Moskva: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Qatorga koʻchirish toʻgʻrilandi
k imlo, replaced: Taxm. → taxminan using AWB
Qator 38:
'''Moskva''' — RF poytaxti, Moskva viloyati markazi, federal ahamiyatidagi shahar. RFning yirik siyosiy, iqtisodiy, ilmiy va madaniy markazi. M.da Rossiya Federatsiyasi Prezidenta, Federal Majlis, RF hukumati, Konstitutsiyey Sud, Oliy Sud, Oliy arbitraj sudi, RF Prokuraturasi qarorgohlari joylashgan. 10 maʼ-muriy okrugga (Markaziy, Sharqiy, Jan.-Sharqiy, Janubiy, Jan.-Gʻarbiy, Gʻarbiy, Shim.-Gʻarbiy, Shimoliy, Shim.Sharqiy hamda Zelenograd sh.) boʻlingan. Shahar chegarasi, asosan, Moskva halqa avtomobil yoʻlidan oʻtadi. Maydoni (M. meriyasiga karashli boʻlgan Zelenograd va b. aholi punktlaridan tashkari) 994,0 km², shu jumladan, Moskva halqa avtomobil yoʻli doirasida 878,7 km². Aholisi 8305,0 ming kishi (2001; M. shahar maʼmuriyatiga qarashli aholi punktlari bilan 8600 ming kishi)dan ziyod. Rossiyaning Yevropa qismida Smolensk-Moskva qirlari, Oka-Moskvoretsk tekisligi va Meshchyora pasttekisligi tutashgan joyda, Oka va Volga daryolari orasida, Moskva daryosi sohillarida joylashgan. Shahar hududining asosiy kismi 120 m balandlikda, keng tarqalgan qayirlar va qayir usti terrasalariga ega boʻlgan Moskva daryosi va uning irmoklari (Yauza, Setuni va b.)ning keng vodiyli morena va flyuvioglya-sial tekisliklari chegarasi ichida oʻrnashgan. Suvayirgʻichlar (shu jumladan, "etti tepalik" — [[Kreml]], Sreten, Tver, Tryoxgorka, Tagan, Lefort, Vorobyov tepaliklari)ning bir oz koʻtarilgan qismlari daryo vodiylari va jarliklar bilan almashib boradi. Relyefning eng yuqori nuqtalari Teplostan qirlari (bal. 254 m gacha) kirib borgan jan.-sharq va SmolenskMoskva qirlarining jan. yon bagʻridagi Ximki suv havzasi xududida joylashgan. Shaharning sharqiy, jan.-sharqiy qismlari Meshchyora pasttekisligining gʻarbiy chekkasida oʻrnashgan. M.ning markaziy r-nlarida qayta ishlangan grunt, koʻchalar va h.k. qoldiqlaridan tarkib topgan madaniy qatlamning qalinligi 4–6 m (koʻmilgan jarliklar, kichkina soylar, hovuz va botqoqliklar oʻrnida 10–20 m)ga yetadi. 100 dan ziyod soy, shu jumladan, Neglinnaya yer osti quvurlari orqali oʻtkazilgan. M. iqlimi moʻʼtadil kontinental. Qishi moʻʼtadil sovuq. Yanv.ning oʻrtacha t-rasi —10,2°. Yozi issiq, iyulning oʻrtacha t-rasi 18,1°. Shahar markazi t-rasi chekkalarga nisbatan oʻrta hisobda 1,5—2° yuqori. Yillik yogʻin 540–650 mm (eng kupi iyul— avg .da). Rossiyada ilk bor barpo qilingan Los Oroli milliy bogʻi M. hududida joylashgan.
 
M. toʻgʻrisidagi dastlabki maʼlumot 1147 y.dagi solnomada berilgan. Suzdal va Buyuk Kiyev knyazi Yuriy Dolgorukiy anʼana boʻyicha M.ning asoschisi hisoblanadi. 1156 y. chamasi Borovitsk tepaligida, Neglinnaya da-ryosining Moskva daryosiga quyilish joyida dastlabki qoʻrgʻoncha oʻrnida ke-yinroq [[Kreml]] nomini olgan yogʻoch-tuproqdan istehkom qurilgan (q. [[Kreml]]). Vladimir-Suzdal Rusining chekka shahri hisoblangan. M. Chernigovdan Kiyevga boradigan yoʻllar chorrahasida shakllangan. 1237 y.da, moʻgʻullar bosqini davrida, Botuxon qoʻshinlarining bostirib kirishi natijasida M. vayron qilindi, lekin, tez orada qayta tiklanib kichikroq udel knyazligining markazi boʻldi. Knyaz Yuriy Danilovich (1303—25 y.larda boshqargan) knyazlikka yorliq olgan birinchi Moskva knyazi boʻldi. 14—15-a.larda M. rus yerlarini birlashtirish, moʻgʻullar zulmidan ozod boʻlishga qaratilgan kurashning tashkilotchisi, markaziga aylandi. M. atrofida rus yerlarining astoydil birlashtirishni boshlagan knyaz I. D. Kalitaning (1325—40) faoliyati katta ahamiyatga ega boʻldi. Taxm.taxminan 1326 y.da M.ga Vladimir sh.dan Rus pravo-slav cherkovi mitropolitlarining qarorgohi koʻchirildi. KnyazD. I.Donskoy (1359—89) davrida M. moʻgʻullar zulmiga qarshi kurash markaziga aylandi. 1380 y.da Kulikovo maydonida moʻgʻullar qoʻshinini magʻlubiyatga uchratgan umumrus qoʻshini M.da shakllandi. 15-a. oxirida ulugʻ knyaz Ivan III Vasilyevich (1462—1505) davrida M. yagona Rus davlatining poytaxti boʻldi. 15-a. oxiri — 16-a. boshlarida [[Kreml]]ni qayta qurilishi, uning hududida Moskva davlatining bosh soborlari — Uspeniye, Arxangelskiy va Blagoveshcheniye qad koʻtardi. 1547 y.da ulugʻ knyaz Ivan IV Grozniy (1533—84) podsho unvonini qabul qildi. Romanovlar sulolasining birinchi podsholari Mixail Fyodorovich va Aleksey Mixaylovichlarning hukmronligi davri — notinch yillarda yoqib tashlangan M. yangidan qurildi. 1687 y.da Slavyan-grek lotin akademiyasi ochildi. 1708 y.da shahar M. gubernyasining markazi boʻldi.
 
Rossiya poytaxtining SanktPeterburgga koʻchirilishi (1712) bilan Moskva birinchi poytaxt, muhim siyosiy, iqtisodiy va madaniy markaz sifatidagi ahamiyatini saklab qoldi. M.da imperatorlarga toj kiygizish marosimlari oʻtkazib kelingan. 1703 y.dan boshlab podsho Petr I ning tashabbusi bilan "Vedomosti" birinchi rus bosma gaz. nashr qilina boshlandi. 17-a. oxiridan shaharning oʻzini oʻzi boshqarish tizimi shakllandi. Izchillikb-n shahar bo-shqaruvi organi sifatida Burmistr palatasi, Ratusha, Magistrat, 1785 y.dan — Umumiy va Olti ovozli Duma, ke-yinroq (1870 y.da) shahar Dumasi tuzildi, 1812 y.dagi urush davrida Moskva sent.-okt. oylarida Napoleon I ning fransuz qoʻshinlari qoʻlida edi. Katta yongʻin shahar binolarining 2/3 qismini yoʻq qildi. Fransuzlar M.ni tashlab chiqib ketdilar. Sanoat va t.y. qurilishining rivojlanishi bilan M. Rossiyaning iqtisodiy va transport markazlaridan biriga aylandi. 1917 y. noyabrda shaharda bolsheviklar xrkimiyati oʻrnatildi. 1918 y. 12 martda poytaxt yana M.ga koʻchirildi. SSSR tashkil qilingandan keyin (1922 y. 30 dek. da) M. uning poytaxti boʻldi. 1929 y.dan M. — Moskva viloyati markazi. 1935 y.da M.ni birinchi Bosh plani qabul qilindi. Oʻsha yili M.da metropoliten ishga tushirildi. 1941 y. dek.da nemis qoʻshinlari M. ostonalariga yetib keldi va shaharni bombardimon qila boshladi. Ke-yinroq nemislar chekinishga majbur boʻldi. 1945 y. 24 iyunda M.da Gʻalaba Paradi boʻlib oʻtdi. 1965 y. 8 mayda M.ga qaxramon shahar unvoni berildi. 1950-y.lar oʻrtalaridan shaharda keng miqyosda uy-joy va madaniy qurilish avj oldi. 1980 y.da M.da 22-olimpiada oʻyini boʻlib oʻtdi. SSSR qulagach, M. (1991 y. 25 dek.dan) — RF poytaxti.