Shveysariya: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Cekli829 (munozara | hissa)
k →‎Xoʻjaligi: Kategoriya -> Turkum, replaced: kategoriya → turkum using AWB
Qator 97:
SH. chetga mashinasozlik va metallsozlik mahsulotlari, jumladan, soat, aniq priborlar, ximikat, toʻqimachilik mollari, kiyimkechak, oziq-ovqat va boshqalar chiqaradi. Chetdan neft va neft mahsulotlari, xom ashyo, jihozlar oladi. Tashqi savdoda Germaniya, Fransiya, Italiya, AQSH va boshqalar davlatlar bilan hamkorlik qiladi. Pul birligi — shveysariya franki.
 
Tibbiy xizmati, maorifi, ilmiy va madaniy-maʼrifiy muassasalari. Sh.da vrachlar untlarning tibbiyot ftlarida tayyorlanadi. Lezen, Lugano, Davos, Montryo va boshqalar shaharlarda mashhur kurortlar bor. Sh.da taʼlimning yagona tizimi yoʻq. Har bir kanton oʻzining maktab qonuni va boshqaruviga ega. Lekin barcha kantonlar uchun 6—7 yoshdan 15—16 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun majburiy taʼlim joriy qilingan. Asosiy (boshlangʻich) maktablar har bir kantonda qabul qilingan sistemaga qarab 7, 8 yoki 9y.lik boʻlib, ular 2 bosqichdan iborat (4+3, 4+4 yoki 4+5). Oʻrta maktablar 2 kategoriyaliturkumli boʻlib umumtaʼlim va ixtisoslashgan maktablarga boʻlinadi. Hunartexnika oʻquv yurtlari, tijorat, maʼmuriy, texnika, q.x. va badiiy maktablar, oʻqituvchilar gimnaziyalari mavjud. Oliy taʼlim tizimiga un-t va intlar kiradi. Yirik oliy oʻquv yurtlari: Syurix universiteti, Jeneva, Bazel, Bern untlari, Syurix va Lozannadagi federal texnologiya intlari, SanktGallendagi iqtisodiyot va ijtimoiy fanlar maktabi.
 
SH.da ilmiytadqiqotlarga I.t. milliy fondi (1952) rahbarlik qiladi. Yirik kutubxonalari: Bazel unti kutubxonasi (2 mln.dan ortiq asar), Sh. milliy qutubxonasi (Bern shahrida, 1,5 mln.dan ortiq asar). Sh.da 600 muzey bor. Yiriklari: Syurixdagi tarix muzeyi, Bazel, Bern, Jeneva va Syurixdagi sanʼat muzeylari, Lozannadagi nafis sanʼat muzeyi.