Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Akhemen (munozara | hissa)
Akhemen (munozara | hissa)
Tahrir izohi yoʻq
Qator 20:
 
Guruch solish jarayoni ham turli joylarda har xil bajariladi. Baʼzi joylarda guruchdan tashqari bugʻdoy donlari, noʻxat, loviya, mosh yoki joʻxori donlari ishlatishadi. Taom tayyor boʻlayotganida ushbu donlar baʼzilarda zirvak bilan aralashtiriladi, baʼzilarda esa alohida qilib laganda suziladi. Palovning boshqa taomlardan ajralib turishida aynan ushbu omillar muhim rol oʻynaydi.
 
== Palov turlari ==
=== Oʻrta Osiyo xalqlari palovi ===
Palovni Oʻrta Osiyo xalqlarining koʻpi pishiradigan turida zirvak va guruch aralashtirilib (Samarqandcha va baʼzi palovlardan tashqari) pishiriladi. Palovning ushbu turi butun [[Turkmaniston]], [[Qozogʻiston]], [[Qirgʻiziston]], [[Oʻzbekiston]] va [[Tojikiston]]ning qariyb hamma joylarida tayyorlanadi. Palovning ushbu turi har bir mamlakat, shahar va xalqlda har xil usulda tayyorlanadi. Ushbu palovda yogʻ, guruch, goʻsht, piyoz va sabzidan tashqari, baʼzida noʻxat, sarimsoqpiyoz, barbaris, behi va boshqa mahsulotlar qoʻshiladi. Palovning ushbu turida asosan sariq sabzi ishlatiladi. Goʻsht masalasida esa, asosan mol goʻshti yoki qoʻy yogʻi va goʻshti ishlatiladi. Palov yogʻi uchun esa asosan paxta va zigʻir yogʻlari ishlatiladi.
 
Oʻrta Osiyoda palovni katta laganda suzishadi va dasturxonga tortishadi. Palov isteʼmol qilayotganda, baʼzilar uni qoʻl bilan yeyishadi. Palovni pomidor, bodring va piyozli achchiq-chuchuk salati va choy bilan isteʼmol qilishadi. Palovning ushbu turi dunyoda eng mashhur va keng tarqalgan hisoblanadi.
 
=== Forscha palov ===
Forscha palov turi asosan [[Eron]], [[Afgʻoniston]], [[Pokiston]], [[Ozarbayjon]], [[Turkiya]], shimoliy [[Iroq]] va qisman [[Tojikiston]]da tayyorlanadi. [[Oʻzbekiston]]da ushbu palov turi [[Samarqand]] (Samarqandcha palov) va qisman [[Buxoro]]da tarqalgan. Palovning ushbu turida, gara (zirvak) va guruch alohida pishiriladi va laganga suzilayotganida birlashtiriladi, lekin aralashtirilmaydi.
 
Palovning ushbu turi ham juda har xil usullarda tayyorlanadi. Qoʻshiladigan mahsulotlar Oʻrta Osiyo palovidan unchalik koʻp farq qilmaydi va bir nechta qoʻshimcha masalliqlar qoʻshiladi. Misol uchun, ushbu palov turi tayyorlanayotganida unga baʼzida har xil mevalar, non yoki koʻkatlar qoʻshiladi. Taom katta laganda (tovoq) suziladi va salat, choy yoki sharbat bilan isteʼmol qilinadi.
 
== Oʻzbekcha palov ==