Sevastopol: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Tahrir izohi yoʻq
Qator 1:
'''Sevastopol''' (1784 y. gacha Axtiar) — [[Ukraina]]ning Krim Respublikasidagi shahar. Qora dengizning Sevastopol qoʻltigʻi sohilida. Dengiz porti, temir yoʻl stansiyasi. Avtomobil yoʻllari tuguni. Aholisi 360 ming kishi (1997 y.) Qadimda S. oʻrnida antik [[Xersones]] sh. boʻlgan. Krimni [[Rossiya]] bosib olgandan keyin (1783) shahar va portda qurilish ishlaryai avj oldirildi va 1784 y.dan S. deb ataldi. 1802 y.dan Tavriya gubernyasi tarkibida. 1804 y.da Qora dengizning asosiy harbiy porti deb eʼlon qilindi. 1875 y.da S. — Lozovaya t.y. quriddi va shahar [[Simferopol]] bilan bogʻlandi. 1941—42 y.larda S. va uning atrofida qattiq janglar boʻlgan. 1945 y.da S.ga qahramon shahar unvoni berildi. Shahar urush harakatlari davrida deyarli butunlay vayron qilingan edi. "Sevastopol mudofaasi" panoramasi (1902—04 y.lar, rassom F.A.Rubbo) tiklandi, 1944 y. 7 mayda "SapunGorani shturm qilish" dioramasi barpo etildi (1959).
 
S. — Qora dengiz harbiy flotining asosiy bazasi. Kemasozlik va kema taʼmirlash, priborsozlik, "Ximggrom" va b. korxonalar, oziq-ovqat, yengil, yogʻochsozlik sanoatlari bor. Priborsozlik inti, 2 teatr, bir qancha muzey, jumladan, Qora dengiz floti, badiiy muzeylar, Jan. dengizlar biologiyasi instituti akvariumi mavjud. S.da tarixiy va meʼmoriy yodgorliklardan Petropavlovsk cherkovi (1843—48), Graf pristani (1846) saqlangan. <ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>