Qirgʻiziston — versiyalar orasidagi farq

k
→‎Tarixi: imlo, replaced: taxm. → taxminan (2) using AWB
k (o'zbek -> oʻzbek, replaced: O'zbek → Oʻzbek using AWB)
k (→‎Tarixi: imlo, replaced: taxm. → taxminan (2) using AWB)
 
== Tarixi ==
Q.da topilgan arxeologik yodgorliklar bu hududda taxm.taxminan 300 ming yil ilgari odam yashaganligidan darak beradi. Mil.av. 3-ming yillik oxiri — 2-ming yillik boshlarida avval mis, keyinchalik jezdan ishlangan qurollar tarqalgan. Q.ning shim.da saklar qabila ittifoqi (mil.av. 7— 3-a.lar), keyinchalik ular oʻrnida usunlar (mil.av. 2-a. — mil. 2-a.) qabila ittifoqi mavjud boʻlgan. Janubiy r-nlar mil.av. 2—1-a.larda Davan davlati, keyinchalik mil. 1—4-a.larda kushon qirolligi tarkibida boʻlgan. 5-a.da Q. shim.dagi koʻchmanchi qabilalar oʻtroklasha boshladi. 6—7-a.larda Q. Turk xoqonligi tarkibida boʻldi. Q. Gʻarbiy Turk xoqonligining markazi boʻlib, xoqonlik poytaxti — Suyob sh. Chu vodiysida (Toʻqmoq sh. oʻrnida) joylashgan. Shim. K.da oʻtroqhayotning rivojlanishida Oʻrta Osiyoning dehqonchilik vohalaridan koʻchib kelgan aholining roli katta boʻlgan. 6—8-a.larda koʻchmanchi turkiy qabilalar Oʻrxun-Yenisey yozuvidan, oʻtroq aholi sugʻd yozuvidan foydalangan. Q. hududida shomoniylik, zardushtiylik, buddaviylik va xristian dinlari tarqalgan. 8-a.ning boshida Q.dagi siyosiy hokimiyat turgash zodagonlari qoʻliga oʻtgan. 8-a. oʻrtalarida Oltoydan Tyanshanga qarluqlar kelib, bu yerdagi hokimiyatni egallab olishgan. Qarluqlar hukmronligi 10-a. oʻrtasiga qadar davom etgan. Tyanshanda qirgʻiz qabilalari yashagani haqidagi ilk yozma manbalar 10-a.ga oiddir. Bu davrda Chu va Talas vodiylarida shahar va qishloqlar soni koʻpaygan. Ular Issiqkoʻl qirgʻoqlarida ham vujudga kelgan. Shahar va qishloqlar aholisi — Oʻrta Osiyoning boshqa viloyatlari bilan bogʻliq boʻlgan hunarmandlar va savdogarlar koʻchmanchilari ip-gazlama, charm, yogʻoch, sopol, metall buyumlar, gʻalla, quruq meva va b. bilan taʼmin-lab turishgan.
 
Koʻchmanchilar shaharlarga chorvachilik mahsulotlarini yetkazib berganlar. Qarluqlar mulkining markazi — Chu vodiysi orqali Buyuk ipak yoʻli oʻtgan. 10a. oʻrtasidan taxm.taxminan 12-a. oʻrtalarigacha Q. hududida Qoraxoniylar davlatinnng asosiy qismi joylashgan. Chu vodiysida davlat poytaxti — Bolasogʻun (hoz. Boʻrona sh. xarobasi) boʻlgan. 10— 12-a.larda Talas vodiysi kumush va b. metallar ishlab chiqarilishining yirik markazi hisoblangan. Koʻplab shaharlarda (Bolasogʻun, Oʻzgan va b.) hunarmandchilik, savdo va madaniyat taraqqiy etgan. 13-a. boshida boshlangan moʻgʻullar istilosi qirgʻiz xalqi shakllanishi jarayonini uzoq muddatga toʻxtatib qoʻygan, koʻplab shahar-qishloqlar (14-a. boshiga kelib) vayron boʻlgan, oʻtroq dehqonchilik xoʻjaliklari tanazzulga yuz tutgan. Shim. Q.da shu davrdan boshlab yarim koʻchmanchi chorvadorlik xoʻjalikning yetakchi tarmogʻiga aylangan. Oʻrta Osiyoga moʻgʻullar bilan birga koʻplab koʻchmanchi qabilalar koʻchib kelgan. Tyan-shanning bir qismi va Sharqiy Turkiston Chigʻatoy ulusi tarkibiga kirgan. Chigʻatoy ulusining parchalanishi (1348) natijasida Qashqar, Yettisuv oʻlkasi va Ili vohasida Moʻgʻuliston davlati tashkil topgan. Chigʻatoy xonlaridan Muborakshoh va Baroqxon qoʻl ostidagi qabilalar bilan Yettisuvdan Movarounnahrga koʻchib oʻtadilar. muborakshoh Ohangaron vohasiga, Baroqxon esa Chagʻoniyonga kelib oʻrnashadi. Bu hol Chigʻatoy ulusining ikkiga boʻlinib ketishiga sabab boʻlgan. Shu vaqtdan boshlab, ulusning sharqiy va shim.-sharqiy qismida qolgan turkiy va moʻgʻul qabilalari oʻzlarini moʻgʻullar, mamlakatni esa Moʻgʻuliston deb atay boshladilar. 1348 y. Chigʻatoy naslidan boʻlgan Tugʻluq Temur Moʻgʻuliston xoni qilib koʻtarilgan. Amir Qamariddin hukmronligi davrida Amir Temur unga qarshi 1370—90 y.larda 7 marta qoʻshin tortib borgan va uni oʻziga tobe etgan. Amir Temur vafotidan soʻng temuriylar davrida Ulugʻbek 1425 y. Moʻgʻulistonga zafarli yurish qilgan. 15-a.ning oxirida Moʻgʻuliston mayda-mayda qismlarga ajralib ketgan. 15-a.ning 2-yarmida Shim. Q. hududida qirgʻiz qabilalarining birlashuvi natijasida dastlabki mustaqil xonlik vujudga kelgan, uning aholisini bu davrga kelib shakllangan qirgʻiz xalqi tashkil etgan.
 
16-a.ning 1-yarmida qirgʻizlar oyratlar bosqiniga qarshi uzoq muddat kurash olib borganlar. 17—18-a. boshlarida Sharqiy Turkistonning siyosiy hayotida qirgʻizlarning ishtiroki kuchaygan. 18a. oxiri —19-a. boshlarida qirgʻizlar Rossiyadan panoh izlay boshladilar. Bunga ularni murakkab tashqi siyosiy vaziyat, ichki ahvolning turgʻun emasligi va oʻzaro savdo-sotiqdan manfaatdorlik majbur qilgan. 1814 y. va 1824 y. larda Issiqkoʻl qirgʻizlari delegatsiyasi Rossiyaning Gʻarbiy Sibirdagi maʼmurlari huzuriga borishgan. 19-a.ning 1-choragida Qoʻqon xonligi qoʻshinlarining qirgʻizlar ustiga harbiy yurishlari rus-qirgʻiz munosabatlarini toʻxtatgan. Qirgʻizlar Qoʻqon xonligi tarkibiga kirishgan. Bu davrda qoʻqonliklar tomonidan Pishpak (hoz. Bishkek), Toʻqmoq, Darautqoʻrgʻon va b. qalʼalar qurilgan. 19-a. ning 60—70y.larida butun Q. Rossiya imperiyasi tarkibiga qoʻshib olindi; avval Turkiston viloyati (1865—67), soʻng Turkiston general-gubernatorligi (1867—1917) tarkibida boʻldi. 1917 y. noyabr — 1918 y. iyunda sovet hokimiyati oʻrnatildi. 1918 y. apr.da q. [[yangi tuzilgan Turkiston ASSR tarkibiga kirdi]]. 1921—22 y.larda yer-suv islohoti oʻtkazildi. 1924 y. Oʻrta Osiyoda milliy davlat chegaralanishi oʻtkazilishi natijasida 1924 y. 14 okt.da RSFSR tarkibida Qora-qirgʻiz muxtor viloyati tashkil etildi. 1925 y. 25 mayda Qoraqirgʻiz muxtor viloyati Qirgʻiz muxtor viloyatiga, 1926 y. 1 fevral
197 605

ta tahrir