Buddizm: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Shrikarsan (munozara | hissa)
Removing Link FA template as it is now available in wikidata
k imlo, replaced: taxm. → taxminan (2) using AWB
Qator 2:

'''Buddizm''' (Budda nomidan olingan), Buddaviylik — jahonda keng tarqalgan dinlardan biri (xristianlik va islom dini bilan birga). Unga eʼtiqod qiluvchilar taxm.taxminan 500 mln.dan ortiq. Mil. av. 6—5-a.larda Hindistonda paydo boʻlgan. Markaziy Osiyo, Jan.

Sharqiy Osiyo mamlakatlarida va Uzok. Sharqda tarqalgan. Hoz. kunda B. Shri Lanka, Myanma (Birma), Tailand, Laos, Kamboja, Vyetnam, Tibet, Butan va Yaponiya kabi davlatlarning asosiy dinidir. B. muayyan tarixiy davrlarda Xitoy, Hindiston, Koreya va Indoneziyada, deyarli butun Osiyo xalqlari, yaʼni jahonning salkam 2/3 kismi aholisi maʼnaviy qadriyatlariga juda katta taʼsir koʻrsatgan. Rivoyatlarga koʻra, B.ga Siddhartha Gautama (Budda) asos solgan. B.da 2 asosiy yoʻnalish mavjud: xinayana va maxayana. Keyingisi juda koʻp sekta va mazhablarga boʻlinadi.
Qator 10:
B. tarixi 2500 y.dan ortiqdavrni oʻz ichiga oladi. Unga dastlab braxmanizm va jaynizmniit taʼsiri kuchli boʻlgan. Imperator Ashoka (mil. av. 3-a.) davrida B. kuchli mustaqil din sifatida shakllandi. 9 a. muvaffaqiyatli faoliyat koʻrsatgan B. Hindistonda inqirozga yuz tuta boshladi va pirovardida bu yerda uning oʻrnini xinduizm toʻliq egalladi. Ammo B. Shri Lanka, Jan.Sharkiy Osiyo va Markaziy Osiyo orkali Xitoy, Koreya, Yaponiya va Tibetga yoyilib ulgurgan edi. Shri Lanka va Jan.Sharqiy Osiyoning materik qismida B. txeravadasi (qad. anʼanalarga sodiqlik), Xitoy, Koreya, Yaponiya va Tibetda esa maxayana (yangicha yondashuvlar) tarkaldi. 15-a.da Osiyo qitʼasida paydo boʻlgan yevropaliklar B. bilan tanishdilar. Ularning baʼzilari B.ga kirgach, Angliya, Germaniya, AQShda oʻz jamoalarini tashkil etdilar. Xitoylik va yaponiyalik muhojirlar bu eʼtiqodni Gavay orollari va AQShning gʻarbiy sohillariga olib keldilar. Hoz. paytda AQShga koʻplab yapon va tibet rohiblari hamda olimlarining kirib kelishi natijasida mamlakat boʻylab yirik B. jamoalari tashkil topdi. B.ning bir necha xalqaro tashkilotlari ham mavjud.

B.da kundalik, davriy, maxsus va bayram marosimlari ado etiladi. Monastir, butxona va xonadonlarda ertalabki va kechki ibodatlar uyushtiriladi. Odatda, 12—13 yoshli oʻspirin 20 yoshgacha, yaʼni balogʻatga yetgunga qadar monastirda rohiblikni oʻtaydi, lekin , taxm.taxminan ularning uchdan bir qismi umrbod shu maqomda qoladi. Oddiy qevm yoki dunyoviy kishilarning eng asosiy kundalik vazifasi — rohiblarni ovqat bilan taʼminlashdir. Bu bilan ular xayrli xizmat qilgan boʻladilar.

20-a.da jahon boʻylab dunyoviy kishilarni ushbu dinga jalb etish odat tusiga kirdi. Hatto Hindistonning oʻzida ham B. dunyoviy shaklda qayta tiklanmoqda. Yaponiyada dunyoviy kishilar "sinsyuko" ("yangi dinlar") deb atalgan oqimlarni (Rossiyada katta shovshuvga sabab boʻlgan "Aum sinrikyo" shulardan) tashkil etmoqdalar. Amerikadagi "yangi buddizm" jamoalari asosan dunyoviy kishilardan tarkib topgan.
Qator 27:
== Taʼlimoti ==
Buddizm taʼlimoti, asosan, uch qismdan iborat: 1) axloq; 2) meditatsiya; 3) donolik.

'''1. Axloq normalari''' — "Pancha shila" (Buddaning besh nasihati):

* qotillikdan saqlanish;

* oʻgʻrilikdan saqlanish;

* gumrohlikdan saqlanish;

* yolgʻon, qalbaki narsalardan saqlanish;

* mast qiluvchi narsalardan saqlanish.

'''2. Meditatsiya.'''

* toʻgʻri tushunish (toʻgʻri eʼtiqod qilish) — Buddaning birinchi daʼvatida soʻz yuritilgan toʻrt haqiqatni bilish va unga ishonish;

* toʻgʻri niyat qilish — dunyoviy lazzat-halovatlardan xalos boʻlishga, keraksiz fikrlar va boshqalarga zarar yetkazib qoʻyishdan saqlanishga intilish;

* oʻzini toʻgʻri tutish — oʻziniki boʻlmagan narsaga koʻz olaytirmaslik, ortiqcha hissiyotga berilmaslik;

* toʻgʻri anglash — oʻz tanasi va ruhiga oʻzini yoʻqotib qoʻymaydigan darajada nazoratda boʻlish hamda bunda ehtiroslar va iztiroblarga chek qoʻyish;

* toʻgʻri harakat qilish — oʻzidagi yomon tuygʻularni jilovlash hamda ezgu tuygʻular va harakatlarni rivojlantirish;

* toʻgʻri hayot kechirish — noʼmaqul hayot tarzidan saqlanish;

* toʻgʻri fikr yuritish — kamolotning toʻrt bosqichini ketma-ket bosib oʻtish;

* toʻgʻri gapirish — yolgʻondan, tuhmatdan, haqoratdan va befoyda gaplardan saqlanish.

'''3. Donishmandlik''' — bu buddizmning asosiy maqsadi boʻlib, narsalar tabiatini toʻgʻri tushunishdan iborat.

Yuqorida koʻrsatilgan uch amaliyot bosqichini oʻtagan inson oxir-oqibat oliy saodatga, yaʼni ''[[nirvana]]'' holatiga erishadi. ''Nirvana'' soʻzining lugʻaviy maʼnosi — "oʻchish, soʻnish". Unda hayotning har qanday koʻrinishiga intilish yoʻqoladi.

== Manbalar ==
{{Religion-stub}}
{{manbalar}}

{{OʻzME}}

[[Turkum:Dinlar]]
Qator 52 ⟶ 55:

{{Religion-stub}}

== Manbalar ==
{{manbalar}}

{{OʻzME}}