Germaniya: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Tahrir izohi yoʻq
Qator 104:
| align="right" | 2.384
|-----
| 14 || [[GamburgHamburg]] || align="right" | 755,16 || align="right" | 1.737.000
| align="right" | 2.300
|-----
Qator 240:
 
== Asosiy siyosiy partiyalari va kasaba uyushmalari ==
[[File:Dmitry Medvedev with Angela Merkel-1.jpg||300px|rihgt|thumb|[[Angela MerkerMerkel]] va [[Dmitriy Medvedev]]. [[2008-yil]] oktyabrda]]
Germaniya kommunistik partiyasi, [[1968-yil]]da tuzilgan; Demokratik sotsializm partiyasi, sobiq GDR da [[1946-yil]]da tuzilgan Germaniya birlashgan sotsialistik partiyasi (GBSP) negizida [[1989-yil]]da tashkil etilgan; Germaniya sotsial-demokratik partiyasi<ref>Дмитриев В. А. «Роль современной Германии в мировой политике». Горчаковские чтения</ref>, 1946-yilda tuzilgan; Xristian-demokratik ittifoqi, 1945-yildan faoliyat kursatadi, [[1950-yil]]da tashkiliy jihatdan yagona partiya sifatida rasmiylashgan; Xristian-sotsial ittifoqi, 1945-yilda Bavariyada asos solingan; Erkin demokratik partiya, [[1990-yil]]da tuzilgan: „Ittifoq-90“ „koʻkatparvarlar“ partiyasi. [[1993-yil]]da „Koʻkatparvarlar“ bilan „Ittifoq-90“ partiyasining birlashuvi natijasida barpo etilgan; Germaniya milliy demokratik partiyasi, [[1964-yil]]da yangi natsistlar tomonidan tuzilgan; Respublikachilar partiyasi, [[1983-yil]] asos solingan. nemis kasaba uyushmalari ittifoqi<ref>А. И. Патрушев «Германия в XX веке»</ref>, [[1949-yil]]da tuzilgan, Germaniya birlashganidan soʻng sobiq GDRdagi kasaba uyushmalari unga qoʻshildi. Xalqaro erkin kasaba uyushmalari konfederatsiyasi va Yevropa kasaba uyushmalari konfederatsiyasiga kiradi<ref>Ерюхин А. А. «Европейская политика ФРГ при Аденауэре»</ref>.
 
Qator 256:
== Transporti ==
[[File:ICE3 in Cologne.jpg||300px|rihgt|thumb|[[Intercity-Express|ICE]] tez yurar poezdi]]
Temir yoʻl uzunligi — 91,4 ming km, avtomobil yoʻllari uzunligi — 496,6 ming km. Eng katta aeroporti — Frankfurtmayn shahrida. Boshqa yirik aeroportlari: [[Berlin]] — [[Tegel]], Berlin — [[Shenefeld]], [[Bremen]], [[GamburgHamburg]], [[Gannover]], [[Drezden]], [[Dyusseldorf]], Kyoln /Bonn, Leypsig, Myunxen, Nyurnberg, Saarbryukken va Shtutgart. Suv yoʻllari uzunligi — 7467 km. Asosiy dengiz portlari: GamburgHamburg, Bre-menBremerxafen, Vilgelmsxafen, Rostok<ref>{{книга|заглавие = Eisenbahnatlas Deutschland|издание = 2007/2008|место = Кёльн|издательство = Verlag Schweers + Wall GmbH|год = 2007|страниц = 232|isbn = 978-3-89494-136-9}}</ref>.
 
== Eksport va import ==
Qator 274:
Mamlakatdagi ilmiy tadqiqot ishlari oliy oʻquv yurtlarida, davlat va xususiy ilmiy tadqiqot muassasalarida va iqtisodiyot ilmiy tadqiqot boʻlimlarida olib boriladi. Tadqiqotlarda Dyusseldorf, Gyottingen, Geydelberg, Leypsig, Mayns va Myunxenda joylashadi FA lari va [[1992-yil]] qayta tashkil etilgan Berlin-Brandenburg badiiy akademiyasi oliy oʻquv yurtlari bilan uzviy hamkorlik qiladi. Mamlakatda 60 dan ortiq ilmiy muassasa va ularning filiallari mavjud. „21-asr texnologiyalari“ deb atalgan ishlardan tashqari, jumladan, transport, ekologiya, sogʻliqni saqlash, informatika, shuningdek mayda va oʻrta korxonalarni qoʻllab-quvvatlash sohalarida tadqiqotlar olib boriladi.
 
Germaniyada 3 mingdan koʻproq muzey bor. Yerlar, shaharlar, uyushmalarning muzeylari, oʻlkashunoslik va xususiy muzeylar, ibodatxonalar, qasrlar, saroylardagi muzeylar, ochiq havo ostidagi muzeylar shular jumlasiga kiradi. Eng yirik muzeylari: Axendagi sobor xazinasi, Yangi galereya, Berlindagi „Prussiya madaniy bisoti“ davlat muzeyi, Bonndagi shahar sanʼat asarlari majmuasi, Drezdendagi Eski va Yangi ustalarning rasmlar galereyasi, „Kuk gumbaz“, Essendagi „Folkvang“ muzeyi kabi sanʼat muzeylari, Bonndagi Reyn viloyat muzeyi, Kyolndagi Rim-Germaniya muzeyi, Myunxendagi Bavariya milliy muzeyi kabi madaniytarixiy muzeylar, Berlin, Frankfurtmayn, Gyottingen, GamburgHamburg, Kil, Kyoln, Lyubeke, Myunxen va Shtutgartdagi etnografiya muzeylari va boshqalar. Yirik kutubxonalari: Myunxendagi Bavariya davlat kutubxonasi (6 mln.dan ortiq asar saqlanadi). „Prussiya madaniy bisoti“ning Berlindagi davlat kutubxonasi (4 mln. asar), Kyolndagi Markaziy kutubxona, Volfenbyuttedsagi gersog Avgust nomidagi kutubxona (660 mingdan ortiq asar) va boshqalar.
 
=== Matbuoti, radnoeshittirishi va telekoʻrsatuvi ===
Qator 293:
 
== Teatri ==
Teatr sanʼati tarixi xalq urf-odatlari va oʻyinlaridan iborat. 11—15-asrlarda xalq sayyor aktyorlari—shpilmanlar sanʼati avj oldi (yengil, shoʻx, kichik pyesalar quyilgan). 16-asr oxirlarida maktab dramalari keng tarkaldi. nemis aktyorlarining birinchi truppalari yuzaga keldi. 18-asrda aktrisa K. F. Neyber nemis teatri sahnasiga fransuz klassitsizmi badiiy tamoyillarini olib chiqdi, teatrning tarbiyaviy roli uchun kurashdi. 19-asrda Berlin, Braunshveyg , Drezden, Dyusseldorf, GamburgHamburg va boshqa shaharlar teatr markaziga aylandi. 19-asr oxiri va 20-asr boshlarida E. Possart, L. Barnay, Y. Kayns kabi yirik aktyorlar yetishib chikdi. l-jahon urushi yillarida Germaniya teatri realistik anʼanalardan chekindi. [[1927-yil]]da ochilgan „Piskator teatri“ publitsistik yoʻnalishdan bordi. Dramaturglardan B. Brext, F. Volf, E. Toller, aktyorlardan A. Moisei, G. Otto, E. Bush, rej.lardan M. Reyngardt, E. Piskator, G. Vangenxeym, K. X. Martinlar teatr sanʼatining rivojlanishiga katta hissa qoʻshdilar. Fashizm davrida teatr sanʼati natsistlarning targʻibot quroliga aylandi. Fashizm tor-mor etilgach, natsizmga qarshi ruxdagi pyesalar paydo boʻldi. Berlin da 150 ta teatr va sahna bor. Boshka shaharlardagi teatrlarning ham repertuarlari xilma-xil. Klassiklarning pyesalari ham katta muvaffaqiyat qozonmoqda. Shiller, Lessing va Kleystdan keyin B. Brext asarlari paydo boʻldi. Zamonaviy dramaturglardan baʼzilari muvaffaqiyatga erishdi. Rolf Xokxut, Harald Myuller, Tankred Dorst, Klau Pol shu jumlaga kirdi.
 
== Musiqasi ==
Oʻrta asrlarda ritsarlar sanʼati paydo boʻldi, minnezingerlar maktabi shakllandi (Volfram fon Eshenbax va boshqalar); 14-asrda meysterzingerlar sanʼati, 16-asrdan cholgʻu (ayniqsa organ) musiqasi (K. Pauman singari kompozitorlar ijodida) rivojlandi. Islohot davrida xalq qoʻshiqlari zaminida protesta ntxorali paydo boʻldi. Germaniya Shyuts nemis musiqasida oratoriya va kantata janrlarini ishlab chiqdi, birinchi nemis operasi „Dafna“ (1627)ni yezdi. [[1723-yil]]dan I. S. Bax faoliyati boshlangap Leypsig yirik musiqa markaziga aylandi. 18-asr 2-yarmida musiqali sahna janri—zingshpil paydo boʻldi (I. Xiller va boshqalar). Asosan chet ellarda ishlagan Germaniya Gendel, X. Glyuk kabi kompozitorlar [[Angliya]], [[Fransiya]] va boshqa mamlakatlar musiqa taraqqiyotiga katta hissa qoʻshdi. Y. Gaydn, V. A. Motsart, L. Betxoven singari Vena klassik maktabi ustalari nemis musiqasi rivojiga kuchli taʼsir oʻtkazdi. L. Betxoven ijodi nemis musiqasining choʻqqisidir. 19-asr boshida musiqiyromantizm namoyandalari F. Shubert, K. Veber, F. MendelsonBartoldi, R. Shuman, 19-asr 2-yarmida R. Vagner. I. Brams, M. Regerlar ijod qildi. 20-asr boshidan Germaniyada ekspressionizm (R. Shtraus, A. Shyonberg), neoklassitsizm (P. Xindemit), atonalizm kabi musiqiy avangardizm oqimlari tarqaldi. Fashistlar rejimi mamlakat musiqiy madaniyatiga halokatli taʼsir qildi. Ilgʻor kayfiyatdagi musiqa arboblari xorijdan boshpana topdi. Urushdan keyin keksa avlodga mansub kompzitorlarning ijodi va faoliyati (K. Orf va b.) yetakchilik qildi. 60-yillardan keyingina yosh kompozitorlar (X. Xense, K. Shtokxauzen) koʻzga koʻrina boshladi. Berlin, GamburgHamburg , Myunxen, Frankfurtmayn, Shtutgart, Leypsig, Drezden va boshqa shaharlarda opera va balet teatrlari, simfonik orkestrlar, Oliy musiqa maktablari bor.
 
== Kinosi ==