Koʻshk: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Olaf Studt (munozara | hissa)
Tahrir izohi yoʻq
Qator 1:
'''Koʻshk''' (koʻchik, Kiosk, köşk) — toʻrt ustunli, tomi qubbali, asosan, yogʻochdan qurilgan yengil inshoot; pavilon, kiosk. Kelib chiqishi jihatidan oddiy oʻtovga borib taqaladi. Oʻrta asrlar Sharq meʼmorligida keng tarqalgan. Dastlab qad. koʻchmanchi xalqlarning koʻchib yurishiga qulay uy (koʻchik) sifatida pay-do boʻlgan. Arana ustiga oʻrnatilgan K.lardan ham foydalanilgan. Keyinchalik K.lar badavlat kishilar, hukmdorlar uchun bezakdor qilib bogʻlar ichida qurilgan. Tarixiy manbalarda K. namunalari haqida maʼlumotlar saqlangan. Vizantiya elchisi Zemarx 568 y.da Oʻrta Osiyo koʻchmanchilarining xo-qoni oʻrdasida 4 tovus hayqalini koʻtarib turgan K.ni koʻrgani haqida yozgan. 738 y.da Termiz yaqinida arab sarkardasiga oltin va kumush bilan bezatilgan 2 K. taqdim etilgan va b. 10—15-a.larda K. meʼmorligi rivojlanib, aksari bogʻ ichkarisidagi sinchqori yengil qurilmalar (K.lar) ustun, ayvon va boloxonali, zebu ziyvatli, hashamatli, koʻrkam imoratlari bilan koʻzga tashlangan. Amir Temur bunyod etgan bogʻlar ichidagi K.lar shaklu shamoyili bilan meʼmoriy taraqqiyotda yangi davr ochgan. Samarqand atrofida bunyod etilgan (14—16 a.larda) bogʻ-rogʻlar ichidagi K.lar haqida tarixiy manbalar aniq maʼlumot beradi. Samarqanddagi Koʻksaroy, Shahrisabzdagi Oq saroyni Bobur K.lar qatoriga kiritgan. K. meʼmorligi Turkiya, Xitoy, Yaponiya va b. mamlakatlarda keng tadbiq etildi. Yevropaga ham Sharq orqali ("kiosk shaklida") kirib kelgan.
 
Poʻlat Zohidov.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>