Pablo Escobar: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Qator 20:
Escobar [[1949-yil]] [[1-dekabr]]da [[Kolumbiya]]ning [[Rionegro]] shahrida fermer Xesus Escobar va oʻqituvchi Hemilda oilasida tugʻilgan. Maktab va oʻqishga deyarli qiziqmagan, koʻp vaqti koʻchada, Medelin shahrining xilvat mahallalarida oʻtgan. Bu yerlardagi jinoiy muhit uning noqonuniy ishlar bilan mashgʻul boʻlishiga turtki edi. Biroz vaqt Lotin Amerikasi Avtonom Universitetiga borgan<ref>{{cite web|last1=Salazar|first1=Alonso|title=Pablo Escobar, el patrón del mal (La parábola de Pablo)|url=https://books.google.fr/books?id=oq2hnTHpLW8C&dq=biografia+pablo+escobar+gaviria+estudios&hl=fr&source=gbs_navlinks_s|website=Google Livres|publisher=Penguin Random House Grupo Editorial USA, 2012|accessdate=11 February 2015}}</ref><ref>{{cite web|url=http://www.crimeandinvestigation.co.uk/crime-files/pablo-escobar/biography.html|title=PABLO ESCOBAR|publisher=AETN UK|lang=en|accessdate=2013-05-06|archiveurl=http://www.webcitation.org/6GX0FHdFl|archivedate=2013-05-11}}</ref><ref>{{cite web|url=http://movies.tvguide.com/private-archives-pablo/review/137624|title=The Private Archives Of Pablo Escobar: Review|last=Fox|first=Ken|publisher=TV Guide|lang=en|accessdate=2013-05-06|archiveurl=http://www.webcitation.org/6GX0G96cp|archivedate=2013-05-11}}</ref>.
==== Jinoyat olamiga kirib kelishi ====
Dastlab Pablo qabrlar ustidagi [[marmar]] toshlarni oʻgʻirlab, ulardagi yozuvlarini oʻchirgan va [[panama]]lik chayqovchilarga pullagan. Keyinroq [[tamaki]], [[koʻknorikoʻknor]], qalbaki [[lotereya]]lar savdosi va mashina oʻgʻirlash bilan ham shugʻullangan. Bu orada atrofiga koʻplab yigitlarni yigʻib, [[Uyushgan jinoyatchilik|uyushgan jinoiy guruh]] tuzgan<ref>{{cite web|url=http://www.colombialink.com/01_INDEX/index_personajes/narcotrafico/escobar_gaviria_pablo_ing.html|title=Pablo Escobar|publisher=ColombiaLink.com|lang=en|accessdate=2013-05-06|archiveurl=http://www.webcitation.org/6GX0HGChN|archivedate=2013-05-11}}</ref>. [[1971-yil]]i Pabloning odamlari tomonidan Medelindagi boy sanoatchi Diego Echavarría Misas oʻgʻirlab ketiladi. Pablo uni ozod qilish evaziga katta pul talab qiladi, biroq omadsizlik tufayli bu reja amalga oshmay, jinoyatchilar Misasni oʻldirishadi. Pablo bu haqida butun shaharga ochiqchasiga maʻlum qiladi. Butun shahr aholisi, ayniqsa kambagʻallar Pabloning bu ishini olqishlab, unga “Doktor” deb laqab qoʻyadilar. Shunday qilib, uning obroʻsi kundan-kunga ortib boraverdi, hali 22 yoshga toʻlmagan Pablo Medelindagi eng nufuzli jinoyatchiga aylandi<ref name="Teract">{{cite web|url=http://teract.ru/kokainovyy-korol/v-21-god-pablo-ne-ispytyval-nedostatka-v-zhelayushchikh.../|title=В 21 год Пабло не испытывал недостатка в желающих...|publisher=teract.ru|accessdate=2013-05-07|archiveurl=http://www.webcitation.org/6GX0IehD2|archivedate=2013-05-11}}</ref>.
Pabloning odamlari safi muntazam kengayib bordi. U endi giyohvand moddalar savdosi bilan shugʻullana boshladi. [[Narkotrafik]] 1970-yillarda [[AQSh]]da keng tarqalgan edi. Giyohvandlar asosan [[marixuana]]ga oʻrgangan va uni topish juda qiyin boʻlib qolgandi. [[Kolumbiya]]da esa, [[kokain]] savdosi rivojlangandi. Pablo katta miqdorda kokainni Amerika mamlakatlariga tarqalishini yoʻlga qoʻyadi<ref name="Teract"/> va har bir partiya kokaindan 35 foizli ulush olib turadi. Kolumbiya oʻrmonlarida Pablo tashabbusi bilan koʻplab kokain qayta ishlovchi laboratoriyalar qurilgan.
 
=== Kokain karteli ===
[[1977-yil]]da Pablo uch nafar givohfurush hamtovoqlari bilan “Medelin kokain shirkati” nomli yirik tashkilotga asos soladi. Bu tashkilot kokain ishlab chiqarish va tarqatish borasida dunyoda tengi yoʻq edi<ref>{{cite web|url=http://www.medellintraveler.com/escobar.html |title=Pablo Escobar – The Medellin Cartel |publisher=Medellintraveler.com |date= |accessdate=2011-03-16}}</ref>. Pablo Escobar ushbu kartelning rahbari oʻlaroq, “kokain qiroli” boʻldi<ref name="colombialink.com">{{cite web|url=http://www.colombialink.com/01_INDEX/index_personajes/narcotrafico/escobar_gaviria_pablo_ing.html |title=Pablo Escobar Gaviria – English Biography – Articles and Notes |publisher=ColombiaLink.com |date= |accessdate=2011-03-16}}</ref><ref>{{cite web|author=Business |url=http://businessnews.za.msn.com/gallery.aspx?cp-documentid=155873587&page=1 |title=Pablo Emilio Escobar 1949 – 1993 9 Billion USD – The business of crime – 5 'success' stories |publisher=Businessnews.za.msn.com |date=2011-01-17 |accessdate=2011-03-16}}</ref>.