Kaʼba: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k 106.215.138.137 tahrirlari CoderSIBot versiyasiga qaytarildi
k imlo, replaced: taxm. → taxminan (2) using AWB
Qator 4:
'''Kaʼba''' (arab. — kub) — islom dinining eng muqaddas ibodatxonasi, musulmonlarning bosh sajdagohi. Saudiya Arabistonining Makka sh.da. Baytul harom (Muqaddas uy), Baytulloh (Alloqning uyi) deb ham yuritiladi. Uni ziyorat qilish — haj va umraning asosiy amallaridan biri.
 
K. Harom masjidi (q. [[al-Masjid al-Harom]])ning markazida joylashgan, bal. 15 m va poydevori 12x10 m oʻlchamda toshdan qurilgan bino; meʼmoriy yodgorlik. K. burchaklari taxm.taxminan dunyo tomonlari yoʻnalishida joylashgan. Sharqiy burchagi asvod rukni ("qora burchak") yoki oddiy rukn deb ataladi. Unga yerdan taxm.taxminan 1,5 m balandda tokcha qilinib, "qora tosh" (arabcha "hajar al-asvod") joylangan. U K.dagi asosiy tavof qilinadigan narsa, yer yuzidagi odamlarga Alloh tomonidan yuborilgan, Alloh qudratining belgisi hisoblanadi. Hoz. vaktda u bir-biriga qoʻshilib ketgan qora-qizgʻish tusdagi uch sinikdan iborat; meteorit degan taxmin bor. Shim. burchagi Iroq burchagi, gʻarb burchagi — Suriya burchagi, jan. burchagi esa — Yaman burchagi deb ataladi. K.ga qora mato (kisva) qoplab qoʻyiladi, matoga oltin va kumush harflarda xrshiya qilib K. va hajga taallukli oyatlar yozilgan. Shim.-sharqiy devorda 2 m cha balandlikda oʻyma naqsh b-n bezatilgan kumush zanjirli eshik bor. K.ga chiqiladigan gʻildirakli zinapoya oʻyma naqsh b-n, kumush qoplab jozibador bezatilgan. K. ichkarisida uchta ustun boʻlib, koʻpdan koʻp chiroq osilgan, sovgʻa qilingan Qurʼon nusxalari saqlanadi. Shim.gʻarbiy devorning tomidan tilla suvi yugurtirilgan tarnov koʻrinib turadi, u almizob yoki mizob ar-rahma deb ataladi. Shu tarnov b-n gʻarbiy burchak oraligʻi qibla hisoblanadi. K.ni tosh yotqizilgan yoʻlka oʻrab turadi. Bu yoʻlkadan ziyoratchilar yurib aylanib oʻtishadi (tavof qilishadi). Eshik roʻparasida Ibrohim maqomi bor, u tosh inshoot boʻlib, K.ni tiklayotganda Ibrohim (as) shu toshda turgan deydilar. Toshda odam izlari koʻrinadi. "Qora tosh" yaqinida muqaddas Zamzam bulogʻi bor.
 
K. islomdan ilgari ham arab qabilalarining muqaddas ibodatxonasi hisoblangan, unda qabila xudolarining 360 sanami saqlangan. Har yili arab qabilalari K.ga haj qilishga kelib turganlar. Haj qilish odati keyinchalik islomga ham oʻtgan.
Qator 20:
ikki marotaba amalaga oshiriladi: tahminan muqaddas [[Ramazon]] oyi va Haj mavsumiga ikki hafta qolganida
 
{{islam-stub}}
== Manbalar ==
{{manbalar}}
 
 
{{islam-stub}}