Bedil: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k o'zbek -> oʻzbek, replaced: O'zbek → Oʻzbek using AWB
Tahrir izohi yoʻq
Qator 1:
{{Adib
| Ism = Bedil
| Ism (oz tilida) = MirzoMirza Abdulqodir Bedil
| Surat = Бедиль.JPG
| Taxallus = Bedil
Qator 12:
| Magnum opus =
}}
'''Bedil''' (taxallusi; asl ismi '''MirzoMirza AbdulqodirAbdul Qodir''') ([[1644]], [[Bengaliya]], [[Azimobod]] shahri. — [[1721]], [[Dehli]]) — shoir, mutafakkir. Harbiy xizmatchi oilasida tugʻilgan. Ota-bobosi [[kesh]] ([[shahrisabz]])lik, turkiy [[barlos]] urugʻidan. Yoshligidan turli fanlarga qshiqqan. Shayx Kamol, shoh Fozil va Mirza Abdulqosim kabi olimlardan taʼlim sshgan. Hindiston boʻylab koʻp sayohat qilgan, 1685 y.dan umrining oxirigacha Dehpida yashagan. Fors tilida ijod qilgan. Arab, fors, hind, urdu tillarini mukammal bilgan, sharq xalqlari ada-biyotini, tasavvuf va yunon falsafasini, ayniqsa Aristotel falsafasini at-roflicha oʻrgangan. 10 yoshlaridan badiiy ijod bilan shugʻullangan. 20 yoshida sheʼrlarini saralab toʻplashga kirishgan. Mu-rakkab ijtimoiy-iqtisodiy sharoitda yashab ijod qilgan shoir oʻz davriga befarq qaramagan, hinllar va musulmonlarning tinch-totuv yashashligini, yurtni obod, xalqni tinch-osoyishta, faro-gʻatda, hamjihatliqda koʻrishni orzu qilgan. Inson erkinligi, tafakkuri haqida falsafiy fiqolar bayon etgan. Uning fal-safiy-axloqiy qarashlari tasavvuf aqidalari taʼsirida shakllangan. Bedil du-nyoqdrashi tasavvufning vahdat ul-vujud taʼlimotiga asoslanadi, yaʼni olamni Allohning koʻzgusi, inson qalbini shu koʻzguning markazi deb biladi. Inson qal-bi qanchalik sayqal topsa, u shuncha Alloh nurini aks ettiradi. Shu bois Inson buyuk va qudratlidir. Ammo buni uning oʻzi anglashi lozim, deydi.
 
Bedil 120 ming misradan ortiq sheʼriy, koʻpgina nasriy asar yozgan. Gʻazal, ru-boiy, qasida, qitʼa, tarjiʼbandlarining oʻzi 75 ming misrani tashkil etadi. Yirik asari "Chor unsur" ("Toʻrt unsur", 1703) nasrda yozilgan boʻlib, sheʼrlar ham ilova qilingan. Kitob-iing dastlabki boblarida Bedil oʻz hayoti haqida hikoya qiladi. Soʻnggi ikki bobda esa toʻrt unsur — havo, suv, yer, olov toʻgʻrioida; oʻsimliklar, hayvonlar va odamning paydo boʻlishi haqida soʻzlaydi. Mutlaq ruh, ruh va narsa toʻgʻrisida gapiradi, din hamda ruhoniylarning oʻrni haqidagi oʻz fiqolarini ifodalaydi. Kitobda parilar, jinlar, uyqu, tush koʻrish va Bedil haqida hikoya va afso-nalar ham mavjud.