Pablo Escobar: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Qator 22:
Dastlab Pablo qabrlar ustidagi [[marmar]] toshlarni oʻgʻirlab, ulardagi yozuvlarini oʻchirgan va [[panama]]lik chayqovchilarga pullagan. Keyinroq [[tamaki]], [[koʻknori]], qalbaki [[lotereya]]lar savdosi va mashina oʻgʻirlash bilan ham shugʻullangan. Bu orada atrofiga koʻplab yigitlarni yigʻib, [[Uyushgan jinoyatchilik|uyushgan jinoiy guruh]] tuzgan<ref>{{cite web|url=http://www.colombialink.com/01_INDEX/index_personajes/narcotrafico/escobar_gaviria_pablo_ing.html|title=Pablo Escobar|publisher=ColombiaLink.com|lang=en|accessdate=2013-05-06|archiveurl=http://www.webcitation.org/6GX0HGChN|archivedate=2013-05-11}}</ref>. [[1971-yil]]i Pabloning odamlari tomonidan Medelindagi boy sanoatchi Diego Echavarría Misas oʻgʻirlab ketiladi. Pablo uni ozod qilish evaziga katta pul talab qiladi, biroq omadsizlik tufayli bu reja amalga oshmay qolib, jinoyatchilar Misasni oʻldirishadi. Pablo bu haqida butun shaharga ochiqchasiga maʻlum qiladi. Butun shahar aholisi, ayniqsa kambagʻallar Pabloning bu ishini olqishlab, unga “Doktor” deb laqab qoʻyadilar. Shunday qilib, uning obroʻsi kundan-kunga ortib boraveradi, hali 22 yoshga toʻlmagan Pablo Medelindagi eng nufuzli jinoyatchiga aylanadi<ref name="Teract">{{cite web|url=http://teract.ru/kokainovyy-korol/v-21-god-pablo-ne-ispytyval-nedostatka-v-zhelayushchikh.../|title=В 21 год Пабло не испытывал недостатка в желающих...|publisher=teract.ru|accessdate=2013-05-07|archiveurl=http://www.webcitation.org/6GX0IehD2|archivedate=2013-05-11}}</ref>.
 
==== Kokain karteli ====
Pabloning odamlari safi muntazam kengayib bordi. U endi giyohvand moddalar savdosi bilan shugʻullana boshladi. [[Narkotrafik]] 1970-yillarda [[AQSh]]da keng tarqalgan edi. Giyohvandlar asosan [[marixuana]]ga oʻrgangan va uni topish juda qiyin boʻlib qolgandi. [[Kolumbiya]]da esa, [[kokain]] savdosi rivojlangandi. Pablo katta miqdorda kokainni Amerika mamlakatlariga tarqalishini yoʻlga qoʻyadi<ref name="Teract"/> va har bir partiya kokaindan 35 foizli ulush olib turadi. Kolumbiya oʻrmonlarida Pablo tashabbusi bilan koʻplab kokain qayta ishlovchi laboratoriyalar qurilgan.
[[1977-yil]]da Pablo uch nafar givohfurush hamtovoqlari bilan “Medelin kokain shirkati” nomli yirik tashkilotga asos soladi. Bu tashkilot kokain ishlab chiqarish va tarqatish borasida dunyoda tengi yoʻq edi<ref>{{cite web|url=http://www.medellintraveler.com/escobar.html |title=Pablo Escobar – The Medellin Cartel |publisher=Medellintraveler.com |date= |accessdate=2011-03-16}}</ref>. Pablo Escobar ushbu kartelning rahbari oʻlaroq, “kokain qiroli” boʻldi<ref name="colombialink.com">{{cite web|url=http://www.colombialink.com/01_INDEX/index_personajes/narcotrafico/escobar_gaviria_pablo_ing.html |title=Pablo Escobar Gaviria – English Biography – Articles and Notes |publisher=ColombiaLink.com |date= |accessdate=2011-03-16}}</ref><ref>{{cite web|author=Business |url=http://businessnews.za.msn.com/gallery.aspx?cp-documentid=155873587&page=1 |title=Pablo Emilio Escobar 1949 – 1993 9 Billion USD – The business of crime – 5 'success' stories |publisher=Businessnews.za.msn.com |date=2011-01-17 |accessdate=2011-03-16}}</ref>. Shu bilan birga Pablo aholining muhtoj qatlamlari, kambagʻallar uchun bepul uy-joylar, stadionlar, maktablar qurib bergan. Koʻpchilik tahlilchilar fikricha, u qochish kerak boʻlganda aynan shu kambagʻallarga tayanishi mumkin ekanligini hisobga olganligini aytib oʻtganlar.