Forobiy: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Ximik1991 (munozara | hissa)
k AlexUzb (mun.) tomonidan qilingan 1798423-sonli tahrir qaytarildi
Hurmatli tojiklar bu wikipedianing ozbekcha bolimida ozlaringni pan tojik goyalaringni yoymanglar
Qator 15:
}}
 
'''Forobiy''' (taxallusi; toʻliq nomi Abu Nasr Muhammad ibn Muhammad ibn Uzlugʻ Tarxon Forobiy) (873, Forob sh. — 950, [[Damashq]]) — [[Oʻrta Osiyo]]ning ulug [[TojikTurkiy]] mutafakkiri va qomusiy olimi. Yunon falsafasini chuqur bilgani, unga sharxlar bitganligi va jahonga targʻib qilgani hamda zamonasining ilmlarini puxta oʻzlashtirib, fanlar rivojiga ulkan hissa qoʻshgani uchun "al Muallim assoniy" ("Ikkinchi muallim", [[Aristotel]]dan keyin), "Sharq Arastusi" nomlariga sazovor boʻldi. F. [[Sirdaryo daryosi|Sirdaryo]] sohilidagi Forob ([[Oʻtror]]) degan joyda turkiy qabilaga mansub harbiy xizmatchi oilasida tavallud topadi. Oʻsha davrda [[Movarounnahr]]da somoniylar sulolasi hukmronlik qilayotgan edi. Boʻlajak faylasuf boshlangʻich bilimini Oʻtrorda olgandan soʻng , oʻqishini Toshkent, Samarkand va Buxoroda davom ettirdi. F. ilmini yanada chuqurlashtirish maqsadida Bagʻdodga yoʻl oladi. Olim yoʻlyoʻlakay Eronning yirik shaharlari Ray, Hamadon, Isfahon va b. joylarda boʻladi. Bagʻdodda Yaqin va Oʻrta Sharq mamlakatlaridan kelgan talaba va olimlar toʻplangan edi. Bu yerda koʻzga koʻringan olimu fuzalolar bilan tanishdi, yunon falsafiy maktabi, turli fan sohalari namoyandalari bilan uchrashib, ulardan ilm sirlarini oʻrgandi. Mas, Abu Bashar Matta ibn Yunusdan (870—940) yunon tili va falsafasini, Yuhanna ibn Hiylondan (860—920) esa tibbiyot va mantiq ilmini oʻrgandi. Baʼzi tarixiy manbalarda keltirilishicha, F. 70 dan ortiq tilni bilgan.
 
Olim 941 y.dan Damashkda muhtojlikda kun kechira boshlaydi. Shunga qaramay ilm bilan shugʻullanadi, falsafa va b. fanlar sohasida tadqiqot ishlari olib boradi. U Aleppo (Halab) hokimi Hamdamid (hukmronlik yillari 943—967) iltifoti va hurmatiga erishadi. U olimlarning homiysi sifatida tanilgan edi. Hokim F.ni oʻz saroyiga taklif etadi, lekin, u saroyga bormasdan, erkin hayot kechirishni maʼqul koʻradi. Shunga qaramasdan, allomaning Halabdagi hayoti sermahsul boʻldi, bu yerda oʻzining koʻplab asarlarini yozdi. F. 949— 950 yillarda Misrda, soʻngra Damashqda yashaydi va shu yerda umrining oxirgi kunlarini oʻtkazadi. U Damashqsagi "Bob assagʻir" qabristoniga dafn etilgan.