Fransiya: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Tahrir izohi yoʻq
Qator 17:
F. hududida odam juda kddim zamondan, taxm. 1 mln. yildan buyen yashab keladi. Mil. av. 6—5-a.larda F. hududining deyarli barcha qismida kelt qabilalari (rimliklar ularni gallar, mamlakatni Galliya deb atashgan) yashagan. Mil. av. 2-a. oxiri — 1-a. Urtalarida Galliyani rimliklar bosib oldi. Mil. 2—4-a.larda aholi oʻrtasida xristianlik tarqaldi, romanlashtirish natijasida lotin tili kelt tillarini siqib chiqardi. 3—6-a.larda Galliyani german qabilalari (vestgotlar, burgundlar, franklar) bosib olib, uning xududida bir qancha davlatlarni tashkil qildi. Ular orasida eng kattasi Frank davlati edi ("Fransiya" franklar nomidan kelib chiqqan). Karolinglar imperiyasining parchalanishi (843) natijasida Gʻarbiy Frank qirolligi tashkil topdi. Shu davrdan F. mustaqil davlat boʻlib qoldi. 10-a.dan mamlakat "F." deb atala boshladi. [[1302]] y. dastlabki Bosh shtatlar chaqirilib, tabaqali monarxiya oʻrnatildi. F. bilan Angliya urtasida boʻlgan Yuz yillik urush ([[1337]]—[[1453]]) natijasida i.ch. va savdo keskin kamaydi, xalq ommasining ahvoli ogʻirlashib, Jakeriya ([[1358]]) va xalq qoʻzgʻolonlari boʻlib oʻtdi. 15-a. 2yarmida F. iqtisodiyoti astasekin qayta tiklandi, qirol hokimiyati mustahkamlandi. 16— 17-a.lardan iqtisodiy rivojlanish davri boshlandi. F. qirollari Gʻarbiy [[Yevropa]]da oʻz siyosiy taʼsirini oʻrnatishga uringan Gabsburglar bilan uzoq muddat kurash olib bordilar (q. [[Oʻttiz yillik urush]]). 17-a.ga kelib F. mustamlakachilik siyosatini boshladi: Amerika (Kanada, VestIndiya) va Hindistonning bir qismini bosib oldi. 17-a.ning 2yarmida F.Gʻarbiy [[Yevropa]]ning eng kuchli davlatiga aylandi. Ammo [[Ispaniya]] merosi uchun boʻlib oʻtgan urush ([[1701]] — [[1714]]) va nihoyat Yetti yillik urush ([[1756]]—[[1763]]) natijasida F.ning Shim. [[Amerika]] ([[Kanada]] va b.) hamda Hindistondagi deyarli barcha mustamlakalari Angliyaga oʻtdi. 16— 17-a.larda fransuz millati shakllandi, shim. fransuz tili yagona til sifatida keng tarqaddi. 18-a. oxirida oʻtgan Buyuk fransuz inqilobi natijasida, ayniqsa, uning choʻqqisi boʻlgan yakobinchilar diktaturasi davrida absolyutizm munosabatlari yemirildi. Yangi saylangan Milliy konvent [[1792]] y. 22 sent.da F.da respublika tuzumini oʻrnatdi. Konvent [[1793]] y. [[24 iyun]]da demokratik konstitutsiyani qabul qildi. Aksilinqilobiy termidor Konvent ([[1794]]—[[1795]]) va Direktoriya rejimi ([[1795]]—[[1799]]) dan soʻng Napoleon I Bonapartning Birinchi imperiya shaklidagi harbiy diktaturasi (dastlab konsullik, [[1804]] y.dan imperiya) urnatiddi. Napoleon davrida F. kupgina bosqinchilik urushlarini olib bordi, F. hududi birmuncha kengayib, [[Yevropa]]da F.ga tamomila qaram bulgan davlatlar paydo boʻldi. Ammo shunga qaramay, F.ning Yevropada oʻz hukmronligini oʻrnatishga boʻlgan intilishi magʻlubiyatga uchradi. [[1814]]—[[1815]] va [[1815]]—[[1830]] y.larda Burbonlar monarxiyasi qayta tiklandi. [[1815]] y. martda Napoleon yana hokimiyatni egalladi, yuz kundan keyin Vaterloo yonidagi jangda ([[1815]] y. [[18 iyun]]) u magʻlubiyatga uchragach, [[Parij]] sulhiga muvofiq, F. [[1790]] y.gi chegarasiga qaytarildi. [[1830]] y. Iyul inqilobi natijasida Burbonlar sulolasi agʻdarib tashlandi. F.da monarxiya vujudga keldi, orleanlik gersog Lui Filipp qirol deb eʼlon qilindi.
 
[[1848]] y. fevral inqilobi natijasida F.da Iyul monarxiyasi tugatilib, Ikkinchi Respublika qaror topdi (184852). [[1851]] y. 2 dek.da boʻlib oʻtgan davlat toʻntarishidan soʻng Lui Napoleon Bonapartning harbiy diktatura tuzumi oʻrnatildi. [[1852]] y. 2 dek.da u Napoleon III nomi bilan imperator deb eʼlon kilindi. Ikkinchi imperiya deb nomlangan tuzum karor topdi (1852— 70). Demokratik erkinliklar bekor qilindi. Ikkinchi imperiya toʻxtovsiz bosqinchilik urushlari olib bordi. [[1870]]—[[1771]] y.lardagi F. — [[Prussiya]] urushida F. yengilib turgan sharoitda ([[1870]]) Sent. inqilobi yuz berdi. Ikkinchi imperiya barham topdi. F. respublika deb eʼlon qilindi. Ammo hokimiyatni respublikachilar egallab oldi. Xalqning inqilobiy faolligidan qoʻrqqan Muvaqqat xukumat amalda taslimchilik siyosatini olib bordi. Hukumatning ishchilarni qurolsizlantirish siyosatiga karshi Parij ishchilari 1871 y. [[18 mart]]da qoʻzgʻolon koʻtarib, Parij: kommunasini eʼlon qildilar. [[1871]] y. [[Frankfurt]] sulh shartnomasiga koʻra, F. [[Elzas]] va [[Lotaringiya]]ning talaygina qismidan mahrum boʻlib, Olmoniyaga katta tovon toʻladi. Monarxiyachilarning monarxiyani qayta tiklashga urinishlari muvaffaqiyatsizlikka uchradi. [[1875]] y. Milliy majlis tomonidan Uchinchi Respublika ([[1870]]— [[1940]]) konstitutsiyasi kabul qilindi. 19-a. oxiriga kelib, F. mustamlakachilik imperiyasi koʻlami va iqtisodiy ahamiyati jihatidan Buyuk Britaniyadan soʻng 2oʻringa chiqdi. 20-a. boshlarida F. sanoati tez surʼatda rivojlandi, lekin u 1-jahon urushigacha agrarindustrial mamlakat boʻlib qolaverdi. F. bilan Olmoniya oʻrtasidagi ziddiyatlar kuchayishi sababli [[1891]]—[[1893]] y.larda F. — Rossiya ittifoqi tashkil topdi. Bu ittifoq [[1904]] y.gi F.— [[Buyuk Britaniya]] bitimi bilan Antantanp tashkil etishda muhim rol oʻynadi. F. 1jaqon urushi ([[1914]]—[[1918]])da qatnashdi. [[Olmoniya]]ning urushdagi harbiy magʻlubiyatidan foydalanib, F. [[Yevropa]]da oʻzining hukmronligini oʻrnatishga harakat qildi. 30-y.lardagi jahon iqtisodiy boʻhroni F.da boshqa mamlakatlarga nisbatan kechroq boshlandi va uzoqroq davom etdi. Mamlakatda fashistik guruhlar faollasha boshladi. Fashizm xavfiga qarshi F.dagi demokratik kuchlar Xalq frontiga uyushib, harakat qildilar (1935). [[1936]] y. iyunda Xalq fronti madadiga tayangan hukumat tuzildi. [[1938]] y. boshlarida reaksiya kuchlari Xalq frontiga rahna solib, yangi xukumat tuzishga muvaffaq boʻldilar. [[1939]] y. 3 sent.da F. ]][[Olmoniya]]ning F. ittifoqchisi boʻlgan [[Polsha]]ga hujumidan soʻng unga qarshi urush eʼlon qildi. Ammo [[Polsha]]ga yordam berish uchun hech qanday tadbir koʻrilmadi. [[1940]] y. may oyida Olmoniya qoʻshinlari F. hududiga bostirib kirdi. [[10 iyun]]da F.ga [[Italiya]] urush eʼlon qildi. [[14 iyun]]da esa Olmoniya qoʻshinlari [[Parij]]ni urushsiz egalladilar. [[22 iyun]]da F. hukumati taslim boʻlish shartlariga rozi boʻldi. [[Olmoniya]] qoʻshinlari F. hududining 2/3 kismini bosib oldi. Mamlakatning qolgan qismini boshqarish uchun Vishi sh.da A. F. Peten boshchiligida qoʻgʻirchoq (Vishi) hukumati tuzildi. [[1942]] y. [[11 noyabr]]da Germaniya bilan [[Italiya]] bu xududni ham ishgʻol qildi. Fransuz xalqi fashistlar okkupatsiyasining dastlabki kunlaridanoq Qarshshshk koʻrsatish harakatinm boshlab yubordi. [[1940]] y. general Sh. de Goll boshchiligida "Ozod Fransiya" harakati (1942 y.dan "Kurashayotgan Fransiya") tuzildi. Bu harakatga F.ning [[Afrika]]dagi mustamlakalari (Chad, Kamerun, Oʻrta [[Kongo]], [[Gabon]] va b.)ning fransuz harbiy qismlari va maʼmurlari ham qoʻshildi. [[1941]] y. 24 sent.da de Goll fransuz milliy qoʻmitasini tashkil etdi, bu qoʻmita keyinroq muhojirlikdagi F. hukumatiningoʻzagi boʻldi. [[1943]] y. [[3 iyun]]da Jazoirda general de Goll raqbarligida F. Milliy ozodlik qoʻmitasi (FMOQ) tuzildi. [[1944]] y. [[2 iyunda]] AQSH, Buyuk Britaniya va SSSR tomonidan tan olingan FMOQ F. respublikasining Muvaqqat hukumatiga aylandi. 1944 y. oxmriga kelib, F. hududi fransuz vatanparvarlari va Angliya, Amerika qoʻshinlari tomonidan ozod etildi.
 
2-jahon urushida mamlakat iqtisodi katta zarar koʻrdi. Uning xalqaro mavqei pasayib, F. mustamlakachilik imperiyasining parchalanishi boshlandi. [[1946]] y. 24 dek.da demokratik ruxdagi yangi konstitutsiya qabul kilindi.
Qator 24:
 
== Asosiy siyosiy partiyalari va kasaba uyushmalari ==
F. sotsialistik partiyasi, 1971 y. tashkil etilgan; Respublikani qoʻllabquvvatlashqoʻllabquvvatlash birlashuvi partiyasi, 1962 y. tuzilgan, 1976 y.gacha turli nomda boʻlganboʻlgan; Fransuz demokratiyasi uchun ittifoq partiyasi, 1978 y. asos solingan; Fransuz demokratiyasi uchun xalq partiyasi, 1965 y. tashkil etilgan, 1995 y.dan hozirgi nomda; F. kommunistik partiyasi, 1920 y.tuzilgan; Milliy front partiyasi, 1972 y. asos solingan. Umumiy mehnat konfederatsiyasi F.dagi eng katta kasaba uyushmasi boʻlibboʻlib, 1895 y. tuzilgan; F. demokratik mehnat konfederatsiyasi, 1919 y. asos solingan; F. xristian mehnatkashlari konfederatsiyasi, 1919 y. asos solingan; "Fors uvriyer", kasaba uyushma markazi, 1947 y. tuzilgan. คђ๓є๔๏ⅴ īรใ๏๓ вєк.
 
== Xoʻjaligi ==