Darvish: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Tahrir izohi yoʻq
Qator 1:
[[Tasvir:Sudan Dervish 1920s.jpg|thumb|270px|<center>Sudan darvish 1920 yil]]
'''Darvish''' ({{lang-tufa|درویش}} — [[Turk tili|turkcha]] ''derviš'' — kambagʻal) qalandar -qashshoq, - o‘zini [[Alloh]] yo‘lida xizmat qilishga bag‘ishlagan va o‘zini o‘zi kamolotga yetishtirish yo‘liga kirgan [[inson]]. „[[So’fiy]]“ so‘ziga sinonim. Darvishlik taʼlimotining asosini [[zikr]] tushish orqali xudo bilan „yaqinlashish“ va, hatto, u bilan „qo‘shilib ketish“ mumkin, degan g‘oya tashkil qiladi. [[Eron]], [[Oʻrta Osiyo]], [[Turkiya]]da Darvish so‘zi tor maʼnoda — shaxsiy mulki bo‘lmagan kambag‘al, daydi [[zohid]]ni (16-[[asr]] boshigacha -"qalandar" atamasining sinonimi) anglatgan. Darvishning boshlang‘ich maʼnosini bildirgan „kambag‘al“ so‘zi soʻfiylikning ixtiyoriy kambag‘allik, oz narsaga qanoat qilish haqidagi taʼlimotidan kelib chiqqan. Darvishlar muayyan maslak (suluk)ka birlashgan va uning goyalarini targ‘ib qilgan. Darvishlikning mashhur suluklari:
[[naqshbandiylik]], [[yassaviylik]], [[kubroviylik]] va bilan taʼlimoti, amaliyoti, odati va [[kiyim]]laridan qatʼiy nazar, Darvishlar ikki guruh — daydi, doimo darbadarlik qilib yuruvchilarga va [[shayx]], [[pir]]lar [[rahbar]]ligida muqim yashovchilarga bo‘lingan.