Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Qator 35:
== Respublika Telemarkazi ==
Respublika telemarkazi (RTM) [[1956]] yil tashkil qilingan. RTMning asosiy vazifasi O`zbekiston televideniyesi kanallari tomonidan tayyorlanayotgan ko`rsatuvlarni texnik tomondan ta`minlab, ularni efirga uzatishdan iborat. Hozirgi vaqtda RTM bir kecha-kunduzda 51,5 soat ko`rsatuvlarni efirga uzatishni ta`minlaydi. Yangi raqamli markaziy apparatxona va 5 [[telekamera|kamera]]li umumiy maydoni 600 m<sup>2</sup> [[studiya]] qayta jihozlanib ishga tushirildi. Hozirgi kunda 8 va 4 kamerali raqamli ko`chma televizion stansiya ishlab turibdi.
== Respublika radioeshittirish va ovoz yozish uyi ==
Respublika radoeshittirsh va ovoz yozish uyi (RROYU) [[1966]] yili tashkil qilingan. Radio uyi 11 ta sex va bo`limlardan iborat. RROYUning asosiy vazifasi radioeshittirshlarni texnik tomondan ta`minlab, ularni efirga uzatishdan iborat. Barcha appparatxonalariga [[Germaniya]]ning "[[Siemens]]" firmasi bilan hamkorlikda raqamli uskunalar o`rnatilgan.