Nagpur: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Innotata (munozara | hissa)
Tahrir izohi yoʻq
"Nagpur_Skyline.jpg" yoʻqotildi, uni VikiOmbordan JuTa No permission since 22 July 2015 tufayli oʻchirgan edi.
Qator 1:
[[Fayl:Nagpur Skyline.jpg|thumbnail]]
'''Nagpur''' — Hindistonning markaziy qismidagi shahar. Maharashtra shtatida, Nag daryosi boʻyida. Aholisi 1,96 mln. kishi (2001); asosan hindi, marathi tilida soʻzlashadi. Muhim savdo-transport tuguni. Mumbay — Kalkutta t. y. va avtomagistralining deyarli oʻrtasida joylashgan. Ip gazlama sanoatining yirik markazi. Oziq-ovqat, keramika, oynashisha, poligrafiya sanoatlari rivojlangan. Sovitkichlar i.ch., shina zavodlari mavjud. Hunarmandchilikda oltin va kumush ipli matolar toʻqiladi. Un-t, arxeologiya muzeyi, i.t. muassasalari, shahar atrofida apelsin bogʻlari bor, paxta ekiladi. N. yaqinidan marganets qazib olinadi. Shaharga 18-a. boshlarida asos solingan. 18-a.ning 30-y.laridan Marath sultonligi tarkibidagi Bxonsle davlati poytaxti boʻlgan. 1853 y. Britaniya Hindistoni tarkibiga qoʻshildi va Markaziy provinsiyalarning maʼmuriy markaziga aylandi. 1950—56 y.larda Madxya-Pradesh shtatining maʼmuriy markazi boʻlgan.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>