Turkiy tillar: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k Kategoriya -> Turkum, replaced: kategoriya → turkum using AWB
Qator 11:
T.t. oilasi uchun xos bulgan singarmonizm (hoz. oʻzbek adabiy tili bundan mustasno), suz boshida undoshlarning ketma-ket kela olmasligi, oʻzakning deyarli oʻzgarmasligi, gap boʻlaklarining joylashish tartibi kabi xususiyatlar uni boshqa til oilalaridan farklab turadi. T.t.ni bir til oilasiga birlashtiruvchi va b. til oilalaridan farklovchi xususiyatlaridan biri lugʻat tarkibining bir-biriga juda yaqinligi va grammatik qurilishining oʻxshashligidir. Shuning uchun gʻam chuvash va yoqutlardan boshqa hamma turkiy xalklar vakillari oʻz ona tillarida gaplashganlarida bir-birini muayyan darajada tushuna oladi.
 
T.t. umumiy genetik va tipologik belgilarga ega: fonetikada yukrridagi belgilardan tashqari unli va undoshlar oppozitsiyasi mavjud. Hoz. T.t.da unli va undosh tovushlar mik, dori bir xil emas. Unlilar mikdori baʼzi T.t.da (tuva, gagauz, chulimtatar tillarida) 20 dan ortiq boʻlsa, koʻpchiligida 8 ta (xoz. oʻzbek adabiy tilida 6 ta). Undosh tovushlar mikdorida esa bunchalik katta farq yoʻq. Maxsus adabiyotlarda undoshlar mikdori 20 dan kam kursatilmaganidek, 30 dan ortiqham qayd etilmaydi. Baʼzi T.t.da suz boshida jarangsiz undoshlar (k, p, t) ishlatilsa, boshqalarida ayni urinda jarangli undoshlar (g, b, d) qoʻllanadi; soʻz boshida sonor undoshlar (l, m, n, r) deyarli uchramaydi. Morfologiya sohasida agglyutinatsiya shakl va soʻz yasalishining asosiy usuli hisoblanadi, grammatik jins kategoriyasiturkumsi yuq, prefiks va old qoʻshimchalar mavjud emas (koʻmakchilar faol qoʻllanadi), bir turdagi turlanish va bir turdagi tuslanish mavjud; sintaksis sohasida gap boʻlaklari oʻzining muntazam joylashish tartibiga ega (aniqlovchi aniqlanmishdan, ega kesimdan oldin joylashadi), bogʻlovchilar deyarli yoʻq (ularning aksariyati arab va fors tillaridan oʻzlashgan), sifatdoshli, ravishdoshli tuzilmalar keng qoʻllanadi, ikki ot yoki otlashgan soʻzning birikuvidan hosil boʻlgan va turkiy izofa deb ataluvchi aniklovchili soʻz birikmalari barcha T.t.da uchraydi. Soʻz yasalishi, asosan, affiksatsiyadan iborat, shuningdek, soʻz hosil qilishning analitik va b. usullari ham bor.
 
Eng qad. turkiy yozma yodgorliklar (urxunenisey yozuvida) 7— 11-a.larga mansub boʻlib, ular, asosan, qabrtoshlar tarzida Shim. Mongoliya, Qirgʻizistonda, Yenisey daryosining yuqori qismi, Talas vodiysida va b. joylarda topilgan. Brahmi va sugʻd yoʻzuvlarida bitilgan qad. turkiy yodgorliklar ham uchraydi (Sharqiy Turkiston va Oʻrta Osiyo). Keyinchalik uygʻur va arab alifbolari asosidagi turkiy yozuv sharqsa (Qashqar, Oʻrta Osiyo, Oltin Oʻrda hududi, Volgaboʻyida) va gʻarbda (saljuqiylar davlatida, Ozarbayjon, Turkiya va b. hududlarda) rivojlandi. Xitoyda yashovchi uygʻurlar 11-a.dan hoz.gacha arab alifbosi asosidagi yozuvdan foydalanadilar. Qad. yozuv anʼanalariga ega boʻlgan turkiy xalkdarning aksariyati (oʻzbek, uygʻur, turk, ozarbayjon, turkman, tatar, boshqird kabi) 20-a.ning 20-y.larigacha arab alifbosi asosidagi yozuvga ega boʻlgan. Turk tili 1929 y.dan lotin alifbosi asosidagi yozuvga oʻtgan. Sobiq SSSRdagi barcha T.t. uchun 20-y.lar oʻrtalarida lotin grafikasi asosida alifbolar ishlab chiqildi va ular 1930 y.gacha ixtiyoriymajburiy tarzda ana shu yozuvga oʻtkazildi; 1938—40 y.larda esa ayni shu tartibda rus grafikasi asosidagi yozuvga oʻtkazildi. SSSR parchalanib ketgandan keyin 1991 y.da Ozarbayjon va Turkmanistonda, 1993 y.da Oʻzbekistonda lotin yozuviga asoslangan alifbo joriy etish haqida qaror qabul qilindi va bu qarorlar amalga oshirilmoqda. T.t.ning oʻrganilishi haqida q. Turkiyshunoslik.<ref>Abduvahob Madvaliyev, Ishoq Nosirov, „Turkiy tillar“, OʻzME</ref>
Qator 921:
|-bgcolor='#COFOFOʻ
|-
| rowspan="21" bgcolor="#d1ebeb" | [[Turkiy tillar]]
| rowspan="1" bgcolor="#d6e1ec" style="border-left:none;"| [[Bulgar tillari|Bulgar guruhcha]]
| colspan="2" bgcolor="#d6e1ec" style="border-right:none;"| [[Chuvash tili]]