Jut: Versiyalar orasidagi farq

19 bayt qoʻshildi ,  7 yil oldin
k
o'zbek -> oʻzbek, replaced: O'zbek → Oʻzbek using AWB
(Qatorga koʻchirish toʻgʻrilandi)
k (o'zbek -> oʻzbek, replaced: O'zbek → Oʻzbek using AWB)
'''Jut''' ({{bt|Corchorus}}), Kalkutta kanopi — joʻkadoshlar [[oila (biologiya)|oila]]siga mansub [[lub tolali ekinlar|lub tolali]] [[bir yillik oʻsimliklar|bir yillik oʻsimlik]], tola olinadigan ekin. [[Vatan]]i — [[Hindiston]]. [[Osiyo]], [[Afrika]], [[Janubiy Amerika|Jan. Amerika]] va [[Avstraliy]]aning [[tropik mintaqalar|tropik]] va [[subtropik mintaqalar]]ida oʻsadigan 100 ga yaqin [[tur (biologiya)|tur]]i bor. Asosan Osiyo mamlakatlarida tolasi uchun bir yillik 2 turi — choʻziq mevali J. ({{bt|S. olitorius}}) va yirik meva-li J. ({{bt|S. capsularus}}) [[ekinlarni ekish|ekiladi]]. Oʻzbekis-tonda 20-a.ning 30-y.laridan choʻziq mevalisi oʻstiriladi.
 
[[Poya]]si toʻgʻri oʻsadi, yashil rangda, boʻyi 2,5—3,5 m; uchki qismi shoxlanib, uch-toʻrtta meva shoxcha hosil qiladi. [[Ildiz (oʻsimlik)|Ildiz]]i oʻq ildiz, shoxlangan, yerga 1 — 1,5 m gacha kirib boradi. [[Barg]]lari ketma-ket joylashgan, uzun bandli, nash-tarsimon, arra tishli. [[Gul]]i mayda, ikki jinsli, sariq. Mevasi qovurgʻali [[koʻsakcha]], choʻziq, 5—10 sm, yirik mevalisiniki 1—2 sm. [[Urugʻ (oʻsimliklar)|Urugʻ]]i mayda, uch qirrali, toʻq yashil, sargʻish-jigarrang yoki toʻq jigarrang , 1000 donasining vazni 1,5—2 g . Urugʻida 14% gacha [[moy]] bor. Tolasi [[uzunlik|uz.]] 2—32–3 m. J. oʻzidan [[changlanish|changlanuvchi]] namsevar, [[yorugʻsevar oʻsimliklar|yorugʻsevar]], issiqsevar, sovuqqa chidamsiz oʻsimlik. Urugʻi 16—18° da normal unib chiqadi. [[Vegetatsiya davri]] 140—160 kun. J. [[kanop]]ta Karaganda, ayniqsa oʻsish davrida, suvga juda talabchan. [[Sur tuproqlar|Sur]], [[oʻtloqi tuproqlar|oʻtloqi]] va [[botqoqi-oʻtloqi tuproq|oʻtloqi-botqoqi tuproqlar]]da yaxshi usadi, shoʻrga chidamsiz.
 
J. tolasi yetishtirish hajmi dunyoda [[ishlab chiqarish|ishlab chiqariladigan]] [[lub tolalari|oʻsimlik tolalari]] ichida [[paxta tolasi]]dan keyin 2-oʻrinda turadi. J.ning quruq poyasi ([[poʻstloq|poʻstlogʻi]])dan 20—25% yuqori [[gigroskopiklik|gigroskopik]] pishiq tola chiqadi. J. tolasidan [[toʻqimachilik sanoati|toʻqimachilik]] [[mahsulot]]lari, [[gilam]]lar, qop, [[arqon]], [[texnik gazlama|texnik]] va oʻrov [[gazlama|gazmol]]lari, [[jun]], [[paxta]] tolalari bilan aralash tolalaridan [[kiyim|kiyim-kechak]] gazmollari tayyorlanadi. Hindistonda J. bargi ovqatga ishlatiladi. J. urugʻidan moy, [[yurak-tomir sistemasi kasalliklari|yurak-qon tomirlari kasalliklari]]ni davolashda ishlatiladigan [[glikozidlar]] olinadi.
 
Almashlab ekishda beda, dukkaklidon ekinlaridan keyin 28—30 sm chuqurliqsa kuzgi shudgor qilingan maydonlarga ekiladi. Oʻgʻitlash normasi: 10—20 t/ga [[goʻng]] , 90—120 90–120 kg/ga [[azot]] va R2O5, 60—90 60–90 kg/ga K2O. Tola olish uchun qoʻsh qatorlab 60x12—13, 50x20 sm sxemada ekiladi. Urugʻ 3—4 sm chuqurlikka koʻmiladi. Gektariga tola uchun 12—14, urugʻ olish uchun 6  kg urugʻlik sarflanadi. Vegetatsiya davomida 5—8 marta [[sugʻorish|sugʻoriladi]], qator oralari yumshatiladi, oʻtoq qilinadi, oziqlantiriladi, sugʻorish normasi 5000—70005000–7000 m³/ga. Texnik jihatdan yetilgan, 50% oʻsimlikda 1—2 koʻsakcha hosil boʻlganda tola uchun oʻriladi, maxsus mashinalarda poʻstlogʻi ajratib olinib, dalada quritiladi va lub (kanop) zavodlariga topshiriladi.
 
[[Hosildorlik|Hosildorligi]] 90—100 s/ga (quruq poya hisobida), 10—14 s/ga tola, 3—6 s/ga urugʻ. MDH davlatlarida faqat Oʻzbekistonning Toshkent viloyatida (50y.larda qisman Tojikiston va Turkmanistonda ekilgan) yetishtiriladi (respublikada 90-y.larda J. ekin maydoni 1000 ga atrofida).
 
== Adabiyot ==
* Ioffer R. F., Kapralova N.P., Agrotexnika djuta, M., 1951; Nazirov X. N., Biologicheskiye osobennosti rosta i razvitiya djuta v O'zbekistaneOʻzbekistane, T., 1966.
 
Halima Otaboyeva.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
{{manbalar}}
 
{{stub}} <!-- Bot tomonidan yaratildi -->
 
[[Turkum:Ikki pallali oʻsimliklar]]
 
 
{{stub}}
197 605

ta tahrir