehtiyojlarini qondirishda ulardan foydalanish, melioratsiya, botqoq yerlarni quritish va har xil muhandislik inshootlarini qurish kabi amaliy masalalarni ham hal etadi. G. gidrologiya, geologiya (shu jumladan muhandislik geologiyasi), gidravlika, geofizika, geokimyo, gidrokimyo, iqlimshunoslik, meteorologiya, tuproqshunoslik kabi fan sohalari bilan chambarchas bogʻlangan; mat., fizika, kimyo fanlari maʼlumotlariga asoslanadi, shu fanlarning tadqiqot metodlaridan foydalanadi.
 
Yer osti suvlari haqidagi bilimlar qadim zamonlardan boshlab toʻplanib kelgan. Shaharlar bunyodga kelishi va obikor dehqonchilik rasm boʻlishi bilan G. tez rivojlandi. Miloddan 2—3 ming yil avval hozirgi Oʻrta Osiyo va Ozarbayjon, Misr, Hindiston, Xitoy kabi mamlakatlar hududida 100 m gacha chuqur quduqlardan suv olinganligi maʼlum. Oʻsha davrdayoq odamlar mineral suvlar bilan davolangan.. Beruniyning "Otilib chiqayotgan suvlarning tabiati toʻgʻrisida" risolasi G. ga oid dastlabki ilmiy asar hisoblanadi. Asarda Ustyurt, Sultonsanjar, Sariqamish, Sulton Uvaysdagi buloqlardan chiqayotgan suvlarning tabiati toʻgʻrisida maʼlumot berilgan. Uygʻonish davrida yer osti suvlari bilan Gʻarbiy yevropalik olimlaridan Agrikola, Palissi, Steno va b. shugʻullandilar. 19-a. oxiri — 20-a.ning boshlarida grunt suvlarining tarqalish qonuniyatlari aniqlandi. 19-a.ning oʻrtalarigacha G. geologiyaning tarkibiy qismi boʻlib rivojlandi, keyinroq alohida fan boʻlib ajraldi. G.ning rivojlanishiga fransuzlardan L. Darsi, J. Dyupyui, nemis olimlaridan E. Prins, K. Keylhaq, X. Xafyor, amerikalik olimlardan A. Xazen, O. Maynser, A. Leyn, rus geologlaridan S. P. Nikitin, I. V. Mushketov va b., 20-a.ning 20-y.laridan V. P. Savarenskiy va O. Konge salmoqli hissa qoʻshdilar. 1925 y.da Oʻrta Osiyo davlat universitetida Oʻrta Osiyoda yagona G. kafedrasi tashkil etildi. Oʻzbekiston, Qirgʻiziston va Turkmaniston hududlarida gidrogeologik tadqiqot ishlari olib borildi. 1930 y.da kafedra qoshida yer osti suvlari byurosi va bu byuro asosida 1931 y.da Oʻzbekistan yer osti suvlari instituti tashkil qilindi. Oʻrta Osiyo, ayniqsa, Oʻzbekiston hududida keng miqyosda gidrogeologik tadqiqotlar oʻtkazildi va Oʻzbekistan hududining birinchi gidrogeologik haritasi tuzildi. 1934 y.da Yer osti suvlari instituti O'zbekistonningOʻzbekistonning yagona gidrometeorologik xizmati tarkibiga qoʻshildi.
 
1957 y.da Oʻzbekistonda G. tresti tashkil etildi. Keyingi yillarda bir necha gidrogeologik muassasalar barpo etildi. 1960 y.da Gidrogeologiya va muhandislik geologiyasi instituti tashkil qilindi. 1960—63 y.larda G.ning meliorativ gidrokimyo, grunt suvlari rejimi va balansi, regional yer osti suvlarining resurslari, umumiy G. sohasi boʻyicha i. t. ishlari olib borildi.
Qator 11:
== Adabiyotlar ==
* [[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
{{stub}} {{no iwiki}} <!-- Bot tomonidan yaratildi -->
 
 
{{stub}}