Leonardo da Vinci: Versiyalar orasidagi farq

k
imlo, replaced: taxm. → taxminan (5) using AWB
(Removing Link GA template as it is now available in wikidata)
k (imlo, replaced: taxm. → taxminan (5) using AWB)
| famous works = ''[[Mona Lisa]]'', ''[[Soʻnggi Tanovul (Leonardo)|Soʻnggi Tanovul]]'', ''[[Vitruvian Odami]]''
| awards =
}}'''Leonardo di ser Piero da Vinci''' (''Leonardo di ser Pyero da Vinchi'', [[1452|1452-yil]] [[15-aprel]], [[Vinchi shahri|Vinchi]] shaharchasi yonidagi Ankiano qishlog'i, [[Florensiya]] yaqinida — [[1519|1519-yil]] [[2-may]], [[Amboise|Ambuaz]] yaqinidagi Klo-Luse qasri, [[Turen]], [[Fransiya]]) — buyuk [[Italiya|italyan]] [[musavvir]]i va [[olim]]i, italyan [[Renessans]]i ideali - "mukammal inson" (homo universale) namunasi.
 
'''Leonardo da vinchi''' (Leonardo da Vinci, 1452.15.4, Vinchi, Florensiya yaqinida — 1519.2.5, Turen, Fransiya) — italiyalik rassom, haykalta-rosh va olim; Uygʻonish davrining yirik namoyandasi. A. Verrokkodan taʼlim olgan (1467— 72). L. da V. oʻz davrining insonparvarlik gʻoyalariga javob beradigan mukammal inson qiyofasini yaratdi; ilk asarlaridayoq mayin nur-soya vositasida shaklning oquvchan hajmini koʻrsatdi. Asarlarida diniy mazmunni xilma-xil insoniy hissiyotlar koʻzgusiga aylantiradi. Hisobsiz kuzatishlari natijalarini turli usullarda bajarilgan chizgilarida muhrlagan. Ayniqsa, yuz ifodasini berishda katta mahoratga erishdi. Baʼzan tashki koʻrinish (yuzdagi zoʻrgʻa ilgʻab olinadigan tabassum) bilan odamlar chehrasini jonlantirib, ularning ichki dunyosi (nozik koʻngil holati)ni ifodalaydi: "Madonna Benua" (taxm.taxminan 1478), "Qoyadagi madonna" (1483—94, 2-nusxasi 1497—1511), "Maxfiy kechalar" devoriy rasmi (1495—97), "Angyari jangi" (1503—06), "Mona Liza" ("Jokonda" nomi bilan mashhur, taxm.taxminan 1503), "Ioann Krestitel" (taxm.taxminan 1513—17); dunyo halokati ifodalangan "Toshqin" rasmlar turkumi (taxm.taxminan 1514— 16)da tabiatning dahshatli ofatlari oldida insonning ojizligi, tabiiy jarayenlarning takrorlanishini akliy tasavvuri bilan uygunlashtiradi.
 
L. da V. dunyoqarashini oʻrganishda uning yon daftari va qoʻlyozmalari (taxm.taxminan 7 ming varaq), shogirdlaridan F. Melsi tomonidan uning yozmalari asosida tuzilgan "Rangtasvir haqida risola"si Yevropa amaliyoti va nazariyasiga taʼsir koʻrsatgan muhim manbadir.
 
Meʼmor sifatida L. da V. "ideal" shahar va gumbazli ibodatxonaning turli xil loyihalarini ishlab chiqdi. Olim va muhandis sifatida oʻz davri fanining barcha sohalarini boyitdi, ayniqsa, eʼtiborni mexanikaga qaratdi. Yaratishga boʻlgan ehtiros uni oʻz davridan ilgarilab ketishiga olib keldi: yer kavlaydigan mashina, uchish apparatlari, suv osti kemasi, bosma, toʻquvchilik va b. dastgohlar loyihalari shular jumlasidan.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
{{manbalar}}
 
{{bio-stub}}
{{OʻzME}}
 
 
{{bio-stub}}
197 605

ta tahrir