Bosh menuni ochish

Oʻzgarishlar

Oʻzbeklarning urf-odatlari, marosimlari va bayramlari rangbarang hamda oʻziga xos xususiyatlarga ega boʻlib, bir necha ming yillar mobaynida shakllanib kelgan. Anʼanaviy urf-odatlar va marosimlar oʻzbek xalqining etnogenezida ishtirok etgan [[dehqonchilik]] va [[chorvachilik]] bilan shugʻullangan [[voha]] va [[choʻl]] aholisiga xos elementlarni oʻziga singdirgan turli qabila va etnik guruhlarning etnomadaniy tajribalarining murakkab qoʻshilishi jarayonida shakllangan. Masalan, bola tugʻilishi (chilla, beshik kerti), sunnat toʻyi, nikoh va motam marosimlarida Oʻrta Osiyo xalqlariga xos umumiy oʻxshashliklar mavjud. Oʻzbeklarda jamoa munosabatlariga oid urf-odatlarni shaharda mahalla, qishloqda qishloq jamoasi aks ettirgan, ularning faoliyatida erkaklar va bolalar qatnashgan. Oʻtmishda barcha udumlar, marosimlar qishloq va shaharda mahalla jamoalarining tashabbusi bilan oʻtkazilgan. Jumladan hashar keng tarqalgan. [[Hashar]]ning bir necha turi mavjud: jamoa ishlarini bajarishda, qoʻni-qoʻshnichilik va qavm-qarindoshlik doirasida oʻtkaziladigan hashar va boshqalar Jamoa hashari bilan uyjoy, koʻprik qurish va taʼmirlash, ariq-zovurlar qazish, ularni loyqadan tozalab turish; [[masjid]] qurish va taʼmirlash, mozorlarni tozalash va boshqalar ishlar bajarilgan. Yoshlarni odob-axloq ruhida tarbiyalashda jamoaning oʻrni ham katta boʻlgan. Jamoaning har bir aʼzosi mehmondorchilik, maʼraka va boshqalar jamoat joylarida yoshi va mavqeiga qarab joy egallagan. Oʻzbeklarning jamoa marosimlariga [[Navroʻz]] bayrami. mehrjon sayli, lola sayli, qizil gul sayli, Roʻza hayiti (Iyd al-Fitr), [[Qurbon hayiti]] (Iyd al-Adho), [[sumalak]] sayli va boshqalar, ularni oʻtkazish bilan bogʻliq xalq odatlari, rasmrusumlari kiradi. Har bir bayram oʻz tarixiga ega boʻlib, u xalq ijodiy mehnati va hayot sharoiti bilan chambarchas bogʻliq. Oʻzbek xalqi orasida eng keng tarqalgan, milliy tusga ega boʻlgan urf-odatlardan mavsumiy marosimlar diqqatga sazovordir. Ayrim tadqiqotchilarning fikricha, oʻzbek mavsumiy marosimlarini quyidagi turkumlarga tasnif etish mumkin:
# [[Qish]]da oʻtkaziladigan [[gapgashtak]], [[yasayusun]] kabilar;
# [[Bahor]]gi marosimlar — [[NavroʻzСабантуй]], [[shoxmoylar]] (qoʻsh chiqarish), lola yoki qizil gul sayli, loy tutish, sust xotin kabilar;
# [[Yoz]]gi marosimlardan qovun sayli, choy momo va h.k.;
# [[Kuz]]gi marosimlar — hosil yigʻimi bilan bogʻliq mehrjon, oblobaraka, shamol chaqirish, uzum sayli kabilar.
Anonim foydalanuvchi