Okean: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
IanraBot (munozara | hissa)
k clean up, replaced: km2 → km² (5), m3 → m³ using AWB
k imlo, replaced: taxm. → taxminan (3) using AWB
Qator 2:
 
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi -->
'''Okean''', Dunyo okeani (yun. Okeanos — [[Yer]]ni aylanib oqadigan azim daryo) — [[Yer]]ning materik va orollarni oʻrab turuvchi suv qobigʻi. Gidrosferaning katta qismi (94%) ni, [[Yer]] yuzasining taxm.taxminan 70,8% ini egallaydi. Fizik va kimyoviy xususiyatlari hamda suvining kimyoviy tarkibi jihatidan O. bir butun, lekin miqdor jihatidan gidrologik va geokimyoviy koʻrsatkichlari xilma-xildir.
 
Gidrologik rejimining tabiiy-geografik xususiyatlariga koʻra, Dunyo okeani alohida okeanlar, dengizlar, qoʻltiqlar, buxta va boʻgʻozlarga ajralib turadi. 1650 y.da golland geografi B. Varenius Dunyo okeanini 5 alo-hida qismga: Tinch, Atlantika, Hind, Shim. Muz, Jan. Muz O.lariga boʻldi. 1845 y.da London geografiya jamiyati ham buni tasdikladi. Keyinroq baʼzi olimlar Dunyo okeanini faqat 3 ga ajratadilar: Tinch, Atlantika va Xind okeanlari. 20-a.ning 30-y.laridan boshlab Arktika havzasi sinchiklab tekshirilgandan keyin, 4 alohida okean ajratildi: Tinch, Atlantika, Hind va Shimoliy Muz O. [[Yer]] sharida O. suvi va qurukliklarning taqsimlanishi turlicha. Shim. yarim sharda suv sathi yer sharining 61% ini egallaydi. Bu yerda O. suvlari qurukdikxa ancha kirib borib, koʻp sonli dengiz va qoʻltiqlar hosil qiladi. Barcha ichki dengizlar Shim. yarim sharda joylashgan. Jan. yarim sharda suv sathi 81% maydonni tashkil etadi, lekin dengiz va qoʻltikdar kam. 81° shim. kenglikdan shim.da Shimoliy Muz okeanida va jan. kenglikning taxm.taxminan 56° bilan 65° oʻrtasida O. suvi yer sharini uzluk-siz qatlam shaklida oʻrab olgan. Suv yoki kurukdikning koʻpligiga qarab yer shari okean yarim shari va materik yarim shariga boʻlinadi. Okean yarim sharining qutbi Yangi Zelandiyadan jan.sharkda, materik yarim sharining qutbi esa Fransiyaning shim.-gʻarbida joylashgan. Gidrosferaning bir qismi boʻlgan O. atmosfera va [[Yer]] pusti bilan uzluksiz oʻzaro aloqador; shuning uchun ham O.ning koʻpgina muhim xususiyatlari atmosfera va [[Yer]] poʻstiga bogʻliq.
 
O. issiqlik va namning juda katta akkumulyatoridir. O. tufayli [[Yer]]da t-ra juda keskin farq qilmaydi, uzoq-uzoq oʻlkalarga namlik yetib boradi, natijada hayot uchun qulay sharoit vujudga keladi. O. oqsil moddalarga ega boʻlgan boy oziq-ovqat mahsulotlari manbaidir. O. energetik, kimyoviy va mineral boyliklar manbai ham boʻlib, ularning bir qismidan (suv koʻtarilish energi-yasi, baʼzi kimyoviy elementlar, neft, gaz va b.dan) inson hozirdanoq foydalanmoqda. O. va uning dengizlaridan xalqaro aloqalar oʻrnatishda juda kadim zamonlardan foydalanilgan. Bu esa yangi yerlarning ochilishi va madaniyat markazlaridan uzok, hududlarni oʻzlashtirish uchun sharoit yaratdi; transport vositalaridagi texnika taraqqiyoti bu jarayonni yanada tezlashtirdi. Dunyodagi yuk aylanishning 4/5 qismi O. yoʻllari orkali amalga oshiriladi (q. [[Dengiz transporti]]).
Qator 42:
20-a.ning 70-y.larigacha dengiz suvlaridan, asosan, osh tuzi (yiliga 8 mln. t), natriy sulfat, magniy xlorid, kaliy xlorid, brom xlorid olinar edi. Fantexnikaning keskin rivojlani-shi sharoitida dengiz suvlaridan xil-ma-xil kimyoviy elementlar olish is-tiqbollari ochilmoqda.
 
O.dan olinadigan mineral xom ashyo umumiy qiymatining 90% neft va gazga toʻgʻri keladi. Shelf zonasidagi neft va gazga boy maydon 13 mln. km² ga teng (shelf umumiy maydonining ‘/2 qismi). Taxm.taxminan hisobga koʻra. O. dagi neftning geologik zaxiralari (305 m chuqurlikkacha) 280 mlrd. t, gazniki — 140 trillion m³. 20-a. 70-y.lar boshi-gacha neft va gaz qirgokdan 150&nbsp;km uzoklikdagi 100–110 m chuqurliklardan olinar edi, Yaqin kelajakda bu ishlarni O.ning qirgʻoqdan ancha uzoq va chuqurroq joylarida amalga oshirish imkoni tugʻiladi. 40 ga yaqin mamlakat dengiz tubidan neft va gaz chiqarish bilan shugʻullanadi, 100 ga yaqin mamlakat dengiz va O. shelf zonalarida qidiruv ishlari olib bormokda. Dengiz tubidan neft va gaz chiqarishning eng yirik konlari Fors va Meksika qoʻltiqlarida joylashgan. Shim. dengiz tubidan ham neft va gaz olinmokda.
 
Shelf metall rudalari va nometall qazilmalarga ham boy. Ular ichida titanli minerallar — ilmenit va rutil, shuningdek, sirkon va monatsit muhim ahamiyatga ega; eng yirik konlar Avstraliya (sharqiy sohil)da boʻlib, yiliga 1 mln. t titanli minerallar chiqariladi. Bunday sochma konlar Hin-diston, Shri Lanka, Malayziya va b. mamlakatlar yaqinida ham uchraydi. Qalay (Malayziya, Indoneziya, Tailand, Vyetnam va Osiyodagi b. mamlakatlar qirgʻoqlari yaqinidagi shelflarda), temir rudasi (Yaponiya, Kanadadagi Nyufaundlend), sof oltingugurt (Meksika), kumir (Kanada) va b. qazib chiqarish muhim ahamiyat kasb etmoqda; bir qancha joylarda oltin va platina (mas, AQShdagi Alyaska va Kalifor-niyada), tantaloniobat, magnetit, titan-magnetit, xromit, olmos (Afrikaning jan.-gʻarbiy qirgʻogʻidagi Namibiyada) ham topilgan. Fosforit konkretsiyalari yotkiziklari (Meksika, Peru, Chili, JAR va b.) keng tarqalgan.