Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Tahrir izohi yoʻq
Qator 39:
== "Oqtosh" ijod uyi ==
O`zbekiston teleradiokompaniyasinig "Oqtosh" ijod uyi [[Toshkent viloyati]] [[Bo`stonliq]] tumani Soyliq qishlog`ida joylashgan. Umumiy maydoni 8,5 gektar. [[Pansionat]]da jami 10 kottej bo'lib, shundan 6 tasi yangidir. Bu yerda birdaniga 220 kishi dam olishi mumkin. Pansionat asab va nafas yo`llari kasalliklarini davolash va [[profilaktika]] qilish uchun ixtisoslashgan.
== Xalqaro aloqalar departamenti ==
Germaniyaning MDR-ARD, [[Rossiya]], Ukraina, Polsha, [[Fransiya]] ([[CFI]]), Misr, [[Xitoy]], [[Turkiya]] teleradiotashkilotlari bilan imzolangan hamkorlik shartnoma va kelishuvlar asosida o`zaro dasturlar ayirboshlab turadi. Shuningdek, O`zteleradio jahondagi ko`pgina yirik telekompaniyalar bilan, jumladan, [[AQSh]]ning CNN, Germaniyaning [[DW]], [[Yaponiya]]ning NHK, TBS, FUJI, [[Janubiy Koreya]]ning KBS, Turkiyaning TRT kabi yetakchi telekompaniyalar bilan keng tarmoqli aloqalarga ega. O`zbekiston televideniyesining "Axborot" dasturi [[SCOLA]] (AQSH) konsorsiumi hamkorligida [[Internet]] orqali uzatib boriliadi.
O`zteleradioning barcha xorijiy aloqalari va munosabatlari Xalqaro Aloqalar Departamenti orqali amalga oshiriladi.