Janubiy Afrika Respublikasi: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Qatorga koʻchirish toʻgʻrilandi
k imlo, replaced: taxm. → taxminan (2) using AWB
Qator 12:
Yirik hayvonlari kam qolgan. Koyuger, Kalahari-Gemsbok milliy bogʻlari va qoʻriqxonalar bor.
 
Aholisining 3/4 qismi afrikalik bantu xalqlari (shu jumladan 38,5% zulular, 27,5% sotolar, 11,6% kosalar, 6,6% shangaantsonga va tsvanalar). Yevropaliklar 5,1 mln. (shundan golland, fransuz, nemis kelgindilarining avlodlari boʻlmish afrikanerburlartaxm.afrikanerburlartaxminan 57,5%), hindilar 1 mln.ga yaqin, qora tanlilar 3,4 mln. Rasmiy tillari — afrikaans (bur), ingliz, isindebele, sesoto sa leboa, sesoto, savati, xitsonga, setsvana, tshivenda, isikosa va isizulu tillari. Dinlari: xristianlik (aholining 77%), anʼ-anaviy dinlar (18%), hindulik, musulmonlik, yahudiylik (3,2%) va b. Axolining 60% shaharlarda yashaydi. Yirik shaharlari: Yoxannesburg , Keyptaun (Kapstad), Durban, Pretoriya va b.
 
Tarixi. JAR aholisining qad. va oʻrta asrlarga oid tarixi kam oʻrganilgan. JARning qad. aholisi gottentot (koykoin)lar, bushmen (san)lar va keyinchalik bu yerga kelib oʻrnashgan bantu xalqlaridir. Arxeologik qazishlar (topilgan oltin va b. buyumlar)dan maʼlum boʻlishicha, Transvaal hududi (mil. 1-ming yillik)da madaniyat yuqori boʻlgan, temir, mis va b. metallar eritilgan.
Qator 38:
Sanoati . JAR oltin (yiliga oʻrtacha 530 t dan koʻproq), platina metallari guruxi (100 t ga yaqin), vanadiy, xrom va marganets rudalari, surma, olmos qazib olishda dunyoda oldingi oʻrinlarda, koʻmir qazib chiqarishda 5-oʻrin, uran qazib chiqarishda 7-oʻrinda turadi. Temir rudasi, mis, asbest va b. ham qazib olinadi. Yiliga oʻrtacha 170 mlrd. kVt-soat elektr energiyasi ishlab chiqariladi. Qora metallurgiya, mashinasozlik, kimyo, neftni qayta ishlash, sement, toʻqimachilik, oziq-ovqat sanoati rivojlangan.
 
Qishloq xoʻjaligi mahsulotining deyarli hammasi oq tanlilarga qarashli fermer xoʻjaliklari hissasiga toʻgʻri keladi. Asosiy ekinlari: makkajoʻxori (7,7 mln. tonna, 1999), shakarqamish (21 mln. tonna), bugʻdoy (1,5 mln. tonna), kartoshka, tamaki, sitrus va b. mevalar. Mamlakat hududining taxm.taxminan 80% (98 mln. gektar)dan q. x. maqsadlari uchun foydalaniladi. Qariyb 1,4 mln. gektar yer sugʻoriladi. Ekinlarni sugʻorish uchun Vaal, Ulifants, Krokodayl, GreytFish va b. daryolardan suv olinadi. Chorvachilikda qoramol, qoʻy, echki, choʻchqa boqiladi. Qoʻy juni yetishtirishda mamlakat faqat Avstraliya, Yangi Zelandiya, Argentinadan keyingi oʻrinda turadi. Sut chorvachiligi asosan yirik shaharlar atrofida.
 
Transporti. T.y.larning uz. — 33,8 ming km, shundan 5 ming km ga yaqini elektrlashtirilgan. Qattiqqoplamali avtomobil yoʻllarining uz. — 56,4 ming km. Neft va neft mahsulotlari portlardan asosiy sanoat markazlariga quvurlar orqali oqiziladi. Dengiz floti rivojlangan. Eng muhim portlari: Durban, Keyptaun, Port-Elizabet, IstLondon. 3 ta xalqaro aeroport bor.