Pablo Escobar: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
"{{Shaxsiyat |ismi = Pablo Escobar |asl ismi = {{lang-es|Pablo Escobar}} |portret = Pablo Escobar graffitti.jpg |eni..." yozuvi orqali yangi sahifa yaratildi
 
Tahrir izohi yoʻq
Qator 3:
|asl ismi = {{lang-es|Pablo Escobar}}
|portret = Pablo Escobar graffitti.jpg
|eni = 200px
|tavsif = Pablo Eskobar tasvirlangan graffiti
|tugʻilgan paytidagi ismi = Pablo Emilio Escobar Gaviria
|tavallud sanasi = {{birth date|1949|12|1}}
|tavallud joyi = {{TavalludJoyi|Rionegro}}, [[Kolumbiya]]
|vafot sanasi = {{death date and age|1993|12|2|1949|12|1|df=y}}
|vafot joyi = {{VafotJoyi|Medelin}}, [[Kolumbiya]]
|otasi = Jesus Dari Escobar
Qator 18:
== Biografiyasi ==
=== Yoshlik yillari ===
Escobar [[1949-yil]] [[1-dekabr]]da [[Kolumbiya]]ning [[Rionegro]] shahrida fermer Xesus Escobar va oʻqituvchi Hemilda oilasida tugʻilgan. Maktab va oʻqishga deyarli qiziqmagan, koʻp vaqti koʻchada, Medelin shahrining xilvat mahallalarida oʻtgan. Bu yerlardagi jinoiy muhit uning noqonuniy ishlar bilan mashgʻul boʻlishiga turtki edi. Biroz vaqt Lotin Amerikasi Avtonom Universitetiga borgan<ref>{{cite web|last1=Salazar|first1=Alonso|title=Pablo Escobar, el patrón del mal (La parábola de Pablo)|url=https://books.google.fr/books?id=oq2hnTHpLW8C&dq=biografia+pablo+escobar+gaviria+estudios&hl=fr&source=gbs_navlinks_s|website=Google Livres|publisher=Penguin Random House Grupo Editorial USA, 2012|accessdate=11 February 2015}}</ref><ref>{{cite web|url=http://www.crimeandinvestigation.co.uk/crime-files/pablo-escobar/biography.html|title=PABLO ESCOBAR|publisher=AETN UK|lang=en|accessdate=2013-05-06|archiveurl=http://www.webcitation.org/6GX0FHdFl|archivedate=2013-05-11}}</ref><ref>{{cite web|url=http://movies.tvguide.com/private-archives-pablo/review/137624|title=The Private Archives Of Pablo Escobar: Review|last=Fox|first=Ken|publisher=TV Guide|lang=en|accessdate=2013-05-06|archiveurl=http://www.webcitation.org/6GX0G96cp|archivedate=2013-05-11}}</ref>.
==== Jinoyat olamiga kirib kelishi ====
Dastlab Pablo qabrlar ustidagi [[marmar]] toshlarni oʻgʻirlab, ulardagi yozuvlarini oʻchirgan va [[panama]]lik chayqovchilarga pullagan. Keyinroq [[tamaki]], [[koʻknori]], qalbaki [[lotereya]]lar savdosi va mashina oʻgʻirlash bilan ham shugʻullangan. Bu orada atrofiga koʻplab yigitlarni yigʻib, [[Uyushgan jinoyatchilik|uyushgan jinoiy guruh]] tuzgan<ref>{{cite web|url=http://www.colombialink.com/01_INDEX/index_personajes/narcotrafico/escobar_gaviria_pablo_ing.html|title=Pablo Escobar|publisher=ColombiaLink.com|lang=en|accessdate=2013-05-06|archiveurl=http://www.webcitation.org/6GX0HGChN|archivedate=2013-05-11}}</ref>. [[1971-yil]]i Pabloning odamlari tomonidan Medelindagi boy sanoatchi Diego Echavarría Misas oʻgʻirlab ketiladi. Pablo uni ozod qilish evaziga katta pul talab qiladi, biroq omadsizlik tufayli bu reja amalga oshmay, jinoyatchilar Misasni oʻldirishadi. Pablo bu haqida butun shaharga ochiqchasiga maʻlum qiladi. Butun shahr aholisi, ayniqsa kambagʻallar Pabloning bu ishini olqishlab, unga “Doktor” deb laqab qoʻyadilar. Shunday qilib, uning obroʻsi kundan-kunga ortib boraverdi, hali 22 yoshga toʻlmagan Pablo Medelindagi eng nufuzli jinoyatchiga aylandi<ref name="Teract">{{cite web|url=http://teract.ru/kokainovyy-korol/v-21-god-pablo-ne-ispytyval-nedostatka-v-zhelayushchikh.../|title=В 21 год Пабло не испытывал недостатка в желающих...|publisher=teract.ru|accessdate=2013-05-07|archiveurl=http://www.webcitation.org/6GX0IehD2|archivedate=2013-05-11}}</ref>.
Pabloning odamlari safi muntazam kengayib bordi. U endi giyohvand moddalar savdosi bilan shugʻullana boshladi. [[Narkotrafik]] 1970-yillarda [[AQSh]]da keng tarqalgan edi. Giyohvandlar asosan [[marixuana]]ga oʻrgangan va uni topish juda qiyin boʻlib qolgandi. [[Kolumbiya]]da esa, [[kokain]] savdosi rivojlangandi. Pablo katta miqdorda kokainni Amerika mamlakatlariga tarqalishini yoʻlga qoʻyadi<ref name="Teract"/> va har bir partiya kokaindan 35 foizli ulush olib turadi. Kolumbiya oʻrmonlarida Pablo tashabbusi bilan koʻplab kokain qayta ishlovchi laboratoriyalar qurilgan.
=== Kokain karteli ===
[[1977-yil]]da Pablo uch nafar givohfurush hamtovoqlari bilan “Medelin kokain shirkati” nomli yirik tashkilotga asos soladi. Bu tashkilot kokain ishlab chiqarish va tarqatish borasida dunyoda tengi yoʻq edi<ref>{{cite web|url=http://www.medellintraveler.com/escobar.html |title=Pablo Escobar – The Medellin Cartel |publisher=Medellintraveler.com |date= |accessdate=2011-03-16}}</ref>. Pablo Escobar ushbu kartelning rahbari oʻlaroq, “kokain qiroli” boʻldi<ref name="colombialink.com">{{cite web|url=http://www.colombialink.com/01_INDEX/index_personajes/narcotrafico/escobar_gaviria_pablo_ing.html |title=Pablo Escobar Gaviria – English Biography – Articles and Notes |publisher=ColombiaLink.com |date= |accessdate=2011-03-16}}</ref><ref>{{cite web|author=Business |url=http://businessnews.za.msn.com/gallery.aspx?cp-documentid=155873587&page=1 |title=Pablo Emilio Escobar 1949 – 1993 9 Billion USD – The business of crime – 5 'success' stories |publisher=Businessnews.za.msn.com |date=2011-01-17 |accessdate=2011-03-16}}</ref>.
Shu bilan birga Pablo aholining muhtoj qatlamlari, kambagʻallar uchun bepul uy-joylar, stadionlar, maktablar qurib bergan.
=== Siyosiy faoliyati ===
[[1982-yil]]da 32 yoshli Pablo Escobar [[Kolumbiya]] [[parlament]]i - Kongressning aʻzosi boʻldi. Endi u mamlakat rahbari boʻlishni niyat qila boshladi. Uning jinoiy faoliyatidan xabardor Parlament aʻzolari uni Kongressdan siqib chiqarishga urinishadi. Prezidentlik saylovlari boshlanishidan avval [[Kolumbiya]] Adliya vaziri Rodrigo Lara Bonilla jinoiy faoliyatdan kelgan daromadlarni saylovga aralashtirmaslik uchun narkotrafikka qarshi kampaniya boshlab yubordi. Nihoyat, [[1984-yil]]da vazirning harakatlari bilan Escobar parlamentdan quvilgan. Buning uchun Escobar vazirdan oʻch olgan: uning mashinasini ottirib tashlagan, vazir joyida oʻlgan.
1980-yillarning oʻrtalariga kelib [[Ronald Reagan]] boshchiligidagi [[AQSh]] maʻmuriyati narkotik moddalarning nafaqat AQSh, balki butun dunyoda tarqalayotganligidan xavotir bildirdi. Ular [[Kolumbiya]] rahbariyatidan kokain savdosi bilan shugʻullanayotgan [[jinoyat]]chilarni [[AQSh]] maʻmuriyatiga berishni talab qildilar. Narkomafiya esa bunga javoban “Extraditables” deb ataluvchi [[terror]] tashkiloti tuzdi. Tashkilot aʻzolari narkomafiya faoliyatiga qarshi chiqqan har qanday kishini beayov yoʻq qilardi. Hukumat Escobarga qarshi haqiqiy urush eʻlon qildi. Pablo har safar yashirinishga majbur boʻlardi. Bunda unga oddiy xalq har doim yordam bergan. [[1989-yil]]da u hukumat bilan shartnoma tuzishga urinadi, biroq buning foydasi boʻlmaydi. Escobar qoʻl ostidagi qotillar tomonidan [[Prezident]]likka nomzod, Oliy sud raisi va ichki ishlar vazirining oʻrinbosari oʻldiriladi<ref>{{cite web|url=http://historico.elpais.com.co/paisonline/notas/Noviembre162006/pablo.html|title=El Pais - Cali Colombia nacional “Pablo Escobar financió la toma del Palacio de Justicia” “Escobar financió toma del Palacio de Justicia”|work=elpais.com.co}}</ref>.
[[1989-yil]]ning [[27-noyabr]] kuni [[Bogota]]dan uchayotgan [[Boeing 727]] samolyoti havoda portlab ketadi. 101 kishi halok boʻladi. Bu ish Escobarning terror tashkiloti tomonidan sodir etilgani aniqlanadi. Hukumat tomonidan mamlakatdagi kokain plantatsiyalari yoʻq qilinayotgan bir paytda, terrorchilar maxfiy politsiya rahbariga [[suiqasd]] uyushtiradilar. Hujum natijasida 62 kishi halok boʻladi, 100 dan ortiq kishi jarohatlanadi.
=== Qidiruv ===
[[Kolumbiya]] hukumati bu safar Escobarni qoʻlga olish uchun “maxsus guruh”tuzadi. Qidiruv ishlari natijasida Escobar guruhidan bir necha kishi qoʻlga olinib, [[AQSh]] maʻmuriyatiga topshiriladi. Pablo kelishuvga erishish yoʻllarini qidira boshlaydi. Buning uchun u bir qancha yirik hukumat amaldorlarini garovga oladi va ularni qoʻyib yuborish evaziga hukumatdan uning jinoyatlarini kechirilishni talab qiladi. Talablarning barchasi bajarilgan taqdirda, Pablo baʻzi mayda jinoyatlarini tan olishga va qamoqxonada oʻtirishga vaʻda beradi. U oʻzi qurgan “qamoqxona”da “oʻtirgan”. [[Qamoqxona]] koʻngilochar majmuaga oʻxshatib qurilgan boʻlib, Pablo istagan vaqtida bu yerga kelib-ketib yurgan, hattoki bu yerda bir qancha oʻziga yoqmaydigan odamlarni qiynab oʻldirgan. Uning bu hatti-harakatlaridan xabar topgan davlat rahbari Pabloni haqiqiy qamoqxonaga tashlashni buyurgan. 1992-yil 22-iyulda Pablo qamoqdan qochib, yashirinadi<ref>{{cite news|url=http://www.nytimes.com/1992/07/23/world/colombian-drug-baron-escapes-luxurious-prison-after-gunfight.html?pagewanted=3&src=pm|title=Colombian Drug Baron Escapes Luxurious Prison After Gunfight|last=Treaster|first=Joseph B.|date=23 July 1992|work=The New York Times|page=1|accessdate=21 July 2011}}</ref>.
Pablo Escobar endi haddidan oshib ketgan edi. [[1993-yil]] [[30-yanvar]] kuni Pabloning odamlari tomonidan [[Bogota]]dagi [[kitob]] doʻkonlaridan biriga bomba qoʻyiladi. Portlash natijasida 21 kishi halok boʻladi.
Escobar jinoyatlarining qurboni boʻlgan shaxslarning yaqinlari birlashib, “LOS PEPES” yaʻni «'''Pe'''rseguidos por '''P'''ablo '''Es'''cobar» — “Pablo Escobarni taʻqib etuvchilar” guruhini tuzadilar. Guruh aʻzolari Escobarga tegishli uylarga hujum uyushtirib, uning bir qancha mol-mulkiga zarar keltiradilar.
=== Hayotining tugashi ===
[[Fayl:Death of Pablo Escobar.jpg|minithumb|250pxright|[[Politsiya]]chilar Escobar jasadi oldida]]
[[1993-yil]]ning [[2-dekabr]] kuni Escobar xotiniga qoʻngʻiroq qiladi. Suhbatni tinglayotgan razvedkachilar uning turar joyini aniqlaydilar. Tez orada Escobar yashiringan uy qurshab olinadi. Harbiylar uning uyiga bostirib kiradilar, otishma boshlanadi. Otishmada Pabloning tansoqchilari halok bo’ladi, oʻzi esa, bino tomi orqali qochayotgan vaqtida “Los Pepes” guruhidagi snayper tomonidan otib tashlanadi<ref>{{cite web |url=http://www.justice.gov/dea/pubs/history/1990-1994.html |title=Decline of the Medellín Cartel and the Rise of the Cali Mafia |publisher=U.S. Drug Enforcement Administration |accessdate=2010-02-13}}</ref><ref>{{YouTube|yVZoULtUCd8|Video of Escobar's exhumation}} {{es icon}}</ref>.
== Oilasi ==
Escobar 1976-yili sevgilisi Hemildaga uylangan. Undan ikki farzandi bor<ref name="BBCJune2008">{{cite news |title=At home on Pablo Escobar's ranch |first=Mike |last=Ceaser |url=http://news.bbc.co.uk/2/hi/americas/7390584.stm |newspaper=[[BBC News]] |date=2 June 2008 |accessdate=13 February 2010}}</ref>. Escobarning oʻlimidan soʻng, uning xotini va farzandlari [[Argentina]]ga koʻchib oʻtishgan. Shuni aytish kerakki, uning oʻgʻli Sebastian jurnalistlarga bergan intervyusida shunday degan: "Biz qochqin paytida ekanligimizda, otam men va singlimni sovuqdan asrash va ovqat tayyorlab berish uchun naqd 2 million dollarni gulxanga tashlagan"<ref>[http://gazeta.ru/news/lenta/2009/11/03/n_1420849.shtml DM: Эскобар сжёг $2 млн, чтобы согреть дочь]</ref>.
== Escobar haqidagi kinofilmlar ==
* [[2001-yil]]da aktyor [[Cliff Curtis]] Escobar haqida suratga olingan “Kokain” filmida bosh rolni ijro etdi.
Qator 45:
{{manbalar}}
== Havolalar ==
* [http://skorobutov.wordpress.com/2010/12/25/колумбия-часть-7-медельин-пабло-эскоб/ Медельин: Пабло Эскобар]// Статья и фото места событий
* {{YouTube|yVZoULtUCd8|Video of Escobar's exhumation}}