Tojik tili: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Ximik1991 (munozara | hissa)
k 184.107.171.52 (mun.) tomonidan qilingan 1687897-sonli tahrir qaytarildi
Qator 2:
|nom = Tojik tili
|milliy nom = Тоҷикӣ, تاجیکی [tɔːdʒɪˈki]
|mamlakatlar = {{TJK}}, {{AFG}}, {{UZB}}, {{KGZ}}, {{TKM}}, {{CHN}}, {{RUS}} va boshqa mamlakatlar.
|biluvchilar = 6 milliondan oshiq
|o'rin =
Qator 15:
 
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi -->
'''TojuTojik tili''' — hindevropa oilasidagi eroniy tillar guruhining jan.gʻarbiy guruhchasiga mansub til. Asosan, Tojikiston va Shim. Afgʻonistonda, Oʻzbekiston, Qirgʻiziston va Qozogʻistonning ayrim tumanlarida, qisman Eronda tarqalgan. T.t.da jami 10 mln.dan ortiq (mas., Tojikistonda 4 mln.dan, Oʻzbekistonda 1 mln.dan ortiq, Afgʻonistonda 4 mln.ga yaqin) kishi soʻzlashadi (2001). Fonetik tizimida 6 unli va 24 undosh fonema bor. Urgʻu dinamik xususiyatga ega, koʻpincha soʻzning oxirgi boʻgʻiniga tushadi. Grammatik qurilishi agglyutinativflektiv xususiyatga ega. Ot, sifat, son turkumlaridagi soʻz oʻzgarishining qadimda rivojlangan tizimi hozirda yoʻqolgan. Jins va kelishik kategoriyalari mavjud emas. Kelishik munosabatlari sintaktik usulda ifodalanadi. Izofa otlar aloqasida eng keng tarqalgan vositalardandir. Feʼl sohasida koʻplab analitik shakllar va birikmalar uchraydi. 4 ta mayl (aniqlik, buyruq, shart va ehtimollik) bor.
 
Adabiy T.t. qad. forstojik tili (9— 15-a.lar)ga — fors, tojik va dari tillarida soʻzlashuvchilar uchun umumiy manbaga borib takaladi. 20-a.da adabiy tilning soʻzlashuv tili bilan yaqinlashuvi natijasida unda, ayniqsa, leksikada, jiddiy oʻzgarishlar roʻy beradi.
Qator 22:
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn oxiri -->
 
'''TojuTojik tili''' ({{lang-tg|забони Тоҷикӣ}}) [[Tojikiston]], [[O‘zbekiston]], [[Eron]]ning shimoliy-sharqiy qismi, [[Afg‘oniston]]ning shimoliy qismi, [[Turkmaniston]]ning janubiy qismi hamda [[Xitoy]]ning shimoliy qismida yashaydigan aholining so‘zlashuv [[til]]i hisoblanib, dunyoda 6 milliondan ziyod kishi bu tilda gaplashadi. Tojik tili [[eron]]iy tillarining [[pahlaviy]] tili oqibatida vujudga kelgan. Milodiy 8-9 asrlarda [[Yaqin Sharq]] va [[O‘rta Osiyo]]da fan va madaniyat tili darajasiga ko‘tarilib, [[forsii dariy]] sifatida davlat tili maqomiga erishgan. 9-15 asrlarda she‘riyat tili sifatida nash‘unamo qilib nodir asarlar yaratildi. Misol sifatida bir "Layli va Majnun" dostonining o‘zi 88 shoir tomonidan turlicha talqinda yozildi. [[Rudakiy]], [[Abu Ali ibn Sino]], [[Firdasiy]], [[Xayyom]], [[Rumiy]], [[Saʼdiy]], [[Hofiz]], [[Jomiy]], [[Bedil]] dek allomalar ushbu tilda ijod qilishdi.
 
[[O‘zbekiston]]da bu til asosan [[Samarqand viloyati|Samarqand]] va [[Buxoro viloyati|Buxoro]], qisman esa [[Andijon viloyati|Andijon]], [[Namangan viloyati|Namangan]], [[Fargʻona viloyati|Fargʻona]], [[Surxondaryo viloyati|Surxondaryo]], [[Qashqadaryo viloyati|Qashqadaryo]], [[Navoiy viloyati|Navoiy]], [[Jizzax viloyati|Jizzax]] va juda kam miqdorda [[Sirdaryo viloyati|Sirdaryo]], [[Xorazm viloyati|Xorazm]], [[Toshkent viloyati|Toshkent viloyatlarida]] yashovchi aholining so‘zlashuv tili hisoblanib, [[O‘zbek tili]]dan keyin ikkinchi tarqalgan til sifatida eʼtirof etiladi.
 
== Alifbodagi o‘zaro farqlari ==