Pablo Escobar: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
"T2cont90_narcos_del_Cartel_de_Medellin.jpg" yoʻqotildi, uni VikiOmbordan Rastrojo Mass deletion of pages added by Umarxon III tufayli oʻchirgan edi.
Qator 22:
Dastlab Pablo qabrlar ustidagi [[marmar]] toshlarni oʻgʻirlab, ulardagi yozuvlarini oʻchirgan va [[panama]]lik chayqovchilarga pullagan<ref>{{cite web |url = http://www.richestperson.org/colombian-drug-lord-pablo-escobar/ |title = Escobar Seventh Richest Man in the World in 1990 |publisher = Richest Person.org |archiveurl = http://wayback.archive.org/web/20101206105551/http://www.richestpersons.net/colombian-drug-lord-pablo-escobar/ |archivedate = 2010-12-06 |accessdate = 2010-02-13 }}</ref>. Keyinroq [[tamaki]], [[koʻknori]], qalbaki [[lotereya]]lar savdosi va mashina oʻgʻirlash bilan ham shugʻullangan. Oʻgʻirlik va noqonuniy savdodan kamida million [[dollar]] ishlab topgan. Bu ishlarda Pablo Medellindagi oʻz davrining taniqli jinoiy “avtoritet”laridan Bernal Aguirro va Alvaro Prieto bilan hamkorlik qiladi<ref>{{cite web |url = http://articles.orlandosentinel.com/1991-03-10/news/9103080293_1_pablo-escobar-medellin-cartel-cocaine/2 |title = Colombian Druglord Trying To Turn Wealth Into Respect – Page 2 – Orlando Sentinel |publisher = Articles.orlandosentinel.com |date = 10 March 1991 |accessdate = 2011-03-16 }}</ref>. Bu orada atrofiga koʻplab yigitlarni yigʻib, [[Uyushgan jinoyatchilik|uyushgan jinoiy guruh]] tuzgan<ref>{{cite web|url=http://www.colombialink.com/01_INDEX/index_personajes/narcotrafico/escobar_gaviria_pablo_ing.html|title=Pablo Escobar|publisher=ColombiaLink.com|lang=en|accessdate=2013-05-06|archiveurl=http://www.webcitation.org/6GX0HGChN|archivedate=2013-05-11}}</ref>. [[1971-yil]]i Pabloning odamlari tomonidan Medellindagi boy sanoatchi Diego Echavarría Misas oʻgʻirlab ketiladi. Pablo uni ozod qilish evaziga katta tadbirkorning oila aʻzolaridan pul talab qiladi, biroq omadsizlik tufayli bu reja amalga oshmay, jinoyatchilar Misasni oʻldirishga majbur boʻlishadi. Pablo bu voqea haqida butun shaharga ochiqchasiga maʻlum qiladi. Pabloning bu ishi uchun unga shaharliklar “Doktor” deb laqab qoʻyadilar. Bu vaqtda Pablo hali 21 yoshda edi<ref name="Teract">{{cite web|url=http://teract.ru/kokainovyy-korol/v-21-god-pablo-ne-ispytyval-nedostatka-v-zhelayushchikh.../|title=В 21 год Пабло не испытывал недостатка в желающих...|publisher=teract.ru|accessdate=2013-05-07|archiveurl=http://www.webcitation.org/6GX0IehD2|archivedate=2013-05-11}}</ref>.
=== Kokain karteli ===
 
[[Fayl:T2cont90 narcos del Cartel de Medellin.jpg|thumb|250px|[[Medelin kokain karteli]] asoschilari]]
Pabloning odamlari safi muntazam kengayib bordi. U giyohvand moddalar savdosi bilan shugʻullana boshladi. [[1978-yil]]ning oʻrtalarida Escobar va bir necha hamtovoqlari [[Ekvador]]dan [[Medellin]]ga qaytayotganlarida qoʻlga tushadilar. Ularning yonidan 39 kilogramm miqdordagi kokain topiladi. Pablo [[politsiya]] va sudyalarga [[pora]] taklif qiladi, ammo kutilgan natijaga erisholmaydi. Uning ustidan “ish” ochilib, sud qilinadi va qamoqda oʻtirishga majbur boʻladi. Biroq, Pablo bir necha politsiyachini oʻldirib, qamoqdan qochishga erishadi va keyinchalik, huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari bilan qoʻrqitish, pora berish orqali “gaplashadigan” boʻladi.
Pablo va uning akasi Roberto Escobar giyohvand moddaning yangi turi – [[kokain]] biznesini tashkil etdilar. Aka-uka Escobar bir necha marta [[Peru]]ga borishgan va u yerdan kokain tayyorlash uchun oz miqdorda aralashma olib kelishgan. Bu aralashmadan ishlab chiqarilgan kokain juda tez ommalashdi va Pablo uni tarqatishni butun mamlakat boʻylab amalga oshira boshladi<ref>{{cite web|url=http://www.pbs.org/wgbh/pages/frontline/programs/transcripts/1309.html|title=frontline: transcripts: the godfather of cocaine|work=pbs.org}}</ref>.