Fransiya: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Qator 2:
 
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi -->
'''Fransiya''' (France), Fransiya Respublikasi (République Française) — Gʻarbiy Yevropadagi davlat. Gʻarbda va shim. da Atlantika okeani hamda LaMansh boʻgʻozi, jan.da Oʻrta dengiz bilan oʻralgan. Mayd. 547,03 ming km². Aholisi 65,7 mln. kishi (2012). Poytaxti — Parij sh. Maʼmuriy jihatdan 22 region (viloyat), 96 departamentga boʻlingan. F.Fransiya tarkibida dengiz orti departamentlari (Gvadelupa, Martinika, Gviana, Reyunon), dengiz orti hududlarixududlari (Taiti, Yangi Kaledoniya, Fransiya Polineziyasi, Tinch okeandagi Uollis va Futuna o.lari va b.), hududiy birliklar (Mayotta va SenPyer va Mikelon) bor.
 
== Davlat tuzumi ==
F. — respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 1958 y. referendum da qabul qilintan (bir necha marta oʻzgartishlar kiritilgan). Davlat boshligʻi — prezident. U umumiy va toʻgʻridantoʻgʻri ovoz berish yoʻli bilan 5 y. muddatga saylanadi va yana 1 marta saylanishi mumkin. Qonun chiqaruvchi xrkimiyatxokimiyat — parlament 2 palata (Milliy majlis va Senat)dan iborat. Ijrochi hokimiyatni prezident va Vazirlar Kengashi (hukumat) amalga oshiradi.
 
== Tabiati ==