Tinch okeani — versiyalar orasidagi farq

k
imlo, replaced: taxm. → taxminan (2) using AWB
(Qatorga koʻchirish toʻgʻrilandi)
k (imlo, replaced: taxm. → taxminan (2) using AWB)
'''Tinch okean''', Buyuk okean - Dunyo okeanining bir qismi, kattaligi va chuqurligi jihatidan Yer sharida 1oʻrinda. T.o. gʻarbdan Yevrosiyo va Avstraliya, sharqdan Shim. va Jan. Amerika, shim.dan Chukotka va Syuard ya.o.lari oʻrtasidagi yoʻlak, jan.dan Antarktida bilan chegaralangan. Maydoni dengizlari bilan birga 178,6 mln. km², dengizlarsiz 148,3 mln. km², suvining hajmi 710 mln.km³. Oʻrtacha chuq. 3980 m, eng chuqur joyi 11022 m (Mariana novi). Qirgʻoklarining aksari qismi ford tipli va yemirilgan, gʻarbdagi tropik kengliklarda marjonli, baʼzi joylari toʻsiq rifli. Antarktida dagi qirgʻoklar, asosan, shelf muzliklari bilan qoplangan. Dengizlar, koʻproq, T.o.ning shim.gʻarbiy va gʻarbiy chekkalarida joylashgan. Yarim yopiq dengizlar: Bering , Oxota, Yapon, Sharqiy Xitoy, Sariq va Jan. Xitoy, Ichki Yapon; orollararo dengizlar: AvstraliyaOsiyo Oʻrta dengizlari deb umumiy nomlanadi; chekka dengizlar: Marjon va Tasman dengizlari, jan.da Antarktida sohili yaqinidagi Amundsen, Bellinsgauzen va Ross dengizlari.
 
T.o. orollarining koʻpligi (taxm.taxminan 10 ming) va umumiy maydoni (3,6 mln. km²) boʻyicha okeanlar oʻrtasida 1 oʻrinda. Materik orollari — Saxalin, Yapon, Tayvan, Malay arxipelagining yirik orollari, Yangi Zelandiya T.o.ning gʻarbiy chekkasida, sharqida orollarning katta kismi Shim. va Jan. Amerika qirgʻoqlari yaqinida joylashgan. Aleut, Kuril, Ryukyu, Gavayi, Samoa, Markiz, Tabuan, Galapagos va b. orollar vulkan otilishi natijasida kelib chik,qan. Karolina, Marshall, Tuamotu, Gilbert — marjon orollar. T.o.ning markaziy va jan.gʻarbiy qismidagi orollar Okeaniya deb nomlanadi.
 
Relyefi va geologik tuzili sh i . T.o. tubi tektonik jihatdan oʻziga xos tuzilishga ega, boshqa okeanlardagiga nisbatan bu yerda vulkan, suv osti togʻi va atoll koʻp. T.o. hamma tomondan harakatdagi vulkanlari boʻlgan burmali togʻlar bilan oʻralgan. Boshqa okeanlar tubiga nisbatan T.o. tubi relyefining juda ham parchalanganligi va shelfning uncha rivojlanmaganligi (umumiy maydonining 1,7%) uning umumiy xususiyatlaridan biri hisoblanadi. Chekkalarining chuq. 150 m dan 500 m gacha boʻlgan shelf (uz. 800 km gacha) Bering , Sharqiy Xitoy, Jan. Xitoy va Yava dengizlarida, keng shelf Avstraliyaning Kvinslend shtati yaqinida boʻlib, marjon qurilmalari koʻp, ular sharkdan dunyoda eng yirik Katta Toʻsiq rifi bilan oʻralgan. Shim. va Jan. Amerika qirgʻogʻi yaqinidagi shelf nisbatan kambar (bir necha oʻn km). Materik yon bagʻirlari tik, koʻpincha zinapoyasimon, kanʼonlar (Monterey, Bering) bilan oʻyilgan. T.o.ning Alyaska ya.o.dan Yangi Zelandiyagacha boʻlgan gʻarbiy qismida chekka dengizlar soyligi sistemasi (chuq. 3000 dan 7000 m gacha), orollar yoyi va ularga tutash okean novlari — Aleut (7855 m), KurilKamchatka (9717 m), Filippin (10265 m), Mariana (11022 m) bor. T.o.ning chegarasida yirik koʻtarilmalar bilan ajralgan keng soyliklar (chuq. 4000 m dan 7000 m gacha boʻlgan Shim.Sharqiy, Shim.Gʻarbiy, Markaziy, Jan. Peru va h.k.) mavjud. T.o.ning yirik relyef strukturasi — Sharqiy Tinch okean koʻtarilmasi Dunyo okeani oʻrtaliq togʻ tizmalari tarkibiga kiradi, biroq u suv osti togʻ sistemasining boshqa tizmalaridan farq qilib, Okeanii 2 asimmetrik qismga ajratadi va unda rift vodiylari aniq aks etmaydi. Eng muhim vulkan marzalari va tizmalari: Layn, Gavayi, Shim.Gʻarbiy, MerkusNekker va b. T.o.ning sharqiy qismini va Sharqiy Tinch okean tizmasini juda koʻp yoriqlar zonasi kesib oʻtgan.
Rutil va sirkonning jahon boʻyicha eng yirik konlari T.o.da Avstraliyaning sharqiy va jan.sharqiy qirgʻoqlari yaqinidagi qismida, ilmenitsirkonli qumlar Shim. Amerikaning Alyaskadan Kaliforniyagacha boʻlgan gʻarbiy qismida, kassiteritning boy sochma konlari Jan.
 
Sharqiy Osiyoda, titanmagnetitli qumlar Yaponiyaning qirgʻoq boʻyi qismida joylashgan. Alyaskaning sohilboʻyidengiz qismi oltin va platinaga boy. T.o.ning chuq. 3000 m dan ziyod boʻlgan qismida, asosan, 6° va 20° shu kabi va taxm.taxminan 180 va 120° gʻ.u. oraligidagi mayd. 6 mln. km² ga teng zonada temirmarganets konkretsiyalarning yirik konlari bor. Okeanda 120 dan ortiq neft va neftgaz konlari razvedka qilinib, 70% ishga tushirilgan. Asosiy neftgaz rni — Kaliforniyaning jan. shelf qismi, Kuk, Guayakil qoʻltiklari, Yaponiyaning garbiy shelf qismi, Boxayvan qoʻltigʻi, Base boʻgʻozi, Malay arxipelagi, Yangi Zelandiya, Bruney, Tailand, Malayziya, Indoneziya, Peruda. Yaponiya qirgʻoqlari yaqinida okeandan toshkoʻmir olinadi.
 
T.o. okeanda tashiladigan yuklar hajmi va ularning oʻsish surʼati boʻyicha 2oʻrinda. Okeanda eng koʻp neft, yogʻoch materiallar, metall rudasi, oziq-ovqat mahsulotlari tashiladi. Eng muhim transport yoʻllari AQSH va Kanada portlarini Yaponiya portlari bilan bogʻlaydi. Suv yoʻli orqali Yaponiyaga toshkoʻmir, oʻrmon mahsulotlari, bugʻdoy, ruda va b. yuklar olib boriladi, orqaga avtomobil, elektr apparaturalari, matolar, baliq tashiladi. AmerikaAvstraliya yoʻnalishida ham katta hajmda yuk ortilgan kemalar qatnaydi. Jan. Amerika mamlakatlarini AQSH va Kanadaning T.o. va Atlantika okeani (Panama kanali orqali) portlari bilan bogʻlovchi yoʻnalish boʻyicha qora va rangli metall rudalar, selitra va b. xom ashyo, kon sanoati uchun mashinalar, dastgoxlar tashiladi. Yirik portlari: Vladivostok, Naxodka (Rossiya), Vonsan (KXDR), Tyantszin, Shanxay, Guanchjou (Xitoy), Yokoxama, Kavasaki, Tiba, Kobe, Osaka, Tokio (Yaponiya), Xayfon, Xoshimin (Vyetnam), Syangan (Syangan), Singapur (Singapur), Sidney, Melburn (Avstraliya), Uellington (Yangi Zelandiya), Vankuver (Kanada), LosAnjeles, SanFransiskoOklend, Sietl, Portlend (AQSH), Kalyao (Peru), Uasko (Chili).
197 605

ta tahrir