Kushon podsholigi — versiyalar orasidagi farq

xulosa tahrirlanmadi
K. p. siyosiy hokimiyat ruhoniylar qoʻlida boʻlgan davlat boʻlib, unda podsho dunyoviy rahbar boʻlish bilan birga bosh kohin ham edi. Davlat satraplik (q. [[Satrapiya]]) larga boʻlingan boʻlib, ularning satrapparn ayrim erkinliklarga ega edi. K. p. quldorlik davlati boʻlsada, unda qishloq jamoasi muhim oʻrin tutgan. Kushon podsholari mamlakatda keng koʻlamda dinlararo murosasozlik siyosatini yurgizgan: aholi, asosan, buddizmnmng mahayana mazhabiga eʼtiqod qilgan, shuningdek, mamlakatda zardushtiylik, otashparastlik, hinduizm kabi koʻplab boshqa dinlar ham boʻlgan. Hunarmandchilik, ichki va tashqi savdo keng taraqqiy etgan. Pul tizimida koʻproqoltin va mis tangalar qoʻllanilgan. Dehqonchilik, xususan, sugʻorma dehqonchilik rivojlangan, q. x. ekinlarining koʻpchilik turi ekilgan. Mil. 3-a.ning 1-yarmi yoki oʻrtalarida K. p. barham topgan. Baqgriya — Tohariston maxsus mulk sifatida Sosoniylar davlati tarkibiga kirgan. Uni kushonshoh unvonli sosoniylar xonadoni vakillari idora qilgan.
 
== Madaniyati ==
Madaniyati . K. p. Rim, Parfiya va Xitoy bilan har jihatdan bellasha olgan Qad. Sharqdagi eng qudratli saltanatlardan biri boʻlib, ikki asr mo-baynida osiyoliklarning siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy hayotiga katta taʼsir oʻtkazgan. Bir saltanat tarkibida bir necha mamlakatlar, xalq va elatlarning birlashuvi turli madaniyatlarni oʻzaro yaqinlashtirdi, davr madaniyatlari (mahalliy Qad. Baqtriya, yunon, sak va hind madaniyatlari)ni mujassamlashtirdi. Ammo, K. p. madaniyati tarixining ayrim jihatlari hanoʻzgacha noaniq boʻlib, tarixchi, sharqshunos va arxeolog olimlar ularga oydinlik kiritish uchun izchil va chuqur i. t.lar olib bormokdalar. Chunonchi, bu borada 1913 va 1960 y.larda London, 1968 y. Doʻshanbe, 1970 y. Kobulda xalqaro simpoziumlar oʻtkazildi, YUNESKO qoshidagi Markaziy Osiyo tarixi va madaniyatini oʻrganish komissiyasi esa kushonlar tarixi va madaniyatini oʻrganishni oʻz oldiga asosiy vazifalardan biri qilib qoʻydi. Arxeologlar Kushon madaniyatiga oid Bagram, Balx, Began, Surxkxoʻtal (Afgʻoniston), Kosambi (Hindiston), Sirsukx, Taksila (Pokiston), Ayritom, Bozorqala, Dalvarzintepa, Zartepa, Koʻhna Voye, Termiz, Xayrobodtepa, Xolchayon (Oʻzbekiston), Kayqubodshoh, Koʻhnaqalʼa, Shaxrinav, Munchoqtepa (Tojikiston)da qazish ishlari olib bordi. Arxeologik topilma va koʻhna yozma manbalar asosida kushonlar madaniyatiga doyr quyidagi muhim ilmiy maʼlumotlar aniqlandi: burjli mustahkam mudofaa devoriga ega boʻlgan shahar qurilishi taraqqiy etgan, bir necha oʻnlab shunday shaharlar, koʻplab yirik sugʻorish inshootlari qurilgan. Shaharlar ichida arklar mavjud boʻlib, ularning atrofini turli binolar majmuasi qurshab turgan. K. p.ning shim.-gʻarbiy hududlaridagi binolar qurilishida koʻproq xom gʻisht va paxsadan, jan.-sharqida esa toshdan foydalanilgan. Shaharlar, odatda, daryo boʻylarida, strategik jihatdan qulay joylarda bunyod etilgan. Ular podsho saroyi, boy-zodagonlar va hunarmandlar mahallasi, koʻcha va maydonlar, hovoʻzlar, turli dinlarga mansub inshootlar, ekinzor va bogʻlardan iborat boʻlgan. Uylar koʻp xonali, hashamatli boʻlib, baʼzilari ikki qanatliqilib qurilgan. Hovli sahni, xonalar poli, zinalar va b.da turli hajmdagi pishiq gʻishtlar qoʻllanilgan. Ayvon yogʻoch ustunlari ostiga ohaktoshdan yoʻnilgan chiroyli tagkursilar oʻrnatilgan. Tomdan toʻshadigan suvlar uchun maxsus sopol tarnovlar ishlatilgan. Bino va xonalar haykaltaroshlik, tasviriy sanʼat asarlari bilan bezatilgan. Haykal va rasmlarda, asosan, podsholar, podsho xonadoni aʼzolari, boy-zodagonlar, sozanda va masharabozlar tasvirlangan (mas, Xolchayonda). Budda diniga mansub inshootlarda esa Budda va uning safdoshlari, izdoshlari, kohinlar va xizmatkorlar ifodalangan (mas, Ayritom, Dalvarzintepa, Qoratepa, Fayoztepatsa). Haykallar, asosan, ohaktosh, loy va ganchdan tayyorlangan, ular orasida sirtiga tilla suvi yuritilganlari ham bor. Devoriy suratlarda esa diniy va bazm marosimlari, tabiat manzaralari, suvoriylar tasvirlangan. Kulolchilik taraqqiy etgan, topilgan sopol idishlar xilma-xilligi va oʻzining nozik, jarangdorligi bilan alohida ajralib turadi. Amaliy sanʼat keng rivojlangan, uning eng yaxshi namunalari Sankt-Peterburgdagi Davlat Ermitajida saqlanmokda. Zeb-ziynat buyumlari, mehnat va jang qurollari yasash, mato toʻqish taraqqiy etgan. Kanishka I davrida Kushon-Baqtriya tili davlat tili sifatida qabul qilingan. Aholi, asosan, buddizm dinining mahayana mazhabiga eʼtiqod qilgan, koʻplab budda ibodatxonalari qurilgan, shuningdek, otashparastlik, hinduizm ham keng tarqalgan. Kanishka buddizm tarixida birinchi boʻlib vaqt-vaqti bilan diniy yigʻin chaqirib turishni joriy etgan. Dastlabki yigʻinda buddizmning mazkur yangi mazhabi — mahayana rasmiylashtirilgan. Bu esa buddizmning Osiyo mamlakatlarida keng tarqalishiga, uning jahon dinlaridan biriga aylanishiga sabab boʻlgan. Topilgan tangalarning orqa tomonida turli maʼbudlar — Mixra-Mitra (Quyosh maʼbudi), Otash (olov maʼbudi), Farr (omad va maʼmurchilik maʼbudi) va b. tasvirlanganligi buni isbotlaydi. Saltanatda savdoning rivojlanishi yozuvning keng koʻlamda tarqalishiga imkon yaratgan. Oromiy yozuvi asosida sugʻd va xorazmiy yozuvlari vujudga kelib, taraqqiy etdi. Hind alifbosiga asoslangan kharoshthi yozuvi namunasi ilk bor Termizdan, teri va taxtaga bitilgan xorazmiy yozuvi namunasi esa Tuproqqalʼadan topildi. K. p. yerdaridan oʻtgan Buyuk ipak yoʻli tashqi savdoning rivojlanishiga ijobiy taʼsir koʻrsatganligi aniqlandi. Kushon podsholari zarb qilgan oltin, kumush va mis tangalar Efiopiya, Skandinaviya, Italiya va b. koʻpgina mamlakatlarda topildi. Bu esa K. p. chet mamlakatlar bilan keng miqyosda savdo va madaniy aloqalar olib borganligidan dalolat beradi. Sharkdan olib kelingan ipakka Gʻarb bozorlaridagi mollar almashtirilgan. Umuman savdoda koʻp tovarlar qatori dorivorlar, Rim tilla tanga va taqinchokdari, fil suyaklari va undan tayyorlangan turli buyumlar hamda "tirik tovar" — sozanda, raqqosa va hunarmand qullar ham boʻlgan. K.p.ning dastlabki poytaxti Oʻzbekistonning jan.dagi Dalvarzintepada boʻlgan, podsho Kanishka davrida esa Peshovar sh.ga koʻchirilgan. Ayni shu davrda badiiy, sanʼat maktablari (Gandhara, Matxura, Baqtriya) shakllandi. Kanishka adabiyot va sanʼat homiysi boʻlib, Kashmir viloyatida Kanishkapur sh.ga asos soldi. Uning saroyida mashhur buddaviy olimlar Pareva va Vasumitra, buyuk shoir va faylasuflar Ashvagxosha, Matricheta, Vagarjuva hamda Charaka yashab ijod qilgan.
 
K. p.ga doyr yozma manba va arxeologik topilmalar kushonlar madaniyatini oʻrganish, ularning Oʻrta Osiyo, jumladan, Oʻzbekiston xalqlari madaniyati taraqqiyotida tutgan oʻrnini ilmiy baholashda muhim ahamiyatga ega. K. p. siyosiy tarixi va madaniyati oʻtmishining hali toʻla, haqqoniy yoritilmagan jihatlari koʻp boʻlib, Oʻzbekiston, Hindiston, Fransiya, AQSH, Italiya, Vengriya, Tojikiston, Afgʻoniston, Rossiya, Yaponiya olimlari ularni aniqlash borasida chuqur, izchil i. t.larni davom ettirmoqda.<ref>Bahodir Turgʻunov, Temur Gʻiyosov. [[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
 
Kushon davlati haqida tarix kitoblari keng maʼlumot beradi. Markaziy Osiyoda imperiyalarning eng qadimgisi, davriy jihatdan eng yashovchani (milodiy I-IV asrlar) Kushon davlati boʻlgan desak yanglishmaymiz. Oʻz davriga nisbatan mislsiz ulkan mintaqalarni egallagan Kushon davlati chegaralari — sharqda [[Xitoy]], gʻarbda [[Kaspiy dengizi]], janubda [[Hindiston]] va shimolda Orol boʻylarigacha etib borgan. Qadimgi dunyo madaniyatining uch yirik manbayi — hind, fors va turk xalqlari tutashgan markaziy zaminda tashkil topgan ulugʻ davlat.
 
== Havolalar ==
* Sherkova T.A. Yegipet i Kushanskoe sarstvo (torgovie i kulturnie kontakti). M., 1991.
* Borovkova L. A. Kushanskoe sarstvo (po drevnim kitayskim istochnikam). M., 2005, ISBN 5-89282-265-6.
* ''[[Александр Берзин|A. Berzin]].'' [http://www.berzinarchives.com/web/ru/archives/study/islam/historical_interaction/detailed_histories/history_afghanistan_buddhism.html Istoricheskiy ocherk o buddizme i islame v Afganistane.]
* [http://www.uzairways.com/news.aspx?pid=855&ctl=Article&dId=1288&cls=1 G. Yudina „Dalverzin-tepe — zemlya kladov“]
 
== Adabiyot ==
== Manbalar ==
{{manbalar}}
 
== Havolalar ==
* Sherkova T.A. Yegipet i Kushanskoe sarstvo (torgovie i kulturnie kontakti). M., 1991.
* Borovkova L. A. Kushanskoe sarstvo (po drevnim kitayskim istochnikam). M., 2005, ISBN 5-89282-265-6.
* ''[[Александр Берзин|A. Berzin]].'' [http://www.berzinarchives.com/web/ru/archives/study/islam/historical_interaction/detailed_histories/history_afghanistan_buddhism.html Istoricheskiy ocherk o buddizme i islame v Afganistane.]
* [http://www.uzairways.com/news.aspx?pid=855&ctl=Article&dId=1288&cls=1 G. Yudina „Dalverzin-tepe — zemlya kladov“]
 
{{stub}}