Kabarda-Bolqoriya: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Qatorga koʻchirish toʻgʻrilandi
k o'zbek -> oʻzbek, replaced: o'zbek → oʻzbek using AWB
Qator 7:
 
=== Iqlimi ===
Iqlimi moʻʼtadil kontinental, togʻlarda balandlik mintaqasi qonuniyatiga boʻysunadi. Kabarda tekisligida oʻrtacha harorat yanvarda — 4°, iyulda 23°. Yillik yogʻin 500  mm dan 2000  mm gacha. Togʻlarda [[yanvar]], [[fevral]]ning oʻrtacha harorati — 12° gacha va [[iyul]]-[[avgust]]niki 4° dan pastroq. [[Bezengi]], [[Dixsu]] va boshqa muzliklar bor. Kabarda tekisligi qora, oʻtloqi-qora, respublika shim.-sharqi — kora-kashtan tuproqli. Oʻrmonlarda qora qayin, grab, eman, qayin, qandagʻoch, qaragʻay va b. oʻsadi.
 
Togʻlarda silovsin, togʻ va oʻrmon suvsari, qoʻngʻir ayiq, toʻngʻiz, bugʻu, togʻ echkisi, tur; qushlardan qirgʻovul, chil, kaklik, bedana, baland togʻlarda ular (togʻ kurkasi), kur uchraydi. K.-B. qoʻriqxonasi va Elbrus tabiiy milliy bogi tashkil etilgan .
Qator 13:
 
=== Yirik daryolari ===
* [[Terek (daryo)|Terek]] (623  km)
* [[Malka (daryo)|Malka]] (216  km)
* [[Cherek]] (131  km)
* [[Chegem (daryo)|Chegem]] (103  km)
* [[Argudan (daryo)|Argudan]]
* [[Baksan (daryo)|Baksan]] (173  km)
* [[Kurkujin]]
* [[Lesken (daryo)|Lesken]]
Qator 30:
{{main|Kabarda-Balkariya tarixi}}
1918 y. 21 martda Shoʻro hokimiyati eʼlon qilindi. 1920 y. mart oxirigacha fuqarolar urushi davom etdi. 1921 y.1 sent.da RSFSR tarkibida Kabarda muxtor viloyati, 1922 y. 16 yanvarda bir-lashgan Kabarda-Balkariya muxtor viloyati tuzildi. 1936 y. 5 dek.da K.-B. Muxtor Respublikasi deb ataldi. K.-B. 1942 y. okt.da nemislar tomonidan bosib olindi. 1943 y. yanvarda ozod etildi. 1944 y.da bolqorlar 2-jahon urushi davrida nemis bosqinchilariga yon bosdi degan tuhmat bilan zoʻrlab Oʻrta Osiyo va Qozogʻistonga koʻchirildi. K.-B. muxtor respublikasi Kabarda muxtor respublikasi deb atala boshladi. 1957 y. bolqor xalqining milliy muxtoriyati tiklandi va Kabarda muxtor respublikasi yana K.-B. Muxtor Respublikasiga aylantirildi. 1991 y. yanvarda K.-B. Oliy Kengashi davlat suvereniteti haqida deklaratsiya qabul qildi, 1992 y. fevral dan K.-B. Respublikasi deb atala boshladi.
 
 
== Axolisi ==
Qator 84 ⟶ 83:
Qishloq xoʻjaligi don va texnika ekinlari yetishtirish va chorvachilikka ixtisoslashgan. Dasht yerlarda kuzgi bugʻdoy, makkajoʻxori, kungaboqar, tariqetishtiriladi. Sabzavotchilik, bogʻdorchilik, tokchilik rivojlangan. Sugʻoriladigan yerlarda ham dehqonchilik bilan shugʻullanadilar. Sut va goʻsht-sut chorvachiligiga, mayin jun olinadigan qoʻy va echkilar boqishga asosiy eʼtibor beriladi. Zotdor yilqichilik rivojlangan (mashhur kabarda ot zotlari). Asalarichilik va pillachilik ham mavjud.
 
Respublikaning shim.dan Nalchik va Tirniauzga neft va gaz quvurlari oʻtgan. Avtomobil yoʻllari uz. — 3851  km, temir yoʻllar uz. — 133  km. Avtomobil yoʻllari Nalchik sh.ni Pyatigorsk va Vladikavkaz sh.lari bilan bogʻlaydi. Nalchik sh.da aeroport bor. Respublikada togʻ changi sayyohligi rivojlangan.
 
== Madaniyati ==
Qator 95 ⟶ 94:
2-jahon urushi yillarida dushmanni yengishga undovchi sheʼrlar, ocherklar, hikoyalar toʻplamlari, "Mening Vatanim" (Ali Shogensukov), "Ota" (A.P.Keshokov) qissalari chop etildi. Front matbuotida A.P.Keshokov, Q. Quliyevning jangovar sheʼrlari muntazam chiqib turdi. Fashizm bilan kurashda koʻpgina isteʼdodli yozuvchilar qahramonlarcha halok boʻldilar.
 
Urushdan keyin shoirlardan A.P.Keshokovning "Otliqning yoʻli", "Yoshlik yeri" va b., K- Quliyevning "Togʻlar", "Non va atirgul" kabi asarlari shuhrat qozondi. Keyingi yillarda yirik nasriy asarlar yaratildi. A. Shortanovning "Togʻliklar" romani, A. Keshokovning dilogiyasi, A. Naloyev, S. Kushxov, J. Zalixonov, O. Etezov, 3. Aksirov, P. Misakov va b. adiblarning asarlari nashr etildi. A. Keshokov va Q. Quliyevning eng yaxshi asarlari o'zbekoʻzbek tiliga tarjima qilingan.
=== Meʼmorligi va tasviriy sanʼati ===
 
Qator 113 ⟶ 112:
{{manbalar}}
 
{{stub}}
<!-- Bot tomonidan yaratildi -->
 
{{Shimoliy Kavkaz federal okrugi}}
{{Rossiya Federatsiyasining subʼektlari}}
 
 
{{stub}}