Hindiston: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
→‎Davlat tuzumi: davlat tizimi
Teglar: Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
k imlo, replaced: Taxm. → taxminan (2) using AWB
Qator 97:
 
== Adabiyoti ==
Hind adabiyotining 3 ming yildan koʻproq anʼanasi vedalar — sanskrit tilidagi diniy gimnlardan boshlanadi. Mil. av. 10—4-a.larda xalq ogʻzaki ijodida yirik epik dos-tonlar — "Mahabharata" va "Ramaya-na" shakllandi. Qad. hind adabiyoti yodgorliklari — puranlar muqaddas matnlari bu dostonlar matnlariga yaqin. Qad. hind ertaklari toʻplamlaridan "Panchatantra", "Xitopadesha", "Vetalapanchavinshati", "Shuksaptati" mashhur. Mualliflik adabiyoti mil. 1-a. boshlarida paydo boʻldi. Sanskritadabiyotining buyuk shoiri va dramaturgi Kalidasatr. Bxasa (3—4-a.) va Shudraka (5—6-a.) ham mashhur dramaturg boʻlishgan. Sanskrit adabiyotida Bxo-vabxugi (8-a.) ham sezilarli iz qoldirdi. Dandin (7-a.)ning "Oʻn shahzoda sar-guzashti" romani sanskrit badiiy nasrining choʻqqisi hisoblanadi. Mil.ning dastlabki asrlaridan dravid tillari (q. [[Dravidlar]])da, jumladan, tamil tshshtgi adabiyot (q. [[Tamil adabiyoti]]) rivojlandi. Taxm.taxminan 7-a.dan oʻrta asrlar adabiyotining tarixi boshlanadi. Sanskrit va tamil tilidagi adabiyot bilan bir qatorda boshqa tillarda ham adabiyot vujudga keldi. Yangi hind adabiyoti dravid va yangi hind-oriya tillarida 1-ming yillik oxiridan rivojlana boshladi. Keyinroq esa kashmir va sindh adabiyoti, shuningdek pushtu tilidagi adabiyot shakllana boshladi. Musulmon davlatlarining paydo boʻlishi va islom dinining keng tarqalishi natijasida H.ning fors tilidagi adabiyoti yuzaga keldi (Xusrav Dehlaviy, Mirzo Bedil va b.). Shoirlardan Vali (17— 18-a.), Mir Toqiy, Mirzo Gʻolib va b. urdu sheʼriyatining eng yaxshi namunalarini yaratdilar. 19-a.ning 2-yarmida milliy ozodlik hara-katining rivojlanishi natijasida adabiyotda \ind maʼrifatparvarlik davri boshlandi. Bu davr adabiyotida Dinobondxu Mittro, Premchand Mit-tro, Bonkimchondro Choddopaddqay va Bengaliyaning boshqa yozuvchilari samarali ijod qildilar. Ayni vaqtda ingliz tilida ijod qilgan dastlabki shoirlar (G.L.V.Derozio, K.G\osh, T.Datt)ning sheʼrlarida ingliz romantizmining taʼsiri seziladi. 20-a.ning 20-y.larida mustaqillik uchun kurash \ind adabiyotining markaziy mavzusi boʻlib qoldi. Bu davrning buyuk yozuvchisi bengaliyalik R. Tagor boʻldi. Fors va urdu tillarida ijod qilgai shoir M.Iqbol oʻz asarlarida yuksak badiiylikka erishdi. 1930-y.larning oʻrtalarida taraqqiypar-nar yozuvchilarning \arakati vujudga keldi. 20-a.ning 30-y.larida H.da ingliz tilidagi nasr paydo boʻldi (M.R.Anand, N.K.Narayan, X.Chattopa-dxaya va b.). 1936 y. Iremchand, M. R. Anand va Sajjod Zohirlar tashabbusi bilan Hindistop taraqqiyparvar yozuvchilar assoniatsiyasi tuzildi. Gan-dizm adabiyotga chuqur taʼsir koʻrsatdi. Inqilobiy romaitik oqim shakllana boshladi (Joʻsh Malihobodiy). Sheʼriyat shakllari yangilandi, nasr tez rivojlana boshladi. Ayni vaqtda deka-dentlik oqimlari \am paydo boʻldi (I.Joʻshi, M.Varma). H.ning mustaqillikka erishishi (1947) ilgʻor adabiyo-tning rivojlanishiga yordam berdi. Mustamlakachilik qoldiqlarini yoʻqo-tish uchun kurash va iqtisodiyotning yuksalishi ilgari qoloq boʻlgan bir qator adabiyotlarning rivojlanishiga qamda yangi adabiyotlarning shakllanishiga imkoniyat tugʻdirdi. H.ning milliy tillaridagi adabiyotlar bilan bir qatorda ingliz tilidagi adabiyot \am rivojlangan. 1940—60 y.larda H.da \ind progressiv adabiyot namo-yandalari A.S.Jafri, S.K.Chouxan, Xoʻja Ahmad Abbos, Yashpal, A.N. Kas-mi, A.Nagar va b. oʻz asarlarida mamlakatdagi ijtimoiyiqtisodiy muam-molarni koʻtarib chiqib, jamiyatdagi eng lolzarb masalalarni \al etishga daʼvat etdilar. Milliy adabiyot vakillaridan B.Bxattachoriya, M.R.Anand, M.Bondopaddxay, T.Bondopaddxay, G.Singx, R.V. Desai, R.Krishnamur-ti, R.A.Maxadevan, Vshʼchatxol va b. oʻz asarlarida mamlakatda iqtisodiy istiqlolga erishish, qashshoqlikni bar-taraf etish, savodsizlikni tugatish, xalqning maʼnaviy darajasini oshirish kabi muammolarni koʻtarib chiq-dilar. Progressiv yozuvchilar Sh.Chou-xan, X.Dvidedining gʻoyaviy estetik qarashlari mamlakatdagi ijtimoiy-siyosiy \odisa va jarayonlar bilan cham-barchas bogʻlangan. Yozuvchi I.Joʻshi \ind adabiyotida "psixologik adabiyot" vakili sifatida namoyon boʻldi. Yozuvchi va dramaturg V.Prabxakara oʻz asarlarida mustaqil H.ning ijtimoiy muammolarini \aqqoniy tarzda tasvirladi. 1980—90-y.larda M.Rakesh, Kamleshvar, B. Saxni, J.Kumar, Dug-gal, A.Pritam, K.Azmi, Saksena, Vimal va b. adiblar samarali ijod qildilar (yana q. [[Xsh"]]) adabiyoti).
 
== Meʼmorligi ==
Qator 107:
H. janubida tosh davriga oid gʻorlardagi rasmlar, qiz-dirilgan loydan tayyorlangan buyumlar, zargarlik bezaklari saqlangan. Mohenjodaro, Xarappa va Hind daryosi havzasining markazlarida mil. av. 3—2-ming yillikda ilk sinfiy jamiyat sanʼati rivojlandi (hayvon va mifologik obrazlar tasvirlangan boʻrtma muhrtumorlar, haykalcha va b.). Mil. av. 4—2a.larda toshdan yodgorliklar tayyorlandi (Didarganjadan topilgan maʼbudalar haykali, Sarnatxadan topilgan "Sherali kaptel"). Mil. 1— 5-a.larda [[Kushon podsholigi]] davrida Gandxara badiiy maktabiga mansub buddaviy haykallar yasash rivojlandi. 5—7-a.larda devoriy rassomlik gul-lab yashnadi (Ajantadat gʻor ibodatxonalar). 10— 12-a.larda bronza haykal-taroshligi keng tarqaldi [raqs tushayo-tgan Shiva (Natarajan) haykalchasi]. 13-a.dan Dehli sultonligi va keyinchalik Boburiylar davlati davrida amaliy bezak sanʼati va kitob mini-atyurasi taraqqiy etdi. Oʻrta asrlarda H.da miniatyura sanʼati rivojlandi. Dastlabki hind miniatyura maktablaridan gujarot maktabi mashhur boʻlgan. 16-a.da miniatyura sanʼatining boburiylar maktabi vujudga keldi. Bu maktab vakillari tasvirning haqqoniy boʻlishiga intildi; tarixiy risolalarga bezaklar yaratish, portret va ani-malistik janrlar keng tarqaldi. mustamlakachilik davrida H. professional sanʼati deyarli rivojlanmadi, xalq hunarmandchiligi (gilam toʻqish, kash-tachilik, toʻqish, fil suyagi va yogʻoch oʻymakorligi, qadama naqsh, tanga zarb qilish va b.) taraqqiy etdi. 19-a. oxi-ridan zamonaviy rassomlik vujudga keldi (R.R.Varma). 20-a. boshlarida, "Bengaliya uygʻonish davri"da koʻp ras-somlar milliy anʼanalarni saqlab qoldilar (rangtasvirchilar A.Tagor, N.Bos, S.Ukil; haykaltarosh V.P.Kar-markar va b.). H. tasviriy sanʼatida turli oqim va maktablar, jumladan modernistik oqim rivojlangan. Ras-somlar D.P.R.Choudxuri, B.N.Jija, S.N.Banerji, haykaltaroshlar K.Sen, Ch.Kar, P.D.Gupta, grafiklar X.Das va b. milliy sanʼat anʼanalarida asarlar yaratdilar. H.da amaliy bezak sanʼati ham rivojlangan.
 
Musiqasi 4 ming yillik tarixga ega boʻlib, dunyoda eng qad. va oʻziga xos shakllardan tashkil topgan. Uning ildizlari xalq bayram va diniy marosimlari, Xarappa madaniyati (ayniqsa, Mohenjodaro taraqqiyot davri) bilan bevosita bogʻliq. H.ning qad. yozma yodgorliklari ("Vedalar" — "Rigveda", "Samaveda", "Atharvaveda" va "Yajur-veda"; mil. av. 2—1 ming yilliklari)da diniy madhiyalar oʻz aksini topgan. Musiqashunoslar H.da mumtoz musi-qaning yuzaga kelishini bevosita "Sa-maveda" bilan bogʻlashadi. Uning falsafiy-estetik va nazariy mezonlari Bharataning sanskrit tilida yozilgan "Natyashastra" risolasida asoslab berilgan (taxm.taxminan mil. 3—4-a.lar), Matanganing "Brihadeshi" risolasida (5— 7-a.lar) hind mumtoz musiqasi haqida batafsil maʼlumotlar berilgan. sharangadevaning "Sangitaratnakar" 7 jildli toʻplamida (13-a.) hind ragalari, ularning parda va ritmik tuzilishi, milliy musiqa sozlari va b. masalalar yoritilgan. Ramamatyaning "Svaramelakalanidhi" (16-a.) hamda hind olimlarining boshqa risolalarida musiqiy tovushlar (thath) tizimi koinot quvvati sifatida yuzaga kelgan tovush (nada)lar hamda olam taraqqiyoti mahsuli boʻlmish usullar birlashuvi maʼnosida talqin etiladi. Kosmologik tasavvurlar asosida Kuyesh tizimining 7 ta sayyorasiga nisbat berilgan 7 ta asosiy parda, ular negizida 22 yarim tondan kam boʻlgan interval (shrutilar) tizimi yuzaga kelgan.
 
13-a.dan boshlab Shim. H. musiqa madaniyati Markaziy va Urta Osiyo xalqlarining badiiy anʼanalari, musulmon sanʼati taʼsirida rivojlanib borgan. Buning natijasida hind mumtoz musiqasida 2 asosiy uslub qaror topdi: shim. ("hindustani") va jan. ("karnatak"). Jan. H. musiqa uslubi (karnatak) asosan anʼanaviy xonan-dalik sanʼati bilan ajralib turadi, unda ragalar negizida diniy qoʻshiqchilik janrlari — kirtan, pada (bastakorlar Purandaradasa, 15—16-a.lar; Kshetrayn, 17-a.), kriti (mumtoz ashulaning asosiy turi; Shyam Shastri, Muttusvami Dikshitar, Tyagaraja ijodida ravnaq topgan, 18—19-a.lar), yengil mumtoz musiqa janrlari — tillana (18-a.), javalli (19-a.) va b. keng oʻrin olgan.