Elementar zarracha: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
kTahrir izohi yoʻq
k imlo, replaced: taxm. → taxminan using AWB
Qator 7:
1900 yilda M. Plank mutlaq qora jism nurlanishi energiyasidan kvantlangan deb foton tushunchasiga asos soldi. Keyinchalik A. Eynshteyn elektromagnit nurlanish fotonlar tarzida yuz berib, muhitda tarqaladi va yutiladi deb fotonning hozirgi zamon tushunchasini yaratdi. Fotonlarning mavjudligi R.Milliken (1912—15) va R.R. Kompton (1922) oʻtkazgan tajribalarda tasdiqlandi.
 
P. Dirak oʻzi yaratgan elektronning relyativistik nazariyasidagi (1928—31) harakat tenglamasining simmetriyasiga asoslanib, massasi elektron massasiga teng , lekin musbat zaryadli zarra — pozitron (ye+) ning tabiatda mavjudligini nazariy ochgan boʻlsa, amerikalik fizik K.D. Anderson uni kosmik nurlar tarkibida qayd qildi (1932). Mavjudligi yapon fizigi X. Yukava tomonidan yadro kuchlar tabiatini tushuntirishda taxmin qilingan (1935) va massasi 274 elektron massasiga teng boʻlgan neytral musbat va manfiy zaryadli pimezonlarnn ingliz fizigi S.Pauell kosmik nurlar tarkibida aniqladi (1947). K.D. Anderson va amerikalik fizik S. Nedermeyer kosmik nurlar ustidagi tadqiqotlari jarayonida massasi taxm.taxminan 207 elektron massasiga teng , boshqa xossalari bilan elektronga oʻxshash musbat va manfiy zaryadli myuonlarni kashf qildilar (1936).
 
E.z.ga oid kosmik nurlarni oʻrganish bilan bogʻliq kashfiyotlar 50-y.larning boshida qayd qilingan gʻalati xususiyatli bir guruh zarralar — Kmezonlar va giperonlar kashf qilinishi bilan yakunlandi. Keyingi tadqiqotlar E.z. tezlatkichlarida oʻtkazilib, yuzdan ortiq yangi E.z. va ularning antizarralari kashf qilindi. Jumladan, P. Pauli nazariy (1930), F.Raynes va K. Kouen tajribada qayd qilgan (1953) neytrino (neytral zarra)ning ikki xili — elektron neytrinosi USva myuon neytrinosi V mavjudligi aniqlandi.
Qator 30:
* [http://www.ref.uz/download.php?id=11902 Atom tuzilishi]
{{zarrachalar}}
 
{{phys-stub}}
{{OʻzME}}
 
[[Turkum:Fizika]]
 
 
{{OʻzME}}
{{phys-stub}}