Toʻrtkoʻl: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
k clean up, replaced: ozbekcha nomi → oʻzbekcha nomi using AWB
Qator 2:
{{Bilgiquti aholi punkti
|mavqe = shahar
|ozbekchaoʻzbekcha nomi = Toʻrtkoʻl
|asl nomi = Toʻrtkoʻl, {{lang-kaa|To‘rtku‘l, Төрткүл}}
|qaram =
Qator 59:
|sayt tili =
}}
'''Toʻrtkoʻl''' (Toʻrtkoʻl, Тўрткўл, {{lang-kaa|To‘rtku‘l, Төрткүл}}, [[1873]]-[[1918]]-yillarda Petro-Aleksandrovsk) — [[Qoraqalpogʻiston Respublikasi]] [[Toʻrtkoʻl tumani]]dagi shahar, tuman markazi. Yaqin temir yoʻl stansiyasi — Toʻrtkoʻl (4  km). Aholisi — 50,8 ming kishi ([[2004]]).
 
== Tarixi ==
Toʻrtkoʻl [[Amudaryo]]ning oʻng sohilida oʻrnashib olgan mustamlakachi rus harbiylari tomonidan qadimgi Toʻrtkoʻl qishlogʻi oʻrnida 1873-yil 13-avgustda [[qalʼa]] sifatida barpo qilingan va [[rus]] podsholari sharafiga Petro-Aleksandrovsk deb nomlangan. Shahar qurish uchun [[xon devonbegisi]] [[Matniyoz]] (Muhammad Niyoz)ga qarashli yerlarning 3227 [[tanob]]i (Amudaryo sohilidan 12 chaqirim narida) tortib olingan. Shahar qatʼiy plan asosida toʻrtburchak (toʻrt gul — [[kvadrat]]) shaklida qurilgan (Toʻrtkoʻl nomi shundan). Mahalliy rivoyatlardan birida shahar nomi "Durgil" [[fors tili|forsiy]] "Durri gil" — serhosil, oltin tuproq maʼnosida talqin etiladi. Shaharda rus harbiy qoʻshinlari joylashgan, strategik jihatidan qulay yerdagi bu shahar [[podsho Rossiyasi]] tomonidan [[Sirdaryo viloyati (Rossiya imperiyasi)|Sirdaryo viloyati]] [[Amudaryo boʻlimi]]ning siyosiy-maʼmuriy va harbiy boshqarmasi [[qarorgoh]]iga aylantirildi.
 
[[1925-yil]]dan Toʻrtkoʻl [[Qoraqalpogʻiston Muxtor viloyati]]ning maʼmuriy markazi, [[1932-yil]]dan [[Qoraqalpogʻiston ASSR]]ning birinchi poytaxti boʻldi. Daryo suvining qirgʻoqni yuvishi natijasida oʻng qirgʻoq yemirilib Amudaryo Toʻrtkoʻlga yaqinlashib kela boshladi. [[1925-yil]]da Amudaryo Toʻrtkoʻldan 8  km uzoqlikda oqib oʻtgan boʻlsa, [[1934-yil]]da suv shahardan atigi 500—800500–800 m naridan oqib oʻta boshladi. [[1938]]—[[1940|40]]-yillar mobaynida daryo qirgʻogʻining yuvilishiga qarshi olib borilgan choralarga qaramay shaharni suv yuvib ketdi va [[1949-yil]]da shahar yangi joyga koʻchirildi. 1932-yilda Qoraqalpogʻiston ASSR poytaxti Toʻrtkoʻldan [[Nukus]]ga koʻchirilgan.
 
== Hozirgi holati ==
Toʻrtkoʻl iqtisodiy va madaniy jihatdan Qoraqalpogʻistonning rivojlangan shaharlaridan biri. Shaharda "Agromashtaʼmir", paxta tozalash zavodi, "Toʻrtkoʻlteks", "Toʻrtkoʻlyogʻ", "Toʻrtkoʻlmoy" qoʻshma korxonalari, temirbeton zavodi, "OsiyoToʻrtkoʻl" korxonasi, 2 avtokorxona, Yonbosh suvqurilish, 1 qurilish boshqarmalari, 3 qurilish koʻchma mexanizatsiyalashgan kolonna, 3 MTP bor. Shuningdek, tuman hokimiyati binosi, supermarket, "Nihol", "Navbahor", "Zarafshon", "Orom" kafelari, "Yusupota" choyxonasi, Tantanalar uyi, avtovokzal va temir yoʻl vokzali, madaniyat saroyi, "Yoshlik" madaniyat va istirohat bogʻi, oʻlkashunoslik muzeyi, 2 uy-muzeyi, 2 madaniyat uyi, 8 kutubxona, markaziy maydonda "Mustaqillik", "Motamsaro ona", "Baynalminal jangchilarga" yodgorliklari mavjud. 11 umumiy taʼlim, biznes, sanʼat maktablari va b., sanatoriy, maktab-internat, tibbiyot, bank, qilshloq xo‘jalik maishiy xizmat, yengil sanoat kasb-hunar kollejlari faoliyat koʻrsatadi. Toʻrtkoʻlda [[Toshkent iqtisodiyot universiteti]]ning oʻquv konsultativ punkti ishlab turibdi.
 
Stadion (20 ming oʻrin), markaziy kasalxona (625 oʻrin), tez tibbiy yordam markazi boʻlimi, sil va teritanosil kasalliklari dispanserlari, bolalar va ayollar konsultatsiyasi, poliklinika, stomatologiya poliklinikasi, "Doridarmon" va b. dorixonalar mavjud. Toʻrtkoʻl respublika ahamiyatiga ega boʻlgan avtomobil yoʻli yonida joylashgan. Toshkent—Nukus yoʻnalishidagi poyezdlar Toʻrtkoʻl orqali oʻtadi. Havo transporti Toʻrtkoʻlni Nukus, [[Buxoro]], [[Samarkand]], [[Toshkent]] shaharlari bilan bogʻlaydi. Elektr energiyasi [[Taxiatosh issiqlik elektr stansiyasi]]dan olinadi.
 
Hozirgi vaqtda Toʻrtkoʻl — Qoraqalpogʻistonning yirik shaharlaridan biri. 2010-yil yozida shaharda yirik oziq-ovqat-buyum [[bozor]]i ochildi. Shahar oʻz TVsiga ega. Toʻrtkoʻl tumanida 6 ta [[kollej]] mavjud:
Qator 83:
 
{{OʻzME}}
 
 
{{Oʻzbekiston shaharlari}}