Sora Eshontoʻrayeva: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
kTahrir izohi yoʻq
Men ham Beshbuloqda tug'ilganman qarindoshlarini bilaman.
Teglar: Koʻrib tahrirlagich Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
Qator 1:
'''Eshontoʻrayeva Sora Abdurahmonovna''' (1911.8.11, Namangan viloyati Yangiqo'rg'on tumani Beshbuloq qishlogʻi — 1998.8.9, Toshkent) — aktyor, jamoat arbobi. Oʻzbekiston xalq artisti (1937). Moskvadagi oʻzbek drama studiyasini tugatgan (1927). 1927 yildan Hamza nomidagi Oʻzbek davlat akademik drama teatri aktrisasi. 1943—45 va 1953—60 yillarda shu teatr direktori. Ijodining ilk davridanoq barcha janrlarda ish koʻrib, namunali natijalarga erishgan. "Hujum" (V.Yan, Choʻlpon)da Tursunoy, "Ikki boyga bir malay" (K.Goldoni)da Beatriche uning dastlabki rollaridir. 30-y.lardan E. teatrda sahnalashtirilgan deyarli barcha asarlarda yetakchi bosh qahramon rollarini ijro etgan. Aktrisa qahramonlarining hissiyotinigina emas, shu bilan birga uning qatʼiyati, irodasi va eʼtiqodini ham aks ettirishga kirishdi. Onaxon (K.Yashin, "Nomus va muhabbat"), Jamila (Hamza, "Boy ila xizmatchi"), Guloyim (H.Olimjon, "Muqanna"), Guli (I. Sulton, Uygʻun, "Alisher Navoiy"), Hurriyat (Uygʻun, "Hurriyat") va boshqalar shular jumlasidan. Bu obrazlar ijrosida aktrisa hamkasblari bilan birga teatr talqin maktabining yetuk namunalari sanaluvchi spektakllarga munosib timsollar yaratdi. Guli va Jamila obrazlari E. ijodida alohida oʻrin tutadi. Guli E. ijrosida sevgi va sadoqatning tengsiz shaydosi va maʼsum qurboni sifatida idrok etilib, nafis va taʼsirchan tuygʻular bilan taʼriflanadi. Jamila obrazida esa chorasiz ayolning chora izlashi, baxti uchun kurashida oʻlimga tik borishning badiiy taʼrifidagi taʼsir kuchi ajralib turadi. E. ijodi ilk yillaridan boshlab jahon mumtoz dramaturgiyasi namunalarini uzviy sahnalashtirish jarayonida kechdi. Studiyada "Revizor", "Malikai Turandot", "Ikki boyga bir malay", "Qoʻzibuloq qishlogʻi" singari spektakllarda rol oʻynab tajribasi boyigan E. U. Shekspirning "Hamlet" fojiasida uni shuhratga burkagan Ofeliya rolini ijro etdi (1935). Aktrisa yorugʻ dunyoga sigʻmagan muhabbati fojiasini Ofeliyani esdan ogʻish darajasiga olib borgan hissiyotlar silsilasi girdobida oʻta taʼsirchan taʼrifladi. Hasad va igʻvo, ichqoralik Dezdemona ("Otello") umrining zavoli boʻlganini aktrisaning nozik raftor, mehr toʻla chehra, baxtiyor koʻz qarashlari va hazin kechinmali sahnalarida ifoda etildi. Ketmaket Gonfilya (U. Shekspir, "Qirol Lir"), Iokasta (Sofokl, "Shoh Edip"), Katerina (A. Ostrovskiy, "Momaqaldiroq"), Lyubov Yarovaya (K. Trenyov, "Lyubov Yarovaya"), Komissar (Vs. Vishnevskiy, "Hayotbaxsh oʻlim"), Gusta Fuchik (G. Tovstonogov, A. Bragin, "Mangu hayot") va boshqalar obrazlari ijod namunasini yanada boyitdi.
 
E. ijodida onalar obrazi talqiniga oʻtishi muhim ijodiy bosqich boʻlib, "Jazoir — mening vatanim" (M.Dib) spektaklidagi Ayni dastlabki qadam boʻldi. Sedzu (M. Kaoru, "Oʻgʻirlangan umr"), Ona (K.Yashin, "Buxoro"), Ona (V.Delmar, "Gʻariblar") kabi obrazlar turkumi yaratildi. E. qahramonlari xarakterini ijtimoiy va psixologik asoslarini chuqur ochib beradi, ularni ruhiy goʻzallik va optimistik ruh bilan taʼminlaydi. Qahramonlari lirik nafosat va ayni chogʻda qahramonlik fazilatlariga ega. Har tomonlama tahlil va tadqiq etish, samimiylik, kuchli hishayajon E. ijrochiligiga xos belgilardir.