Moʻgʻullar istilosi: Versiyalar orasidagi farq
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa) Qatorga koʻchirish toʻgʻrilandi |
k imlo, replaced: Xabash → Habash using AWB |
||
Qator 3:
M.i. Chingizxon ʼoshshqmoʻgʻullar davlatining tashkil topishidan boshlanib, 13-a. oxiriga qadar davom etgan. 1207—11 y.larda Sibir va Sharqiy Turkiston xalqlari (buryat, yoqut, oyrot, qirgʻiz va uygʻurlar) boʻysundirildi. Tangut davlati (Si-Sya)ga qarshi bir qancha yurishlar qilindi (1227 y. butunlay vayron qilindi). 1211 y. Chjurchjen davlati (Shim. Xitoy)ga hujum boshlandi, 90 ga yaqin shaharni vayron qilib, 1215 y. Pekinni bosib oldilar. 1217 y. Xuanxe daryosining shim. dagi yerlarning hammasi moʻgʻullar qoʻliga oʻtdi.
Moʻgʻullarning Movarounnahrni istilo qilishi. Oʻtror voqeasi va undan keyin Chingizxon elchisi Ibn Kafroj Bugʻroning oʻldirilishi, Movarounnahrga Chingizxonning bostirib kirishi uchun bahona boʻldi. Bu yurishda Chingizxon dastlab Sharqiy Turkiston va Yettisuvni zabt etdi. Chingizxonning Movarounnahrga bosqini avvaldan puxta tayyorgarlik koʻrib rejalashtirilgan edi. Chingizxon Gʻarbga harbiy yurishini boshlamasdanoq oʻz dushmanining kuchqudrati va urushga tayyorgarligi toʻgʻrisida savdogarlar orqali toʻplagan maʼlumotlarini sinchiklab oʻrganib, Xorazmshohlar davlatinmng ichki ahvolidan toʻla voqif edi. Xorazmshoxlar davlati koʻp sonli turkiy qoʻshin va yaxshi qurollangan koʻngillilar lashkari qamda yetarli oziq-ovqat zaxirasiga ega edi. Afsuski, xorazmshoh bilan sarkardalar oʻrtasida mavjud ixtiloflar avval boshdanoq bunday ustunlikdan foydalanishga imkon bermadi. Kengashda fikrlar boʻlinib ketdi. Xorazmning mashhur faqihi, muftiy Shahobiddin Xivaqiy barcha qoʻshin (400 ming askar)ni Sirdaryo boʻyiga toʻplab, uzoq yoʻl safarida toliqib kelayotgan moʻgʻullarni qarshi olish, dushmanga hali oʻzini oʻnglab olmasidan turib, bor kuch bilan katta jangda toʻsatdan zarba berish toʻgʻrisida birdanbir toʻgʻri fikr bayon qiladi. Birok. Muhammad xorazmshohga bunday fikr maʼqul boʻlmaydi. Chunki, u oʻzining oliy lashkarboshilaridan boʻlgan qipchoq lashkarboshilarga tamoman ishonchsizlik bilan qarar edi. Shuning uchun ham u katta qoʻshinni bir joyga toʻplashdan va ular fursatdan foydalanib uni taxtdan agʻdarib tashlashlaridan qoʻrqar edi. Askariy kuchini qalʼa va istehkomlarga boʻlib yuborib, ayrim shaharlarni moʻgʻullarga qarshi qoʻyish bilan dushmanga zarba bermoqchi boʻldi. Xorazmshoh moʻgʻullarning asosiy zarbasi Movarounnahrning Zarafshon vodiysiga qaratilsa kerak degan fikr bilan Samarqand va Buxoro sh.larini mustahkamlashni buyurdi. Samarqandning tashqi devorini qayta qurish maqsadida shahar aholisidan hatto bir yil ichida 3 marta xiroj ham yigʻib olinadi. Barcha koʻrilgan choratadbirlarga qaramasdan xorazmshox. hujumga tayyor emas edi. 1219 y.ning kuzida Chingizxon xorazmshoh saltanatiga qarshi yurish boshladi. Jami askari 200 mingga yaqin boʻlgan moʻgʻullarga uygʻur xoni Idiqut va Olmaliq hukmdori Sigʻnoq teginlar ham oʻzlarining harbiy kuchlari bilan qoʻshilgan edi. Chingizxon Oʻtror sh. yaqinida, Movarounnahr va Xorazmni qisqa muddat ichida zabt etish uchun qoʻshinini 4 qismga boʻladi. Uning bir qismini oʻgʻillari Chigʻatoy va Oʻqtoy boshchiligida Oʻtrorni qamal qilish va uni egallash uchun qoldirdi. Ikkinchi qismga Joʻji boshliq etilib, Sirdaryo etagi tomon yuboriladi va unga Sigʻnoq, Oʻzgan, Barchinligʻkent, Jand, Yangikent va b. shaharlarni bosib olishni buyuradi. 5 ming kishilik uchinchi qoʻshinni Oloq noʻyon hamda Suketu-cherbi qoʻmondonligida Banokat va Xoʻjand sh.lari tomon yuboradi. Chingizxonning oʻzi asosiy kuchlari bilan Qizilqum orqali Buxoro tomon lashkar tortadi. Inolchiq rahbarligida oʻtrorliklar shaharni mudofaa qilib 5 oy davomida oʻz qoʻllarida ushlab turadilar. Nihoyat moʻgʻullar shaharni egallashga muvaffaq boʻladi. Aholini shahardan tashqariga haydab chiqaradilar va qatl etadilar, shaharni esa talaydilar (yana q. [[Oʻtror mudofaasi]]). Shu asnoda Buxoroga yoʻnalgan Chingizxonning asosiy kuchlari yoʻlda Zarnuq va Hyp qalʼalarini ishgʻol qiladilar. 1220 y. fevralda Chingizxon Buxoroga yetib boradi (q. [[Buxoro mudofaasi]]). Moʻgʻullar Buxoroni vayron qilgandan keyin Samarqandga yoʻl oldi. Chingizxon Buxorodan haydab keltirgan asirlardan tashqari oʻgʻillari Chigʻatoy va Oʻqtoylarning Oʻtrordan olib kelgan bandilarini ham Samarqand qamaliga safarbar etadi (q. [[Samarqand mudofaasi]]), Muhammad xorazmshoh Subutoy bahodir va Jebe noʻyon bosh boʻlgan moʻgʻul qoʻshinining taʼqibidan qochib, Kaspiy dengizining jan.dagi orollardan birida panoq topadi va sal vaqt oʻtmay gʻariblikda zotiljam kasali bilan va-fot etadi. Bu davrda moʻgʻullarning Joʻji boshliq askariy qismlari Sirdaryo etaklarida bosqinchilik qilmoqda edi. Joʻji shaharni jangsiz taslim boʻlishini talab qilib, Sigʻnoqqa elchi sifatida yuborgan Hasanxoja ismli savdogarni sigʻnokliklar oʻldiradilar. Bundan dargʻazab boʻlgan Joʻji shaharga hujum boshlaydi. Bosqinchilar shaharni talab, aholisini bitta qoldirmay qiradi. Bu voqeadan dahshatga tushgan Oʻzgan sh. aholisi moʻgʻullarga jangsiz taslim boʻladi, ammo, Barchinligʻkentni olishda yana kuch ishlatadilar. 1220 y. Jandga hujum boshlaydilar. Jand noibi Qutlugʻxon shaharni tashlab Xorazmga qochadi. Bosqinchilar Jandni qarshiliksiz egallab, uni talaydilar. Aholisining qurollangan qismi qatl etilib, shahar vayron qilinadi. Bu vaqtda Oloq noʻyon, Suketu cherbi va Toʻgʻay kabi moʻgʻul sarhanglari 5 ming qoʻshin bilan Banokat va Xoʻjand sh.lari ustiga yuradi. Banokat himoyachilari qilichdan oʻtkazilib, qolganlari qullikka mahkum etiladi. Shaqar zabt etilgach, navbat Xoʻjandga keladi. Asli nasabi turk boʻlgan Temur Malikning shaxsiy qaxramonligi bilan xoʻjandliklar moʻgʻullarga kutilmagan qarshilik koʻrsatadilar. Juvayniy va Rashiduddinlarning asarlarida Xoʻjand qamalida 20 ming moʻgʻul va 50 ming asir qatnashganligi aytilgan. Biroq, himoyachilarning kuchi teng boʻlmaganligidan Temur Malik shaharni tashlab chiqib ketishga majbur boʻladi. 1220 y.ning yozida Movarounnahr jan.da shu vaqtgacha bosib olinmagan shaharlarni zabt etishga Chingizxonning shaxsan oʻzi kirishadi. Avval u Nasafga bostirib kiradi. Shaharliklar dahshatga tushib shahar darvozalarini ochib beradilar. U Termizga askar tortadi. Termizning noibi Faxriddin
1241 y. bahorida moʻgʻul qoʻshinlari rus hamda Sharqiy Yevropaning boshqa xalqlari koʻrsatgan qahramonona qarshiligiga qaramay, Gʻarbga tomon ilgariladi. Botu qoʻshinining asosiy qismi Karpat dovonlari orqali Vengriyaga kirib bordi va qirol Bela IV ning 60 minglik qoʻshinini tormor keltirdi. Vengriya poytaxti — Pesht sh. ishgʻol etilib, vayron qilindi, mamlakatning koʻp qismi harobaga aylantirildi. Baʼzi moʻgʻul otryadlari Sharqiy Chexiyagacha kirib bordi, Birok qirol Vatslav I tomonidan qattiq qarshilikka uchrab orqaga qaytdi. 1241 y. oxirlarida Botu oʻz qoʻshinining Avstriya va Xorvatiya orqali Adriatika dengizi tomon boshladi. 1242 y. sohilda joylashgan qalʼalarni zabt eta olmagan Botu Bosniya, Serbiya va Bolgariya boʻylab orqaga qaytgan. Shunday qilib moʻgʻullarning Markaziy Yevro-paga qilgan hujumi tugadi.
Qator 23:
{{manbalar}}
{{stub}}▼
{{no iwiki}}
{{OʻzME}} <!-- Bot tomonidan yaratildi -->
▲{{stub}}
|