Surnay: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Tahrir izohi yoʻq
Qator 1:
[[File:Zournas.jpg|thumb|right|150px|Surnay]]
'''Surnay''' ([[arabcha|arab.]] ''sur'' — toʻy, bayram va nay; toʻyda chalinadigan nay) — puflab chalinadigan [[cholgʻu asbobi]]. [[Oʻzbeklar|Oʻzbek]], [[tojiklararablar|tojikarab]], [[turklar|turk]], [[Kavkaz]], [[Eron]] xalqlari orasida keng tarqalgan. Shakli [[nay]]nikiga oʻxshaydi. Surnayning yuqori tomoni ingichka, pastki tomoni esa [[konus]]simondir. [[Oʻzbekiston]]da tarqalgan surnaylarning uzunligi 45-55 sm dir. Oʻzbekiston va [[Tojikiston]]da surnay [[karnay]], [[nogʻora]], va [[doira (cholgʻu asbobi)|doira]] bilan anʼanaviy maxsus ansambllarda keng qoʻllaniladi. Surnayning [[Xitoy]]da ishlatiladigan turi ''sona'', Kavkazorti xalqlarida ishlatilgan turi ''zurna'' deb ataladi.
 
== Tuzilishi va yasalishi ==
Nayning asosiy tanasi 400—550 mm uzunlikdagi mevali daraxt ([[oʻrik]], [[tut]], [[yongʻoq]]) yogʻochidan, ichki tomoni [[silindr]], baʼzida [[konus]] shaklida, karnaychasi kengaytirilgan holda yasaladi. Barmoq bilan bosiladigan 8 ta teshigi bor: 7 tasi yuza (ustki), 1 tasi orqa (pastki) tomonida joylashgan. Surnayning tilchasi (''naypachoq, dudik'') oddiy [[qamishdan]] pachoqlanib ip bilan qattiq boʻgʻilib, bir-biriga qapishtirib yasaladi va mil(nil)iga kiygiziladi.
 
Mil cholgʻu tanasiga oʻrnatilgan bachka ([[forscha|fors.]] ''bacha'' — bolabolacha soʻzidan olingan) surnayning tanasiga nisbatan boshqacha yogʻochdan ishlangan silindrga kiygiziladi. Milga esa ijrochi labiga tiralib, uning nafasini tashqariga chiqishidan muhofazalab turadigan [[ellips]] shaklidagi (hayvon [[shox]]i, [[suyak]], [[sadaf]] yoki [[metall]]dan ishlangan) halqa — sadaf oʻrnatiladi.
 
== Diapazoni ==