Saʼdiy Sheroziy: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Tahrir izohi yoʻq
Qator 1:
'''Saʼdiy Sheroziy''' (taxallusi; asl ism-sharifi Muslihiddin Abu Muhammad Abdullox. ibn Mushrifiddin) (1203/1210 Sheroz 1292.9.12) -forsigoʻyturk shoir, adib va mutafakkir. Sharq xalqlari orasida Shayx Saʼdiy nomi bilan mashhur. Otasi Sheroz otabegi Saʼd binni Zanjiyning mulozimlaridan boʻlgan. Otadan yosh yetim qolgan S. boshlangʻich maʼlumotni tugʻilgan shahri Sherozda olgach, tahsilni xalifalikning poytaxti, ilm va madaniyat markazi boʻlgan Bagʻdodda davom ettirgan. "Nizomiya" va "Mustansiriya" madrasalarida diniy, filologik, tabiiy va aniqfanlarni oʻrgangan. Oʻz davrining dongdor mutasavvifi va faylasufi Shahobiddin Suhravardiy hamda yirik ilohiyotshunos Abdulfaraj Abdurahmon ibn Jazviy qoʻlida tahsil olgan.
 
Madrasani tugatgan S. Sharq mamlakatlari boʻylab 20 yillik sayohati davomida, Kichik Osiyo ya.o., Misr, Xuroson, Sharqiy Turkiston, Hindiston kabi mamlakatlarni baʼzan ulovda, baʼzan piyoda kezib chiqqan. Qiyinchiliklar bilan kechgan bu sayoxatlarida S. hayot ilmini chuqur oʻrganib, inson feʼlini butun murakkabligi bilan anglab, oʻz davrining koʻpni koʻrgan donishmand kishisi boʻlib yetishgan. 13-a. oʻrtalarida Sherozga kaytib kelgan S. dunyo tashvishlaridan oʻzini chetga olib, shahar chekkasidagi shayx Abu Abdulloh Hafif xonaqosida faqirona hayot kechirgan.