Loʻlilar: Versiyalar orasidagi farq
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa) Qatorga koʻchirish toʻgʻrilandi |
Tahrir izohi yoʻq |
||
Qator 1:
'''Loʻlilar''', joʻgilar, mugʻatlar, sigonlar — koʻchmanchi xalq. Jahondagi barcha mamlakatlarda tarqoq holda yashaydi. L.ning , asosan, 2 guruhi: Yevropa L.i va Oʻrta Osiyo L.i bor. Oʻzbekistonda L.,
Yevropa loʻlilari (oʻzlarini roma deb ataydilar). Tili hind tillari bilan bogliq boʻlib, shim. va jan. shevalarga boʻlinadi, shuningdek, oʻzlari yashaydigan mamlakat xalqi tilida ham soʻzlashadi. Dindorlari rasman pravoslav diniga eʼtiqod qiladi (ularda hind mifologiyasi bilan bogʻliq diniy tasavvurlar ham kuchli). L.ning Yevropaga kelgani haqidagi dastlabki maʼlumot 1100 y.ga oid. 1417 y. Vengriya, 1418 y. Germaniya, 1422 y. Ispaniya, Italiya, 1430 y. Angliya va Boltiq boʻylari, 1500 y. Polsha va b. mamlakatlarga tarqaladi. Rossiyaga Ruminiya orqali kelishgan. Ular 15-a.da Bessarabiya, 16-a.da Belorussiya, 17-a.da Ukraina, Rossiyaning jan. r-nlariga tarqalgan (L. Angliyada gupiyes, Turkiyada chingine, Portugaliyada chidan, Italiyada zingali deb ataladi). L. hayot kechirish tarziga koʻra, oʻtroq va koʻchmanchilarga boʻlingan. Oʻtroq L. shahar chekkalarida yashab, hunarmandlik bilan mashgʻul boʻlgan. Koʻchmanchi L. tilanchilik, folbinlik, ot savdosi va b. bilan tirikchilik oʻtkazgan. L. kabila va kabila (ayrim hollarda bir tuda qarindoshlar) ittifoqi — taborga uyushib, tabor tepasida saylab qoʻyiladigan boshliq tur Oʻrta Osiyo loʻlilari (oʻzlarini mugat, tub aholi ularni loʻli, joʻgi, mazang deb ataydi). Qadimdan Samarqand, Buxoro, Toshkent, Fargʻona, Qoʻqon, Qarshi kabi shaharlar atrofi va ularga tutash qishloqlarda yashab keladi. L. oʻzbek va tojik tillarida soʻzlashadi, ammo tojik tili ularning turmushida asosiy hisoblanadi. (Oʻrta Osiyo L.i lavzi mugʻat yoki arabcha deb ataladigan oʻzlarining maxsus soʻzlashuv tiliga ham ega). Loʻlishunos X. Nazarov oʻlkamizga L.ning kirib kelishini 3 guruhga boʻladi. Birinchi guruhi — mahalliy L. (mugʻati tubjoyi) — ancha oldin kelgan; ikkinchi guruh — afgon L.i (joʻgi, afgani); uchinchi guruh esa — hind L.i (moʻgʻati hindu) boʻlib, bular ancha keyin kelgan. Olim L.ni yana oʻz navbatida 3 ta etn. guruhga boʻladi: 1) asosan, koʻchmanchilik qilib xayrsadaqa yigʻib, kun koʻrishadigan, folbinlik, tabiblik, zargarlik qiluvchi L; 2) tovoqtarosh, ular yarim oʻtroqhayot kechirishadi, asosan, yogʻochga ishlov berish bilan shugʻullanishadi, xususan, yogʻochdan beshik, tovoq, qoshiq, choʻmich yasashadi. Qadimda ular yasagan yogʻoch tovoqlarga ehtiyoj katta boʻlgan, shu tufayli ularni tovoqtarosh deb atashgan; 3) mazang , oʻtrok L. (joʻgilar), asosan, mayda savdogarlik b-n, shuningdek, dehqonchilik bilan shugʻullanishgan.
|