Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Akhemen (munozara | hissa)
Tahrir izohi yoʻq
Akhemen (munozara | hissa)
Tahrir izohi yoʻq
Qator 73:
[[File:Paloo cooking in a Kazan.jpg|thumb|right|Pishirilayotgan zirvak.]]
 
Palov tayyorlashdagi asosiy jarayonlar: a) yogʻ dogʻlash (yogʻni qozonga solib, oq tutun hosil qilguncha qizdirish); b) zirvak pishirish; v) guruch solish. Guruch terib tozalanib, iliq yoki sovuq suvda 3—4 marta yuviladi. Guruch zirvak yuziga bir tekis qilib solinadi va suv quyiladi. Guruch solingach, choʻgʻsiz kuchli alanga berib, qozon yuzasini bab-baravar qaynatish kerak, aks holda palov "tirik" boʻlib qoladi. Guruch suvni batamom tortgandan soʻng , guruchni kapkir bilan qozonning oʻrtasiga gumbaz qilib oʻyib, damchoʻp suqiladi va damtovoq bilan jips yopib 20 min.cha damlanadi.palovning eng koʻp tayyorlanadigan turlari: qovurma (fargʻonacha) palov — qoʻy yogʻi eritiladi, jizzasi suzib olinadi, yogʻ dogʻlangandan soʻng unga goʻshtdan tozalangan bir boʻlak suyak tashlab yuboriladi. Suyak qizgʻish tusga kirguncha qovuriladi (bu jarayon oshga tus beradi). Suyak olib tashlanib, parrak-parrak toʻgʻralgan piyoz tashlanadi. Loʻnda-loʻnda toʻgʻralgan goʻsht solib, qovurish davom ettiriladi. Piyoz qizarib qovurilgach, qozonga somoncha qilib toʻgʻralgan sabzi solinadi, bir oz tuz solib aralashtiriladi. Sabzi jigarrang tusga kirganda, oshga solinadigan suvning yarmi quyib qaynatiladi. Zirvak 20— 25 min. mildiratib qaynatiladi. Qovurma palov uchun 1&nbsp;kg guruchga 500 g goʻsht, 250 g yogʻ, 500 g sabzi, 4—5 bosh piyoz, bir choy qoshigʻida zira, zirk, qalampir kerak; ivitma palov — dogʻlangan yogʻda loʻnda-loʻnda toʻgʻralgan goʻsht qovuriladi, soʻngra piyoz solinadi. Qovurish piyoz qizarguncha davom etadi. Qozonga toʻgʻralgan sabzi tashlanib, 10— 15 min. davomida qovuriladi, bir oz tuz ham tashlanadi va qozonga suv quyiladi. Zirvak tayyorlashga kirishishdan oldin guruchni tuzli suvda 3—4 marta yuvib, issiq suvga ivitib qoʻyiladi. Ivitma palov uchun 1&nbsp;kg guruchga 150— 200 g noʻxat solinadi. Noʻxat kamida 10 soat ilgari ivitib qoʻyilishi kerak.palov qadimdan Oʻrta Osiyoning har qanday toʻy, sayil, bayram va mehmondorchiliklarida tayyorlanadi. palov tayyorlash oʻzbeklar oʻrtasida, ayniqsa, erkaklar (yigitlar)ga xos fazilat hisoblanadi<ref>Mahmudov Q., Oʻzbek tansiq taomlari, T., 1989; Mahmudov K., Oʻzbekcha palov, Toshkent, 1979</ref>.
 
=== Qovurma palov (Fargʻonacha palov) ===
Qator 81:
Alanga kuchayganda palovning bir tekis qaynashiga erishish muhim hisoblanadi. Palovga tuz ikki marta solinadi: zirvagiga va guruch suvni tortmasdan turib. Qozon bir tekis qaynaganda tatib koʻrib, tuzi rostlanadi va suvini toʻla tortganda damlanadi. Damlashdan oldin guruchni qozonning oʻrtasiga gumbaz qilib toʻplab, maxsus damchoʻp yoki yogʻoch qoshiqning sopi bilan suqib chiqiladi, teshikchalar hosil boʻlib, suvi qozon tubiga ketib, bugʻi tepaga koʻtariladi. Soʻng damtovoq yopiladi va uchoqdan choʻgʻ olainadi. Gazda pishirayotgan boʻlsa, shamdek pastlab qoʻyiladi. Damlash muddati 25 — 30 minut hisoblanadi.
 
Damtovoqni ochgach, palovni kovlab yaxshilab aralashtiriladi. Shunda goʻshtlari va sabzisi guruchga bir tekisda qorishadi. Palovni katta laganga gumbaz qilib suziladi, ustiga goʻshtlari joylanadi va dasturxonga salat bilan birga keltiriladi<ref>Mahmudov Q., Oʻzbek tansiq taomlari, T., 1989; Mahmudov K., Oʻzbekcha palov, Toshkent, 1979</ref>.
 
=== Kovatok palov (tok oshi) ===
Palov uchun moʻljallangan qoʻy goʻshti ikki qismga boʻlinadi va laxim qismidan qiyma tayyorlanadi. Qolgan suyakli goʻsht piyoz va sabzi bilan qovurishda ishlatiladi. Dogʻlangan yogʻda piyoz jazlaganidan soʻng, suyakli goʻsht solinib qizartirib qorvuriladi, soʻng sabzi solinadi, suv quyib sust olovda qaynatiladi. Goʻshtning laxim qismidan tayyorlangan qiymaga mayda toʻgʻralgan piyoz, tuz va murch qoʻshib aralashtiriladi.
 
Uzum barglarini teriladi. Terish jarayonida, yangi chiqqan surxning yuqorisidan uchinchi va toʻrtinchi barglari terib olinadi. Bu barglar oʻrtacha kattalikda, sirti yiltiroq, va taʼmi totimli boʻladi va palovning lazzatli chiqishida muhim rol oʻynaydi. Barglar sovuq suvda chayib yuborilganidan soʻng har birining oʻrtasiga taxminan bir choy qoshigʻida qiyma solinib, yumaloq shaklli doʻlmalar tugiladi. Doʻlmalarning uralgan tomonining ostiga qoʻyib taxtaga teriladi. Kovatoklarning hammasi tugilib boʻlgach, birini ikkinchisiga jipslashtirib igna oʻtkazib ipga shoda qilib tiziladi. Kovatokni pishirishning ikkita usuli mavjud. Birinchi usuli: ipga tizilgan shodani qozonga sabzi yuziga solib, koʻmib turarli suv quyib, mildiratib qaynatib pishiriladi, soʻng guruch solib, odatdagi palovlar singari damlanadi. Damlash muddati 25—30 daqiqa. Dasturxonga tortishda kovatok shodani olib palovi aralashtirib, laganga solinadi va yuziga kovatokni qoʻyib ipi olib tashlanadi. Ikkinchi usuli: chuqur idishning tubiga likopcha qoʻyib, doʻlmalarning avval kattaroqlari soʻng maydalari birma-bir terilib, tepasiga yana bitta likopcha toʻntariladi va yuzi bilan barobar suv quyiladi. Sust olovda 30—35 daqiqa pishirilganidan soʻng, tayyor palov yuziga terib dasturxonga tortiladi<ref>Mahmudov Q., Oʻzbek tansiq taomlari, T., 1989; Mahmudov K., Oʻzbekcha palov, Toshkent, 1979</ref>.
 
=== Ivitma palov ===
Qator 92:
Palovning ushbu turini tayyorlash guruch ivitishdan boshlanadi, buning uchun tozalangan guruch 3—4 marta yuvilib, iliq suvga tuz solib ivitiladi. Ivitish muddati taxminan 2 soat davom etadi. Goʻsht, yogʻ, sabzi va piyoz yuqoridagidek toʻgʻraladi. Ushbu palovning parhyezligini orttirish uchun oʻsimlik yogʻi, masalan paxta, zigʻir, kungaboqar, makkajuxori, zaytun yogʻlaridan ham tayyorlasa boʻladi. Bunda paxta va zigʻir yogʻlarini oʻrtacha olov bilan uzoq muddat — 1 soat, to oq tutun chiqquncha dogʻlanadi, kungaboqar, makkajuxori va zaytun yogʻlarini esa uzoq dogʻlamasdan, qizishi bilanoq toʻgʻralgan goʻsht solinadi. Uncha qizartirib yubormay, halqa-halqa qilib toʻgʻralgan piyoz solinadi, bir-ikki aralashtirilgach, sabzi bir qatlam qilib solinadi, darhol suv quyib, 1 soat davomida mildiratib qaynatiladi. Shu vaqt ichida zirvakka tuz, zira solinadi, biroq qalampir va zirk solinmaydi.
 
Zirvak tayyor boʻlgach, ivitilgan guruch qatlam qilib solinada, olov balandlatilib, guruch yuzi bilan barobar qaynoq suv quyiladi va tuzi rostlanadi. Ivitilgan guruch qozonga solingach, qancha suv tortsa shuncha quyib turiladi. Guruchli qatla kapgir bilan chuqarilib, ola qolganlari qozonning qaynayotgan joylariga surib, yuzini silab qoʻyilsa suvi yaxshi tortiladi va palov sochiluvchan boʻlib pishadi. Suvi tortilgan guruchni qozon oʻrtasiga gumbaz qilib toʻplab, 20—25 daqiqa davomida damlab qoʻyiladi va olov pastlatiladi. Qozonda palov yaxshilab aralashtirilib, laganga solinadi salat bilan dasturxonga tortiladi<ref>Mahmudov Q., Oʻzbek tansiq taomlari, T., 1989; Mahmudov K., Oʻzbekcha palov, Toshkent, 1979</ref>.
 
=== Samarqandcha palov ===
Qator 99:
Qoʻy yogʻini mayda toʻgʻralib, qizitilgan qozonga solib eritilgach, jizzani olib, yogʻ uzoq muddat yaxshi dogʻlanadi. Keyin loʻnda-loʻnda qilib toʻgʻralgan goʻsht solinib, sirti qizarguncha qovurilganidan soʻng toʻgʻralgan piyoz tashlanadi va bir-ikki marta kovlanadi. Piyoz oʻta qizarib ketmay turib, somoncha shaklida toʻgʻralgan sabzi qatlam qilib solinadi va qovurmasdan va kovlanmasdan darhol suv quyiladi. Zirvak qaynaganida tuzi rostlanib, zirk, zira, butun yoki tuyilgan qalampir solinadi. Oʻrtacha olovda mildiratib qaynatib qoʻyib, guruch tozalab yuviladi. Zirvak yaxshi yetilib pishganda sabzi muloyimlashib, goʻshti yumshaydi. Ana shunda yuvib tayyorlangan guruch qatlam qilib solinib, suv oʻrtacha quyilibb, oʻchoqdan choʻgʻ tortib olinadi va alangani kuchaytiriladi. Guruch suvni yaxshi tortib boʻrtganida, 25 daqiqaga damlab qoʻyiladi. Damlanganidan soʻng, 10—15 daqiqa oʻtganida palov «xomdam» qilinadi. «Xomdam» qilish uchun: damtovoqni ochib, guruch qatlami kapgir bilan choʻkarib agʻdarilasi, shunda ortiqcha bugʻi koʻtarilib osh lanj holda boʻlmaydi va ayrim tirik qolgan guruchlari pastga kumilib, yetilishi uchun imkon yaratiladi. Damgirni yana jips yopib suyib, damlash oxiriga yetganda laganga suziladi.
 
Samarqandcha palovni suzish qoidasi: laganga birinchi navbatda guruch qatlami gumbaz qilib suzilib, tepasiga, sabzi va goʻsht solinadi. Baʼzida, laganning bir tomoniga guruchni, ikkinchi tomoniga sabzi va goʻsht solinib dasturxonga tortiladi<ref>Mahmudov Q., Oʻzbek tansiq taomlari, T., 1989; Mahmudov K., Oʻzbekcha palov, Toshkent, 1979</ref>.
 
=== Bir guruchu bir goʻshtli palov ===
Qator 105:
 
Guruch tozalanib, yaxshilab yuvilib, zirvak ustidan qatlam qilib solinadi, suv quyiladi va kuchli alanga berib tekis qaynashiga erishiladi. Guruch suvini terib yaxshi boʻrtganda yuziga qovurib olib qoʻyilgan goʻsht solinib, 25—30 daqiqa damlab qoʻyiladi.
Palovni qozonning oʻzida yaxshilab aralashtirilib, laganga gumbaz qilib solinib, salat yoki turp bilan birga dasturxonga tortiladi<ref>Mahmudov Q., Oʻzbek tansiq taomlari, T., 1989; Mahmudov K., Oʻzbekcha palov, Toshkent, 1979</ref>.
 
=== Sarimsoqli palov ===
Qator 111:
Sarimsoqli palovning zirvagi Fargʻonacha palovda aytilganidek tayyorlanadi. Ushbu palovning Fargʻonacha palovdan farqi: ushbu palovda sarimsoqpiyoz solinadi. Sarimsoq piyozni ikki xil usulda qoʻshish mumkin. Birinchi usulda sarimsoq butunligicha, soch qismini pichoq bilan kesib, bir qavat poʻstini archib, sovuq suvda chayqab yuboriladi va kesilgan tomonini pastga qilib zirvakka solinadi va yarim tayyor boʻlguncha qaynatiladi. Soʻngra ustidan guruchni qatlam qilib solib, palov tayyorlash oxiriga yetkaziladi.
Sarimsoq qoʻshishning ikkinchi usuli esa bunday: zirvak odatdagidek pishiriladi. Parraklarga boʻlinib, poʻchogʻi archilgan sarimsoqni sovuq suvda chayqab, yuvilgan guruchga aralashtirib zirvakka solinadi va suv quyib pishirish oxiriga yetkziladi. Barcha jarayonlar qovurma palov tavsiyasida koʻrsatilgandek amalga oshiriladi. Palovning ushbu turini damlash muddati 25—30 daqiqa.
Palovni qozonda yaxshilab aralashtirib, laganga gumbaz qilib solinadi, butun pishgan sarimsoqlarni palov ustiga terib dasturxonga tortiladi<ref>Mahmudov Q., Oʻzbek tansiq taomlari, T., 1989; Mahmudov K., Oʻzbekcha palov, Toshkent, 1979</ref>.
 
=== Behili palov ===
Fargonacha yoki Samarqandcha palov uchun tayyorlanadiga zirvak pishiriladi. Behining tuki archilib, toʻrt pallaga boʻlinadi, urugʻi va zaha boʻlgan joylarini olib tashlanadi va zirvakka solib pishiriladi. Agar zirvak qovurma palov usulida tayyorlansa, unda behi boʻlaklari goʻsht va sabzi bilan birga qovuriladi, soʻng suv quyiladi. Mabodo ivitma palov usulida boʻlsa, u holda behi pallalari to chala pishguncha sabzi bilan birga mildiratib qaynatiladi,
soʻng guruch solinadi. Qolgan jarayonlar yuqoridagi reseptlarda aytilgandek tayyorlanadi. Damlash muddati 25 daqiqa.
Taom tayyor boʻlganda behi boʻlaklari ajratib olinib, palov yaxshilab aralashtiriladi, laganga solib, yuziga behilarni terib dasturxonga tortiladi<ref>Mahmudov Q., Oʻzbek tansiq taomlari, T., 1989; Mahmudov K., Oʻzbekcha palov, Toshkent, 1979</ref>.
 
=== Shodibek palovi ===
Guruch 4—5 marta yuvilib, ivitib qoʻyiladi, behi oʻrtacha kubik qilib toʻgʻralib, qoraymasligi uchun iliq suvga botirib qoʻyiladi yoki guruchga qoʻshib ivitiladi. Goʻshtni kabobga toʻgʻragandek, piyozni halqa-halqa sabzini esa kichik shaklida toʻgʻralganidan soʻng qozonda yogʻ dogʻlanadi. Piyozni, soʻng goʻshtni solib, qizarganda, sabzini bosib, suv quyib olovi mildiratib qoʻyiladi. Zirvak yetilganda, behi aralashtirilgan guruch solinib damlanadi. Agar behi alohida ivitilgan boʻlsa guruchdan oldin solib, suvi guruch ustidan quyiladi. Suvi yaxshi tortilshi uchun alangani kuchaytirib, guruch qatlami kapgir bilan choʻkarib silab qoʻyiladi. Damlash muddati 25—30 daqiqa.
Palovni qozonda yaxshi aralashtirgach, laganga suzib dasturxonga tortiladi<ref>Mahmudov Q., Oʻzbek tansiq taomlari, T., 1989; Mahmudov K., Oʻzbekcha palov, Toshkent, 1979</ref>.
 
=== Doʻlmali palov ===
Palovga moʻljallab olingan goʻsht ikki qismga boʻlinadi. Laxim goʻsht qiymalagichdan oʻtkazilibb, mayda toʻgʻralgan piyoz, murch, tuz va xom tuxum qoʻshib aralashtiriladi. Qalampirning bandini olib tashlab, urugʻini qoqib, yaxshilab yuviladi va har biriga toʻldiriladi.
 
Qozonda yogʻni dogʻlab, suyakli goʻsht va piyoz solinib qovuriladi, soʻngra sabzi solinib, ustiga doʻlmalar teriladi, koʻmib turarli qilib suv quyiladi va sust olovda 1 soat davomida mildiratib qaynatiladi. Tuzi rostlanib ziravorlar sepiladi. Soʻngra yuvib tayyorlangan guruch solininb odatdagidek 20-25 daqiqaga damlanadi. Dasturxonga tortishda doʻlmalarni titib yubormasdan olib, palov aralashtiriladi va laganga solininb, ustiga har bir xoʻranda uchun 2 dona hisobida doʻlmalar terib chiqiladi va dasturxonga tortiladi<ref>Mahmudov Q., Oʻzbek tansiq taomlari, T., 1989; Mahmudov K., Oʻzbekcha palov, Toshkent, 1979</ref>.
 
=== Bedanali palov ===
Bedanalar soʻyilib, qaynoq suvga botirib olinadi va soʻng pati yulinadi. Ichi ochilib, chavagʻi olib tashlanadi va issiq suvda yaxshilab yuvib, suvini qochgach, tuz, murch va zira bir-biriga qoʻshib tuyilgan ziravorlar jamlanmasi sepib qoʻyiladi.
 
Yogʻli qoʻy goʻshtidan tayyorlangan qiymaga mayin toʻgʻralgan bosh piyoz, qirqilgan kashnich, tuz, murch va xom tuxumdan qoʻshib aralashtiriladi. Har bir bedana ichiga ana shu qiymadan solinadi. Qozonda oʻsimlik moyi dogʻlanib, piyoz jazlanadi va suyakli goʻsht solib qizartirib qovurilganidan soʻng, sabzi solinadi va 2—3 marta kovlab aralashtirib, ustiga ichi qiyma bilan toʻldirilgan bedanalar teriladi va masalliqni koʻmib turarli darajada suv quyib, sust olov berib 1 soatcha mildiratib qaynatiladi. Agar suv toʻgʻrab, bedanalar esa pishmagan boʻlsa, qaynoq suvdan qoʻshiladi. Soʻngra tuzi rostlanib, yuvilgan guruch qatlam qilib solinib, keragicha suv quyib, pishirishni oxiriga yetkaziladi. Damlash muddati 20 daqiqa. Dasturxonga tortishda bedanalar ajratib olinadi, palov yaxshilab aralashtirilib, laganga suziladi, yuziga har bir xoʻranda uchun bir dona bedana hisobida suzib keltiriladi va dasturxonga tortiladi<ref>Mahmudov Q., Oʻzbek tansiq taomlari, T., 1989; Mahmudov K., Oʻzbekcha palov, Toshkent, 1979</ref>.
 
=== Ilvasinli (kaklikli) palov ===
Qator 136:
 
Qozonda yogʻni dogʻlab, kaklik goʻshti solib qizarguncha qovuriladi va piyoz solinadi. Piyoz qizargach, sabzini solib ikki-uch aralashtirilganidan keyin suv quyilib, sust olovda bir soatga mildiratib qaynatiladi. Soʻng ziravorlar sepilib, tuzini rostlanadi. Yuvib tayyorlangan guruch solinib, odatdagidek damlanadi. Damlash muddati 25—30 daqiqa.
Dasturxonga tortishda kaklik goʻshti ajratib olinib, palov yaxshilab aralashtiriladi, keyin laganga suzib, har bir xoʻrandaga bir boʻlak kaklik goʻshti hisobida palov yuziga terib chiqiladi va dasturxong tortiladi<ref>Mahmudov Q., Oʻzbek tansiq taomlari, T., 1989; Mahmudov K., Oʻzbekcha palov, Toshkent, 1979</ref>.
 
=== Pomidor quymoqli palov ===
Yogʻni dogʻlab, piyoz jazlanadi, soʻng goʻsht solinib qizargunicha qovuriladi, keyin sabzini qoʻshib, bir-ikki aralashtiriladi va suv quyilib 50—60 daqiqa davomida mildiratib qaynatiladi.
Pomidorlarning «Olma», «Sovgʻa» deb ataluvchi navlaridan apelsin kattaligidagi bir xil, ezilmagan, qip-qizil pishganlarini tanlab olib yuvib yuborgach, band tomoni kesib tashlanib, ehtiyotlik bilan oʻrtasidagi eti va urugʻlari olinadi. Hosil boʻlgan pomidor «kosachalariga» tuz sepib, laganga toʻntarib qoʻyiladi. Soʻngra har bir pomidorning ichiga bir donadan tuxum chaqib, ozroq tuz va murch sepib qoʻyiladi.
Tayyor boʻlgan zirvakka yuvilgan guruch solinib, odatdagidek tarzda palov damlanadi. Oldidan guruch yuzasini kapgir bilan tekislab, qoshiq yordamida chuqurchalar hosil qilinadi. Har bir chuqurchaga bir donadan ichiga tuxum chaqilgan pomidor joylanadi, pomidorning shakli buzilmasligi uchun damtovoq oʻrniga togʻoracha yopiladi. Olov pastlatilib, 25—30 daqiqa dam yediriladi. Shu muddatda pomidor ichidagi tuxum qotib pishadi. Tayyor boʻlgach, pomidor quymoqu1ari olib qoʻyiladi va palov aralashtirilib laganga suziladi. Yuziga har bir xoʻrandaga bir dona pomidor quymoq hisobida qoʻyib, dasturxonga tortiladi<ref>Mahmudov Q., Oʻzbek tansiq taomlari, T., 1989; Mahmudov K., Oʻzbekcha palov, Toshkent, 1979</ref>.
 
=== Qazili palov ===
Qazini sovuq suvli idishga solib, 2 soat davomida qaynatib pishiriladi. Qaynab chiqishi bilan nina sanchiladi, aks holda qazi yorilib ketishi mumkin. Qazi pishgach, qozondan olib sovutib qoʻyiladi.
Alohida qozonda goʻshtsiz palov tayyorlanadi. Buning uchun oʻsimlik yogʻi yaxshi dogʻlanib, piyoz jazlanadi. Qazini boshqa idishda qaynatmay, shu qozonning oʻzida pishiriladi. Yaʼni, piyoz jazlangach, qazini toʻgarak qilib bogʻlangan holda solib, ustidan sabzi toʻkiladi, darhol suv quyiladi va 2 soat mildiratib qaynatiladi va qaziga nina uriladi. Agar suvi bugʻlanib ketsa, qaynoq suv qoʻshilib, qazisi pishguncha qaynataveriladi. Soʻng guruch solinadi, suvi tortgach, 25—30 daqiqa damlab qoʻyiladi. Dam yeb boʻlgach, qazini olib, parrak-parrak qilib kesiladi. Palov aralashtirib, laganga suziladi va yuziga qazi parraklarini terib dasturxonga tortiladi<ref>Mahmudov Q., Oʻzbek tansiq taomlari, T., 1989; Mahmudov K., Oʻzbekcha palov, Toshkent, 1979</ref>.
 
=== Poʻstdumba palov ===
Qozonda oʻsimlik yogʻi dogʻlanib, piyoz jazlanadi va qaynatilgan poʻstdumba 100—150 grammli boʻlaklarga boʻlinib, piyozga qoʻshib qovuriladi, sirti qizarganda sabzi solinadi va bir-ikki marta aralashtirib suv quyiladi. Suv qaynab chiqgach, tuzi rostlanib, zira, zirk, tuyilgan qalampir solib, sust olovda 1 soatcha mildiratib qaynatiladi. Soʻng guruch solinadi, suvi tortgach, 20—25 daqiqa damlab qoʻyiladi.
Dasturxonga tortishda poʻstdumbani olib, mayda boʻlaklarga boʻlib, palov yuziga solinadi va nordon anor donalari sepiladi. Alohida idishda uzum sirkasi qoʻyiladi<ref>Mahmudov Q., Oʻzbek tansiq taomlari, T., 1989; Mahmudov K., Oʻzbekcha palov, Toshkent, 1979</ref>.
 
=== Qartdumba palov ===
Yaxlit boʻlaklarga boʻlingan dumba yogʻi 1 soat davomida qaynatib olinib, soʻng sovutiladi. Qozonga paxta yoki zigʻir yogʻi solib dogʻlab, pishirilgan dumba boʻlaklari tashlanadi va sirti qizargunicha qovuriladi. Soʻngra piyoz solinib, bir oz aralashtiriladi, sabzini qovurmasdan darhol suv quyib, sabzi chala pishguncha mildiratib qoʻyiladi. Zirvakka tuz, zirk, zira va qalampir qoʻshiladi.
Tayyor zirvakka yuvilgan guruch solinib, suvi tortilgach, 20—25 daqiqa damlab qoʻyiladi.
Dasturxonga tortishda palovninh ushbu turi aralashtirilmay, laganga avval guruch qatlami suziladi, soʻngra sabzi uning ustiga solinadi. Dumba esa mayda boʻlaklarga boʻlinib, sabzining yuziga qoʻyiladi va dasturxonga tortiladi<ref>Mahmudov Q., Oʻzbek tansiq taomlari, T., 1989; Mahmudov K., Oʻzbekcha palov, Toshkent, 1979</ref>.
 
=== Moshli palov ===
Palov tayyorlashdan 2—3 kun oldin mosh yuvilib yassi idishga bir-ikki qavat qilib solinib, sovuq suv quyib ivitib qoʻyiladi. Maʼlum muddat oʻtgach, mosh boʻrtiladi. U yoyilib, boʻrtmagan donalari terib tashlanadi. Soʻng guruchni yuvib, boʻrtgan moshni unga aralashtirib, sovuq suv quyib olib qoʻyiladi. Yogʻni dogʻlab, piyoz jazlanadi, keyin chumchuq tili qilib toʻgʻralgan goʻshtni solib bir-ikki aralashtiriladi, mayda toʻrtburchak qilib toʻgʻralgan sabzi ham qoʻshilibb, chala pishguncha qovuriladi, soʻng suv quyib 50 daqiqaga sust olovda mildiratib qaynatiladi. Palovning ushbu turiga ziravorlar solish mumkin, lekin tuz keyinroq qoʻshiladi. Zirvak pishgach, mosh aralashtirilgan guruch solinadi, keragicha suv quyilib, alangani kuchaytirib qaynatiladi, moshi dona-dona boʻlib pishganda tuzi rostlanadi. Guruch va mosh yetilgach, 30 daqiqaga damlab qoʻyiladi. Dasturxonga tortishda laganga odatdagidek gumbaz qilib suziladi<ref>Mahmudov Q., Oʻzbek tansiq taomlari, T., 1989; Mahmudov K., Oʻzbekcha palov, Toshkent, 1979</ref>.
 
=== Noʻxatli palov ===
Palov tayyorlashdan bir kun avval noʻxat yuvilib, sovuq suvga ivitib qoʻyiladi va salqinroq joyda saqlanadi. Ushbu palov uchun goʻsht 10—-15 grammli, piyoz halqa-halqa qilib, sabzi esa «noʻxatcha» usulida toʻgʻraladi. Guruch yuvilib, iliq suvga 2—3 soat ivitib qoʻyiladi.
Qozonda yogʻ dogʻlaniv, goʻsht solinadi, sirti qizargach, piyoz tashlanadi va har ikkalasi qizarguncha qovuriladi. Soʻngra sabzi solinib, darhol suv quyiladi va ivigan noʻxat qoʻshib 1 soat davomida mildiratib qaynatiladi. Noʻxat yumshagach zirvakka tuz va ziravorlar solinadi. Tayyor boʻlgan zirvakka ivitilgan guruch solinib, suv quyiladi. Suvi tortilgach, 25 daqiqa dam beriladi.
Soʻng yaxshilab aralashtirilib, laganga suziladi va salat bilan birga dasturxonga tortiladi<ref>Mahmudov Q., Oʻzbek tansiq taomlari, T., 1989; Mahmudov K., Oʻzbekcha palov, Toshkent, 1979</ref>.
 
=== Loviyali palov ===
Palov xuddi yuqoridagi retseptda yozilganidek tayyorlanadi, goʻsht, piyoz va sabzi ham oʻsha usulda toʻgʻraladi. Guruchni yuvib, issiq suvga ivitib qoʻyiladi, zirvakni hozirlab, palovni damlash oldidan qaynatilgan loviya qoʻshib yuboriladi. Buning uchun loviyani yuvib, sovuq suvli idishga solib bir qaynatib olib, qorayib ketgan suvi toʻkib tashlanadi va yana suv quyib, yumshaguncha pishiriladi. Soʻngra suvini toʻkib tashlab, palovni damlash oldidan guruch yuziga solib, damtovoq yopiladi. Damlash muddati 20-25 daqiqa.
 
Palov dam yegach, yaxshilab aralashtiriladi va laganga suzib, yuziga murch sepib, dasturxonga tortiladi. Alohida idishda uzum sirkasi beriladi<ref>Mahmudov Q., Oʻzbek tansiq taomlari, T., 1989; Mahmudov K., Oʻzbekcha palov, Toshkent, 1979</ref>.
 
== Palov haqida afsona va maqollar ==
Qator 196:
 
== Adabiyot ==
* Mahmudov Q., Oʻzbek tansiq taomlari, T., 1989; Mahmudov K., Oʻzbekcha palov, T.Toshkent, 1979.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
 
== Manbalar ==