Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Akhemen (munozara | hissa)
Tahrir izohi yoʻq
Akhemen (munozara | hissa)
Tahrir izohi yoʻq
Qator 1:
[[File:Tajik plov.jpg|thumb|right|[[Oʻrta Osiyo]] palovini tayyorlash jarayoni.]]
[[File:Plov Tashkent.jpg|thumb|right|[[Toshkent]]da palov tayyorlash jarayoni.]]
'''Palov''', '''osh''' ({{lang-fa|پلو}} — [polov], [[Hind tili|hind tilidan]] ''पुलाव'' [palāu], [[sanskrit]] tilidan esa ''पुलाक'' [pulāka] deb atalishni boshlagan va «dimlangan guruch» deb tarjima qilinadi<ref>''Hasandust, Mohammad.'' An etymological dictionary of Persian language. Tehran: Iranian Academy of Persian language and literature, 2004. ISBN 964-7531-28-1. Vol. I, p. 285 {{ref-fa}})</ref>. [[Oʻzbek tili]]da ''palov'', ''osh'' deb ataladi. {{lang-kk|палау}}; {{lang-ky|палоо, аш}}; [[Qirimtatar tili|qrmtat]]. ''pilâv''; {{lang-tg|оши палов}}; {{lang-tt|pılaw, пылау}}; [[Turk tili|turk]]. ''pilav''; [[Turkman tili|turkm]]. ''palow''; {{lang-ug|полу/ﭘﻮﻟﯘ}}) — asosan [[Turkiy xalqlar|turkiy]] va [[Forsiy xalqlar|forsiy xalqlar]], shuningdek [[Osiyo]]ning boshqa mamlakatlarida keng tarqalgan taom.
 
Masalligʻi va tayyorlanish uslubi boʻyicha xilma-xil turlarga boʻlinadi va har bir mamlakatda oʻzagcha tarza tayyorlanadi. Taom asosini [[guruch]] tashkil etadi. Ushbu masalliqdan tashqari yogʻ, goʻsht, sabzi, piyoz va boshqa masalliqlardan tashkil topgan. Palov tayyorlanish va tarqalish boʻyicha asosan [[Oʻrta Osiyo]] va [[Yaqin Sharq]] xalqlari orasida ommabop hisoblanadi. Jumladan [[Oʻzbekiston]]da oʻzbekcha palov oʻzbek oshxonasining eng asosiy taomlaridan biri hisoblanib, har bir xonadonda, toʻy-hashamlarda va dunyoning boshqa davlatlarida sevib isteʼmol qilinadi.
Qator 45:
[[File:Bukharianoshpalov.jpg|thumb|right|Buxorocha palov.]]
[[File:Мясо для плова готовится в казане.jpg|thumb|right|Qozonda qovurilayotgan goʻsht.]]
[[File:Paloo cooking in a Kazan.jpg|thumb|right|Pishirilayotgan zirvak.]]
 
Palov tayyorlashdagi asosiy jarayonlar: a) yogʻ dogʻlash (yogʻni qozonga solib, oq tutun hosil qilguncha qizdirish); b) zirvak pishirish; v) guruch solish. Guruch terib tozalanib, iliq yoki sovuq suvda 3—4 marta yuviladi. Guruch zirvak yuziga bir tekis qilib solinadi va suv quyiladi. Guruch solingach, choʻgʻsiz kuchli alanga berib, qozon yuzasini bab-baravar qaynatish kerak, aks holda palov "tirik" boʻlib qoladi. Guruch suvni batamom tortgandan soʻng , guruchni kapkir bilan qozonning oʻrtasiga gumbaz qilib oʻyib, damchoʻp suqiladi va damtovoq bilan jips yopib 20 min.cha damlanadi.palovning eng koʻp tayyorlanadigan turlari: qovurma (fargʻonacha) palov — qoʻy yogʻi eritiladi, jizzasi suzib olinadi, yogʻ dogʻlangandan soʻng unga goʻshtdan tozalangan bir boʻlak suyak tashlab yuboriladi. Suyak qizgʻish tusga kirguncha qovuriladi (bu jarayon oshga tus beradi). Suyak olib tashlanib, parrak-parrak toʻgʻralgan piyoz tashlanadi. Loʻnda-loʻnda toʻgʻralgan goʻsht solib, qovurish davom ettiriladi. Piyoz qizarib qovurilgach, qozonga somoncha qilib toʻgʻralgan sabzi solinadi, bir oz tuz solib aralashtiriladi. Sabzi jigarrang tusga kirganda, oshga solinadigan suvning yarmi quyib qaynatiladi. Zirvak 20— 25 min. mildiratib qaynatiladi. Qovurma palov uchun 1&nbsp;kg guruchga 500 g goʻsht, 250 g yogʻ, 500 g sabzi, 4—5 bosh piyoz, bir choy qoshigʻida zira, zirk, qalampir kerak; ivitma palov — dogʻlangan yogʻda loʻnda-loʻnda toʻgʻralgan goʻsht qovuriladi, soʻngra piyoz solinadi. Qovurish piyoz qizarguncha davom etadi. Qozonga toʻgʻralgan sabzi tashlanib, 10— 15 min. davomida qovuriladi, bir oz tuz ham tashlanadi va qozonga suv quyiladi. Zirvak tayyorlashga kirishishdan oldin guruchni tuzli suvda 3—4 marta yuvib, issiq suvga ivitib qoʻyiladi. Ivitma palov uchun 1&nbsp;kg guruchga 150— 200 g noʻxat solinadi. Noʻxat kamida 10 soat ilgari ivitib qoʻyilishi kerak.palov qadimdan Oʻrta Osiyoning har qanday toʻy, sayil, bayram va mehmondorchiliklarida tayyorlanadi. palov tayyorlash oʻzbeklar oʻrtasida, ayniqsa, erkaklar (yigitlar)ga xos fazilat hisoblanadi.
 
=== Qovurma palov (Fargʻonacha palov) ===
Asosan [[qoʻy goʻshti]] va [[qoʻy yogʻida]] qovurib tayyorlangani sababli bu palov issiqli taom hisoblanadi. Uni sovuq ovqatga aylantirish uchun, ayniqsa [[yoz]] faslida va issiqmijoz kishilar toʻplanganda [[paxta yog’i]] va [[mol go’shti]] solib tayyorlanadigan usuli ham bor. Qoʻy yogʻini kubik (1x1x1 sm) shaklida yoki bodomday-bodomday qilib toʻgʻraladi. Goʻshtni esa xuddi kabobga toʻgʻraganday, bosh barmoqning birinchi boʻgʻini kattaligida kesiladi. Asosan qobirgʻa va son goʻshtlari tanlab olinadi. Qobirgʻa suyaklari 4 sm kattalikda, ilikli suyak esa 10 sm dan oshmaydigan qilib chopiladi. Ushbu palov uchun oq — „tuxum“ piyoz va „mushak“ yoki „sariq mirzoyi“ navli sabzilar tanlanadi. Piyozni halqa-halqa qilib, sabzini gugurtning choʻpi kattaligida, somoncha shaklida toʻgʻraladi. Qozonni quruq qizdirgandan soʻng dumba yogʻi solinadi va oʻrtacha olov berib eritib, jizzasi olinadi, soʻng sustroq olovda to oq tutun chiqquncha yogʻ dogʻlanadi. Yaxshi dogʻlanganini bilish uchun yogʻqa yirik tuz tashlasanadi, shundan soʻng bir bosh archilgan piyoz yoki barmoqdek yaydoq qovurgʻa suyak tashlab qizartirib soʻng olib tashlanadi. Ayniqsa palovni paxta yogʻida tayyorlaganda bu metodning ahamiyati katta hisoblanadi. Yogʻ yaxshi chuchib, dogʻlanganida piyoz tashlanadi, kavlab-kavlab, qizarguncha jazlanadi. Piyoz shigʻil boʻlib qizarganda goʻsht tashlanadi, buni ham kovlab sirti qobiq olganida, sabzini solib moʻrtligi yoʻqolguncha qovurilado. Soʻngra suv quyib, sust olovda mildiratib qaynatiladi, tuz va ziravorlar ham suv quygandan soʻng solinadi. Palovning mazali chiqishi uzoqroq qaynashiga bogʻliq hisoblanadi.
 
Bir soatcha mildirab qaynasa, masalligʻi, ziravorlardagi moddalar erib yaxshi sintez boʻladi. Palov zirvagi meʼyoriga yetib qaynaguncha, guruchni tozalab, yaxshilab yuviladi. Guruch asosan 3 marta yuviladi. Yuvilib, suvi yaxshilab sirqitilgan guruchni zirvak yuziga bir qatlam qilib solinadi. Uchoqdan chugʻni tortib olib, kuchli alanga beriladi va darhol guruchga suv quyiladi. Quyilgan suv guruch yuzasidan koʻrsatkich barmoqning birinchi boʻgʻini darajasida, yaʼni 1 — 1,5 sm boʻlishi kerak.
Qator 159 ⟶ 160:
 
== Oʻxshash taomlar ==
* Shovla — guruchli va moshli taom. Baʼzilar ushbu taomni palovning bir turi desa, boshqalar alohida taom deb tavsif berishadi<ref>[http://www.langet.ru/html/q/qavl8.html В. В. Похлёбкин. Кулинарный словарь]</ref>.
.
* Biryani — Hind yarimorolida keng tarqalgan guruch, sabzavotlar va baliq bilan tayyorlanadigan taom.
* Paelya — Ispan milliy taomlaridan biri. Guruch, shafran, zaytun moyi, tovuq goʻshti va sabzavotlar bilan tayyorlanadi.