Loʻlilar: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
k 108.163.184.238 tahrirlari CoderSIBot versiyasiga qaytarildi
Qator 1:
'''Loʻlilar''', joʻgilar, mugʻatlar, sigonlar — koʻchmanchi xalq. Jahondagi barcha mamlakatlarda tarqoq holda yashaydi. L.ning , asosan, 2 guruhi: Yevropa L.i va Oʻrta Osiyo L.i bor. Oʻzbekistonda L., TojakistondaTojikistonda joʻgilar, Armanistonda bosha, Angliyada misrlik, Eronda qoracha, Fransiyada firʼavn kabilasi, Finlyandiyada qora, Rossiyada sigan va b. nomlar bilan atalgan. L.ning asl vatani, qachon va qanday qilib jahonga tarqalganligi fanda uzoq vaqt jumboq boʻlib keldi. 19-a.da nemis tilshunosi A. A. Pott, F. Mikloshich L.tilining hind tili bilan qardosh til ekanligini aniqladi. Shuningdek, Eronda L.ning Karachi, Oʻzbekistonning ayrim r-nlarida moʻltoni deb atalishi Pokistondagi Karochi va Moʻlton sh.lari nomi bilan bogʻliq. Oʻrta Osiyo L.ining ayrim guruxlari joʻgi (hindcha kambagʻal, qashshoq), hindistoniy, boʻlujiy deb atalishi ham L.ning asl vatani Xindiston boʻlganligini tasdiqlaydi. Ayrim maʼlumotlarga koʻra, L.ning dastlabki guruhlari mil.ning boshlarida, 5—7-a.lar va keyingi davrlarda Shim. Hindistondan tarqala boshlagan. L.ning ayrim guruhlari Hindistondan — Belujiston — Afgʻoniston —Eron — Kavkaz — Turkiya — Yunoniston orqali, ikkinchi yoʻl Hindiston — Eron — Oʻrta Osiyo orqali boʻlgan.
 
Yevropa loʻlilari (oʻzlarini roma deb ataydilar). Tili hind tillari bilan bogliq boʻlib, shim. va jan. shevalarga boʻlinadi, shuningdek, oʻzlari yashaydigan mamlakat xalqi tilida ham soʻzlashadi. Dindorlari rasman pravoslav diniga eʼtiqod qiladi (ularda hind mifologiyasi bilan bogʻliq diniy tasavvurlar ham kuchli). L.ning Yevropaga kelgani haqidagi dastlabki maʼlumot 1100 y.ga oid. 1417 y. Vengriya, 1418 y. Germaniya, 1422 y. Ispaniya, Italiya, 1430 y. Angliya va Boltiq boʻylari, 1500 y. Polsha va b. mamlakatlarga tarqaladi. Rossiyaga Ruminiya orqali kelishgan. Ular 15-a.da Bessarabiya, 16-a.da Belorussiya, 17-a.da Ukraina, Rossiyaning jan. r-nlariga tarqalgan (L. Angliyada gupiyes, Turkiyada chingine, Portugaliyada chidan, Italiyada zingali deb ataladi). L. hayot kechirish tarziga koʻra, oʻtroq va koʻchmanchilarga boʻlingan. Oʻtroq L. shahar chekkalarida yashab, hunarmandlik bilan mashgʻul boʻlgan. Koʻchmanchi L. tilanchilik, folbinlik, ot savdosi va b. bilan tirikchilik oʻtkazgan. L. kabila va kabila (ayrim hollarda bir tuda qarindoshlar) ittifoqi — taborga uyushib, tabor tepasida saylab qoʻyiladigan boshliq tur Oʻrta Osiyo loʻlilari (oʻzlarini mugat, tub aholi ularni loʻli, joʻgi, mazang deb ataydi). Qadimdan Samarqand, Buxoro, Toshkent, Fargʻona, Qoʻqon, Qarshi kabi shaharlar atrofi va ularga tutash qishloqlarda yashab keladi. L. oʻzbek va tojik tillarida soʻzlashadi, ammo tojik tili ularning turmushida asosiy hisoblanadi. (Oʻrta Osiyo L.i lavzi mugʻat yoki arabcha deb ataladigan oʻzlarining maxsus soʻzlashuv tiliga ham ega). Loʻlishunos X. Nazarov oʻlkamizga L.ning kirib kelishini 3 guruhga boʻladi. Birinchi guruhi — mahalliy L. (mugʻati tubjoyi) — ancha oldin kelgan; ikkinchi guruh — afgon L.i (joʻgi, afgani); uchinchi guruh esa — hind L.i (moʻgʻati hindu) boʻlib, bular ancha keyin kelgan. Olim L.ni yana oʻz navbatida 3 ta etn. guruhga boʻladi: 1) asosan, koʻchmanchilik qilib xayrsadaqa yigʻib, kun koʻrishadigan, folbinlik, tabiblik, zargarlik qiluvchi L; 2) tovoqtarosh, ular yarim oʻtroqhayot kechirishadi, asosan, yogʻochga ishlov berish bilan shugʻullanishadi, xususan, yogʻochdan beshik, tovoq, qoshiq, choʻmich yasashadi. Qadimda ular yasagan yogʻoch tovoqlarga ehtiyoj katta boʻlgan, shu tufayli ularni tovoqtarosh deb atashgan; 3) mazang , oʻtrok L. (joʻgilar), asosan, mayda savdogarlik b-n, shuningdek, dehqonchilik bilan shugʻullanishgan.