Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Cekli829 (munozara | hissa)
k imlo, replaced: taxm. → taxminan, km2 → km{{sup|2}} (2) using AWB
Qator 2:
 
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi -->
'''Isroil''' (Medinat Visra’el) — Yaqin Sharqda, Osiyoning gʻarbiy qismida, Oʻrta dengiz boʻyida joylashgan davlat. Mayd. 14,1 ming km2km{{sup|2}} (BMT Bosh Assambleyasining 1947 y. 29 noyabr qarori b-n belgilangan hudud). Aholisi 5,938 mln. kishi (2001). Asosiy iqtisodiy va madaniy markazi — TelAviv sh. BMTning 1947 y.dagi qaroriga zid ravishda I. hukumati 1950 y. da Quddus sh.ning gʻarbiy qismini davlat poytaxti deb eʼlon qildi. 1980 y. 30 iyulda Quddus I.ning "abadiy va boʻlinmas" poytaxti deb eʼlon qilindi. I. maʼmuriy jihatdan 6 okrugga boʻlinadi.
[[File:MiddleEast.A2003031.0820.250m.jpg|thumb|]]
[[File:BritishMandatePalestine1920.png|thumb|]]
[[File:Flag of Palestine - long triangle.svg|thumb|]]
[[File:Jerusalem from mt olives.jpg|thumb|Dome in Jerusalem The Capital City Of Palestine]]
[[File:1 Palestine Pound 1939 Obverse.jpg|thumb|]]
[[File:عملة فلسطينية معدنية.jpg|thumb|]]
[[File:British Mandate Palestinian passport.jpg|thumb|]]
[[File:Palestine recognition only.svg|thumb|]]
[[File:1759 map Holy Land and 12 Tribes.jpg|thumb|PALESTINE 1759]]
[[File:Modern Palestine, Illustrated atlas, and modern history of the World, 1851.jpg|thumb|PALESTINE 1851]]
Qator 20:
[[File:Palestina 1946.jpg|thumb|PALESTINE 1946]]
[[File:UN Partition Plan Palestine.png|thumb|PALESTINE 1947]]
 
 
 
== Davlat tuzumi ==
Qator 27 ⟶ 25:
 
Davlat boshligʻi — prezident (2000 y.dan Moshe Katsav), u knesset (bir palatali parlament) tomonidan 7 y. muddatga saylanadi, 2-muddatga qayta saylanish huquqiga ega emas. Qonun chiqaruvchi hokimiyat — knesset, uning 120 deputati umumiy toʻgʻri yashirin ovoz berish yoʻli b-n 4 y. muddatga saylanadi. Ijroiya hokimiyatni hukumat amalga oshiradi, hukumat knesset tomonidan tasdiqlanadi.
 
 
== Tabiati ==
I.ning dengiz boʻyi qismi kambar pasttekislik, sharqiy qismi bal. 500—1000500–1000 m li plato boʻlib, uning sharqiy chekkasi tor, chuqur Hor boti-gʻiga tik tushgan. Xula va Tiveriad koʻllari, Ulik dengiz, jan.da Negev choʻli bor. Fosforit, toshtuz, marmar, mis, temir rudasi, neft, gaz konlari topilgan.
 
Iqlimi subtropik, jan.da va soyliklarda chala choʻl va choʻl iqlimi. Yozi issiq (24—36°), qishi iliq (6—18°). Yillik yogʻin 100—800 100–800&nbsp;mm. Shim.shar-qidan Iordan daryosining yuqori qismi oʻtadi. Daryo suvidan sugʻorishda foydalaniladi. Tuprogʻi qoʻngʻir, togʻ boʻz-qoʻngʻir, boʻz, jan.dagi choʻllarda boʻz-qoʻngʻir. Togʻlarda makvis, gariga, doim yashil eman, qaragʻay va b. usadi. Sirtlon, chiyaboʻri, daman, kemiruvchi va sudralib yuruvchilar koʻp. Qushlarning choʻl va dashtga xos turlari uchraydi.
 
Aholisining 82%i yahudiylar, 16%i arablar, qolgan qismi armanlar, druzlar. I. yaxudiylarining yarmidan koʻprogʻi boshqa mamlakatlardan kelgan muhojirlardir. Rasmiy til — ivrit va arab tillari. Koʻpchilik aholi yahudiylik, qolganlari musulmon va xristian dinida. Aholining 90%i shahar va shaharchalarda yashaydi. Yirik shaharlari: Tel-Aviv, Xayfo, Quddus (gʻarbiy qismi), Ramat-Gan.
 
 
== Tarixi ==
I. davlati BMT Bosh Assam-bleyasining 1947 y. 29 noyabr qarori asosida tashkil topgan (1948 y. 14 may). Qarorga koʻra, Buyuk Britaniya mandatidagi Falastin mustaqil deb eʼlon qilindi; uning hududi arab va yahudiy mustaqil davlatlariga boʻlindi, har ikki davlat demokratik konstitutsiyaga ega boʻlishi lozim edi. Yahudiy davlatining hududi 14,1 ming km2km{{sup|2}}, aholisi 498 ming yahudiy va 497 ming arab (shundan 90 mingi badaviy) deb belgilandi. Quddus BMT boshqaruvidagi mustaqil maʼmuriy birlik deb ajratildi. Arab-Isroil urushi (1948—49) davrida I. Falastin arab davlati uchun1 Falastin qudu-di (Iordan daryo-sining Gʻarbiy so hili va Gʻazza ajratilgan hududning 4/5 qismini, Quddusning gʻarbiy qismini bosib oldi va Quddusni I. poytaxti deb eʼlon qildi. I. bosib olgan hududdan taxm.taxminan 1 mln. arab quvgʻin qilindi.
 
1956 y. I. Buyuk Britaniya va Fransiyaning Misrga, 1958 y. AQSH b-n Buyuk Britaniyaning Livan va Iorda-niyaga qarshi agressiyalarida qatnashdi. I. Iordan daryosi suvining bir kismini oʻz tomoniga burib yubordi (1964 y. iyun). 1967 y. 2 iyunda tuzilgan hukumat "Buyuk I." davlatini barpo etish rejasini amalga oshirishga kirishdi. 1967 y. 5 iyunda I. arab davlatlariga qarshi yana agressiya boshladi. BMT Xav-fsizlik Kengashi oʻzining 1967 y. 5—9 iyundagi majlisida I.dan harbiy harakatlarni darhol toʻxtatishni talab qildi, ammo I. agressiyani davom ettira-verdi. Taraqqiyparvar kuchlarning ta-labi va Xavfsizlik Kengashining qaroriga muvofiq (1967 y. 10 iyulda) I. oʻq otishni toʻxtashishga majbur boʻldi, ammo bosib olgan arab xududlaridan oʻz armiyasini olib ketishdan bosh tortdi. 1967 y. 22 noyabrda Xavfsizlik Kengashi Yaqin Sharqdagi tan-glikni siyosiy yoʻl b-n bartaraf etish toʻgʻrisida qaror qabul qildi. Ammo I. bu qarorni mensimadi. Bosib olingan hududlarda harbiylashtirilgan yahudiy qishlokdari qurildi. 1973 y. kuzidagi arab-isroil urushida I. armiyasi va texnikasi katta talafot koʻrish evaziga koʻpgina yerlarni bosib oldi. 1974 va 1975 y.larda I. Misr b-n, 1974 y.da Suriya b-n tuzgan bitimlarga binoan qoʻshinlar bir-biridan yiroqlashtirildi, ular oʻrtasida bufer mintaqa hosil qilindi, bu yerga BMT qoʻshinlari joylashtirildi. 1979 y.gi I. -Misr sulh shartnomasiga muvofiq, I. oʻz qoʻshinlarini Sinay ya. o.dan olib ketdi va 1982 y.da yarim orolni Misrga kaytarib berdi. 1993 y.da I. b-n Falastin Ozodlik tashkiloti bir-birlarini tan olish hamda Gʻazza mintaqasi va Iyerixon sh. atrofida Muvaqqat Falastin muxtoriyati toʻgʻrisida bitim tuzdilar. 1998 y. oktyabrdagi I. — Falastin shartnomasida I. arablardan bosib olgan yerlarining bir qismini kaytarib berishi koʻzda tutilgan. Ammo I. - Falastin mojarosini bartaraf etish mushkul masalaligicha qolayotir.
Qator 45 ⟶ 41:
 
Asosiy siyosiy partiyalari, kasaba uyushmalari. "Avoda" ("Mehnat") sotsialistik partiyasi, 1968 y.da tuzilgan; "Likud" ("Ittifoq") partiyasi, 1973 y.da tashkil etilgan; SHAS diniy partiyasi, 1984 y.da tuzilgan; "Mafdal" milliy-diniy partiyasi, 1956 y.da tashkil etilgan; Arab demokratik partiyasi, 1988 y.da tuzilgan; "Isra-el ba-Aliya" ("Isroil yuksalishda") partiyasi, 1996 y.da asos solingan. I. umumiy mehnat federatsiyasi kasaba uyushmasi 1920 y.da tashkil etilgan.
 
 
== Xoʻjaligi ==
I. — rivojlangan indust-rial-agrar mamlakat. Yalpi ichki mahsulotda sanoatning ulushi 21%, q. x. ulushi 3%ni tashkil etadi.
 
 
== Sanoati ==
I. iqtisodiyotidaharbiy sanoat asosiy oʻrinni egallaydi, u tash-qi moliyaviy manbalarga, ayniqsa AQSH va Yevropa Ittifoqi yordamiga juda karam. I. sanoati ilmfan yutuqlariga asoslangan tarmoklar — tibbiy elektronika, aloqa vositalari, kompyuterlar i.ch.ga ixtisoslashgan. Metall ishlash, mashinasozlik (jumladan, samolyotsozlik, kemasozlik, ay-niqsa ularning harbiy turlari), elektrotexnika, elektronika, kimyo sanoati, olmosni qayta ishlash ham rivojlangan. Yengil sanoatning toʻqimachilik, tikuvchilik, koʻnchilik kabi tarmoklari mavjud. Oziq-ovqat, yogʻochsozlik, ne-ftni qayta ishlash, binokorlik mate-riallari sanoati rivoj topgan. Bir oz mikdorda kaliy va toshtuz, mis va temir rudalar, neft qazib olinadi. Energetika, asosan, chetdan keltirilgan xom ashyo negiziga qurilgan. Asosiy sanoat markazlari — Tel-Aviv, Xayfo.
 
 
== Qishloq xoʻjaligi ==
Ekinzorlarning aksar qismi davlatga va Yahudiy milliy jamgʻarmasiga qarashli boʻlib, bu yerlar kibutsa, moshava deb atalgan q. x. shirkatlariga ijaraga beriladi. Yer maydonlarining 20% dan koʻprogʻi ishlanadi, uning 40% dan or-tigʻi sugʻoriladi. Q. x.ning asosiy tar-mogʻi — dehqonchilik. Eksport uchun, asosan, sitrus mevalar yetishtiriladi (yiliga 1,5 mln. tonna), bular boshqa mevalar b-n birga q. x. mahsuloti asosiy qiymatining 30% ni tashkil etadi. Ichki ehtiyoj uchun bugʻdoy, kartoshka, sabzavot, texnika ekinlaridan paxta, qand lavlagi, zaytun va b. ekiladi. Bogʻdorchilik, tokchilik, gulchilik b-n ham shugʻullaniladi. Chorvachiligida qoramol, qoʻy va echki, shuningdek, parranda boqiladi. Baliqchilik qam rivojlangan. Q.x. mamlakat ehti-yojlarini qondirmaydi.
 
 
== Transporti ==
Asosan, avtomobil transporti rivojlangan, avtomobil yoʻllarining uz. — 13 mingkm. T. y. uzunligi — 890 &nbsp;km. Dengiz savdo floti muhim oʻrin tutadi. Dengiz portlari: Xay-fo, Ashdod, Eylat. Tel-Aviv yaqinida xalqaro aeroport bor. Bir necha neft quvurlari boʻlib, ular orqali Qizil dengiz sohilidan Oʻrta dengiz portlariga neft oqiziladi.
 
I. chetga q. x. va mashinasozlik mahsulotlari, tarashlangan olmos, maʼdanli oʻgʻit, kimyoviy moddalar, qurolyarogʻ chiqaradi. Chetdan mashina va asbobus-kuna, tarashlanmagan olmos, neft, kimyoviy mahsulotlar, transport vositalari oladi. Savdo-sotiqdagi asosiy mijozlari: AQSH, Buyuk Britaniya, Germaniya. Pul birligi — shekel.
 
 
== Tibbiy xizmati ==
Aholi sogʻligʻini saqlash yuqori darajada. Davlat tibbiyot muassasalari b-n birga xususiy shifoxonalar ham bor. Vrachlar uch oliy oʻquv yurtining tibbiyot f-tlarida tay-yorlanadi.
 
 
== Maorifi, ilmiy va madaniy-maʼrifiy muassasalari ==
Qator 75 ⟶ 65:
 
Adabiyoti qad. Sharq adabiyotida qad. yahudiy adabiyoti alohida oʻrin tutadi. U butun Yevropa va Sharq madaniyati taraqqiyotiga katta taʼsir koʻrsatgan. Qad. yaxudiy adabiyoti deganda, birinchi navbatda, Bibliya tushuniladi. Yahudiy adabiyoti keyingi asrlarda, asosan, ivrit tilida rivojlangan. Ayrim yozuvchilar (Y. Agnon, A. Shlyon-skiy, L. Goldberg , X. Byalik va b.) I. tashkil topishidan ancha avval Falas-tinga koʻchib kelgan va 1948 y.dan key-in ham ijodini davom ettirgan. Ay-niqsa, Nobel mukofoti laureati (1966) Yosef Agnon hikoyalari haqqoniyligi va chuqur psixologizmi b-n eʼtiborni tortadi. 50-y.larda Falastinda oʻsib voyaga yetgan adiblar guruhi — Ye. Map, Ye. Amixay, T. Rivner, S. Izhar va b. adabiyotga kirib keldi. Ular oʻz asarlarida ijtimoiy muam-molarni oʻrtaga qoʻydilar. 60-y.larda Gʻarbiy Yevropa modernizmi va ekzistensializm falsafasi taʼsiri kuchaydi. Ilgor yozuvchilardan M. Avi-Shaul, A. Pen, X. Kadmon, A. Kenan, D. Ben-Amots, E. BenEzer va b. yahudiy-arab munosabatlari muammolarini, rasmiy ekstremistik siyosatdan norozilik kayfiyatlarini aks ettirdilar. Ivrit tilida ijod qiluvchi koʻpgina yozuvchilar idish tilida ham asarlar yarata boshladi. I. Zrubavel, M. Man, I. Pa-pernikov, P. Binetskiy va b. idish tilidagi adabiyot namoyandalaridir. Arab tilida kalam tebratuvchi shoirlar — Tavfiq Ziyod, Xanna Abu Xon, Solih al-Qosim, hikoyanavislar — Emil Habibiy, Muhammad Ali Taxiy va b. mamlakatdagi arab aholisi kamsitilishiga qarshi norozilikni asosiy mav-zu qilib olganlar.
 
 
== Meʼmorligi va tasviriy sanʼati ==
Qator 83 ⟶ 72:
 
Musiqasi falastinlik yahudiylar va arablarning madaniyati (xalq qoʻshiqlari, raqslar, musiqa joʻrligidagi marosim va urf-odatlar), shuningdek koʻchib kelgan yahudiylarning anʼanalari asosida rivojlangan. 1948 y.dan keyin musiqa muassasalari tashkil etildi. I. filarmoniyasi, milliy opera va "Inbal" musiqali teatri, Xolon konservatoriyasi, Tel-Aviv yaxudiy konservatoriyasi, Quddus musiqa akademiyasi bor. 1950 y.lardan kompo-zitorlik maktabi rivojlana boshladi (M. Lavri, E. Partosh, P. Benxaim, M. Avid va b.).
 
 
== Teatri ==
1926 y.da birinchi professional teatr — "Ogel" ("Chodir") teatri tashkil etildi. Dastlab uning repertuarida diniy aqidalar asosidagi pyesalar bor edi. Keyin xorijiy mualliflarning dunyoviy asarlari sahnalashtirildi. Teatr rahbari M. Galevi A. Makarenko asarlari asosidagi "Pedagogik poema", Kishonning "Nikoh shartnomasi" pyesalarini koʻrsatish orqali tomoshabinlar eʼtiborini qozondi. "Matete" ("Supurgi") deb atalgan hajviy teatr 1928 y.da bolgar rej. I. Daniel tomonidan tashkil etildi. Dramaturglardan E. Harusi, A. Penn, Alterman teatr uchun dolzarb mavzularda pyesalar yozib berishdi. 1949* y.da bu teatr moliyaviy qiyinchiliklar sababli yopilib qoldi. 50-y.larda "Batsal yarok" ("Koʻk piyoz") va "Hamem" ("Ili-miliq") satirik teatrlari yuzaga keldi. I.ning yetakchi teatri "Gabi-ma" ("Saxna") 1928 y.dan beri Falas-tinda ishlab kelayotir. Uning sahnasida Shekspir, Shiller, Gyote pyesalari koʻrsatildi. 20-a.ning 2-yarmida bu teatrda X. Rovina, A. Meskin, Sh. Finkel, M. Zohar, Sh. Rudenskiy, A. Tal, I. Beker, M. Asherov kabi sahna ustalari shuhrat qozondi. Tel-Avivda Milliy teatr (1958 y.da asos solingan) va Kamer teatri (1944), Xayfoda Shahar teatri (1963), Tel-Aviv untida musiqa f-ti, 20 dan ziyod musiqa maktabi mavjud.
 
 
== Kinosi ==
I.da kino i.ch. 1950 y.da boshlandi. Shu yili rej. A. Amar "Sulh" badiiy filmini yaratdi. 1954 y.da milliy kinematografiyani ragbatlantirish haqida qonun qabul qilinib, kinoteatrlarda albatta I. filmlarini koʻrsatish joriy etildi. "Yodingda tut" (rej. F. Artvis) badiiy filmi va "Salax Shabati" hajviy komediyasi (ikkalasi 1964 y.da yaratilgan) ayniqsa diqqatga sazovor. Keyingi yillarda musiqiy filmlar, komediyalar, josuslik va "jangari" filmlar yaratildi. Savdo va sanoat vazirligi xuzurida kino markazi tashkil etilgan. Tel-Avivda ikkita, Quddusda bitta kinostudiya bor.
 
 
== Oʻzbekiston — Isroil munosabatlari ==
{{main|Oʻzbekiston — Isroil munosabatlari}}
 
 
[[BMT]] qaroriga koʻra [[ikkinchi jahon urushi]]dan keyin tuzilgan [[Yaqin Sharq]]dagi davlat. Poytaxti [[Quddus]] shahri. Aholisi asosan [[yahudiy millati]]ga mansub insonlar. Aholisining beshdan bir qismini arablar tashkil etadi.
 
{{stub}}
{{Osiyo mamlakatlari}}
 
== Manbalar ==
{{manbalar}}
 
[[Turkum:Geografiya]]
Qator 106 ⟶ 93:
[[Turkum:Davlatlar]]
 
 
== Manbalar ==
{{manbalarstub}}