Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Akhemen (munozara | hissa)
Akhemen (munozara | hissa)
Qator 15:
 
== Tavsifi va turlari ==
Palovning mingdan ortiq turlari boʻlib, tayyorlash uslubi va masalliqlari boʻyicha bir-biridan keskin, baʼzi turlarida esa ozroq farq qiladi. Palov tayyorlash jarayoni asosan ikkiga: zirvak pishirish va guruch solishga boʻlinadi.
 
Zirvakning asosiy masalliqlari yogʻ, piyoz va goʻsht hisoblanadi. Oʻrta Osiyo va Yaqin Sharq xalqlarida asosan qoʻy yoki mol goʻshti, baʼzi joylar va xalqlarda esa baliq yoki ot goʻshti ishlatiladi. Masalan [[Kaspiy dengizi|kaspiyoldi]] [[turkmanlar]] va [[qozoqlar]], [[Sirdaryo]] va [[Amudaryo]] qirgʻoqlarida yashaydigan [[qozoqlar]], [[qoraqalpoqlar]] va baʼzi [[oʻzbeklar]] palovni baliq goʻshti, asosan osoytr baligʻi bilan tayyorlashadi. Bundan tashqari, zirvakning yogʻi sifatida ham turli moylar ishlatiladi. Masalan, Oʻrta Osiyoning barcha xalqlari asosan qoʻy yogʻi yoki paxta yogʻini ishlatishadi. Qoraqalpoqlar, orololdi va kaspiyoldi qozoqlar saryogʻ, [[tojiklar]] esa asosan zigʻir yogʻini ishlatishadi. Yaqin Sharq va boshqa mamlakatlarda esa yuqorida sanab oʻtilgan moylardan tashqari zaytun moyi yoki oʻsimlik yogʻini ishlatishadi.
 
Guruch solish jarayoni ham turli joylarda har xil bajariladi. Baʼzi joylarda guruchdan tashqari bugʻdoy donlari, noʻxat, loviya, mosh yoki joʻxori donlari ishlatishadi. Taom tayyor boʻlayotganida ushbu donlar baʼzilarda zirvak bilan aralashtiriladi, baʼzilarda esa alohida qilib laganda suziladi. Palovning boshqa taomlardan ajralib turishida aynan ushbu omillar muhim rol oʻynaydi.
 
== Oʻzbekcha palov ==