Kushon podsholigi — versiyalar orasidagi farq

xulosa tahrirlanmadi
Kushon davlati haqida tarix kitoblari keng maʼlumot beradi. Markaziy Osiyoda imperiyalarning eng qadimgisi, davriy jihatdan eng yashovchani (milodiy I-IV asrlar) Kushon davlati boʻlgan desak yanglishmaymiz. Oʻz davriga nisbatan mislsiz ulkan mintaqalarni egallagan Kushon davlati chegaralari — sharqda [[Xitoy]], gʻarbda [[Kaspiy dengizi]], janubda [[Hindiston]] va shimolda Orol boʻylarigacha etib borgan. Qadimgi dunyo madaniyatining uch yirik manbayi — hind, fors va turk xalqlari tutashgan markaziy zaminda tashkil topgan ulugʻ davlat.
 
Yuechjeylarning eramizdan avvalgi [[II asr]] o`rtalarida [[Grek-Baqtriya]] davlatiga bostirib kirishi ushbu davlatni tamomila tugatilishiga olib keldi. Yuechjeylarning dastlabki mulklari shimoliy Baqtriya hududlarida bo`ldi (zamonaviy O`zbekistonning janubiy hududlari va Tojikiston). Kusxon davlati eramizning I asri birinchi yarmida yuechjeylar davlati amirliklaridan biri Kusxonning yuksalishi oqibatida yuzaga keldi. Kusxon xitoychada Guyshuan deb talaffuz qilinib, yuechjey qabilalaridan birining nomi bo`lish ehtimoli bor. Davlat asoschisi yabgu (amir) bo`lgan. Keyinchalik podshoh Kudjula Kadfiz hukmronligi ostida kusxonlar hozirgi Afg`oniston va Pokistonning katta qismini bosib oldilar. Uning merosxo`ri X hukmronligi davrida kusxon mulklariga Hindistonning katta bir qismi qo`shildi. Kusxon davlatining gullab-yashnashi Kanishka hukmronligi davriga to`g`ri keldi (taxminan eramizning 78-123 yillari). O`sha davrda poytaxt Baqtriyadan Peshovorga ko`chirildi, mamlakat sarhadlari esa Hindiston va Xo`tongacha bo`lgan o`lkalarni qamrab oldi. Markaziy Osiyoda Kusxon davlatining chegaralari hozirgi O`zbekiston janubidagi Hisor tog` tizmalari cho`qqilaridan o`tgan. O`sha yerdagi baland tog` daralarida (Darband) mustahkam chegara inshootlari qad ko`tardi. O`sha davrlarda davlat sarhadlarida yangidan-yangi shaharlar qad ko`tardi, Hindiston, Xitoy va Rim imperiyasi bilan savdo munosabatlari o`rnatildi. Pompeyda olib borilgan qazish ishlari mobaynida kusxon tangalari hamda kusxon ustasi tomonidan suyakdan yasalgan figuralar topildi. Kusxon davrida me'morchilik yuksak rivojlandi. Ayniqsa saroylar va ibodatxonalar qurilishiga katta e'tibor qaratildi. Kusxon hukmdorlarining Xolchayondagi saroyida va eski Termiz va Dalvarzindagi budda ibodatxonalarida yuqori badiiy did bilan ishlangan devor chizgilari va haykaltaroshlik namunalari yaxshi saqlanib qolgan.
<includeonly></includeonly>== Adabiyot ==
 
Xolchayon, Dalvarzin va Ayritomda olib borilgan qazish ishlari davomida kusxon ustalarining yuksak mahoratidan dalolat beruvchi bronza idishlar, muhtasham shag`amsupalar, ko`zgular hamda zargarlik mahsulotlari topilgan. Dehqonchilik imperiya iqtisodiyotining tayanchi bo`lgan. Yer hosildorligini oshirish maqsadida turli o`g`itlardan keng foydalinilgan. Tog` oldi hududlari va cho`llar chorvachilik maqsadlarida foydalanilgan.
 
Termizda olib borilgan qazuv ishlari davomida oramiy tili asosida yozilgan xatlar topilgan. Kusxon kursiv xati o`zining o`tkir burchakli, kvadrat va aylana shaklidagi harflari bilan ajralib turar hamda o`sha davrlarda juda keng tarqalgan edi. Kanishka davrida Kusxon davlatiga buddizm kirib keladi va tez orada davlat diniga aylanadi. Ammo shu bilan birga zardo`shtiylik va mahalliy O`rta Osiyo, Hindiston, Eron, Yunoniston va Misr xalqlari dinlari ham o`z kuchini yo`qotmaydi. Kusxon davlati eramizning III asri birinchi yarmining oxirida barham topdi. Baktriya va Toxariston maxsus mulk huquqi ostida Sosoniylar imperiyasi tarkibiga qo`shildi. Ushbu imperiya sosoniy podshohlar xonadoni a'zolari tomonidan boshqarilib, ular kusxonshoh tituligi egalik qilgan.
 
== Adabiyot ==
* Pugachenkova G. A., Xalchayan, T., 1966;
* Gafurov B. G., Koʻshanskaya epoxa i mirovaya sivilizatsiya, M., 1968;