Xorvatiya: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Cekli829 (munozara | hissa)
Tahrir izohi yoʻq
k imlo, replaced: Taxm. → taxminan (2) using AWB
Qator 35:
 
== Adabiyoti ==
Taxm.taxminan 1100 y. yaratilgan "Bashchan plitasi" asari xorvat xalq tili unsurlari boʻlgan dastlabki til va xuquq yodgorligidir. Xalq ogʻzaki ijodiyoti, jumladan, xorvat qahramonlik dostonlari badiiy adabiyot shakllanishiga katta taʼsir koʻrsatdi. Gumanizm va italyan uygonish davri sheʼriyati taʼsirida rivojlangan Dubrovnik va Dalmatsiya adabiyoti — 15—18-a. xorvat adabiyotining tarkibiy kismidir. 15—16-a.largacha I. Chesmitskiy, Yu. Shijgorich, Ya. Bunich kabilar lotin tilida ijod qilgan boʻlsa, ulardan keyingi avlod yozuvchilari M. Marulich, Sh. Menchetich, J. Drjich, G. Lutsich, M. Drjich, I. Gektorovichlar ona tiliga murojaat etdilar. 17—18a.larda I. Gundulich, J. Palmotich, Yu. Krijanich, N. va P. Zrinskiy kabi adiblar yetishib chiqdi. 18-a. oxiri — 19-a. oʻrtalarida X. milliy uygʻonish davrida maʼrifatparvarlik adabiyoti (M. Relkovich, T. Brezovachki) maydonga chikdi. Illirizm vatanparvarlik oqimining atoqli namoyandalari L. Gay, D. Demeter, Stanko Vraz romantizm adabiyotiga asos soddilar. 19-a. oxiri — 20-a. boshlaridagi "xorvat moderni" badiiy oqimi adabiy jarayon rivojida sezilarli rol oʻynadi. Turli goyaviybadiiy okimlarga mansub boʻlgan M. Dejman, V. Vidrich, D. Shimunovich, M. Maryanovich, A.G. Matosh shu oqimni rivojlantirdilar. 1 va 2-jahon urushlari oraligʻida shoir, yozuvchi va dramaturg M. Krleja adabiy muhitda yetakchilik qildi. 1941—45 y.lardagi xalq ozodlik urushi yillarida V. Nazor, I.G. Kovachich, G. Vitez, Yu. Kashtelan, V. Popovich, J. Yelichichlarning joʻshqin sheʼrlari xalqni ruxlantirib turdi. 2-jahon urushidan keyin ham ozodlik kurashi adabiyotning asosiy mavzui boʻlib qoldi. 60— 80-y.larda O. Sholts, N. Milichevich, 3. Golob, S. Mixalich, M. Slavichek, T. Sablyak, N. Petrak, J. Sabol ijodida umumiy insonparvarlik ruhi ustunlik qildi. Drama sohasida P. Budak, I. Raos, F. Xajich, D. Roksandich asarlari shuhrat qozondi.
 
== Meʼmorligi va tasviriy sanʼati ==
X. hududida istehkomli manzilgohlarning qoldiqlari, Adriatika sohilida koʻpgina antik, asosan, Rim shaharlarining xarobalari, qad. meʼmorlik yodgorliklari (mil. av. 1-a.ga mansub Puladagi Avgust ibodatxonasi, mil. av. taxm.taxminan 300 y.ga oid Splitdagi Diokletian saroyi) saqlanib qolgan. 9-a. boshi — 12-a. oxirlarida barpo etilgan turli shakldagi tosh cherkovlar, knyaz saroylari (Split yaqinidagi Biyachi degan joyda)da Vizantiya va Markaziy Yevropa meʼmorligi uslubidan foydalanilgan. 12-a. oxirida roman uslubi (Zadardagi 1175 y.ga oid avliyo Krshevan cherkovi), 13-a.da gotika (Zagrebdagi diniy inshootlar) yoyidsi. 15—16-a.larda shaharlar kengaydi, tosh istehkomlar barpo etildi. Shu davrda Uygʻonish davriga xos meʼmorlik rivoj topdi (1431—1505 y.larga mansub Shibenikdagi sobor, 15-a.ning 2-yarmiga oid Dubrovnikdagi knyaz saroyi va b.). 17— 18-a.larda barokko uslubi urf boʻldi (Zagrebdagi OrshichRauxov, Varajdindagi Patatichi saroylari). 19-a.da klassitsizm uslubidagi inshootlar (Zagrebdagi meʼmor B. Felbinger saroylari), yangi uygʻonish va yangi barokko uslubidagi jamoat binolari (Zagrebdagi Fan va sanʼat akademiyasi, Zagreb, Split, Dubrovnikdagi teatrlar) kurildi. 20-a. boshlarida avval yangi klassitsizm, soʻng funksionalizm ruhidagi inshootlar (Zagrebdagi birja va b. binolar) qad koʻtardi. Asr oxirlarida sanoat korxonalari, turar joylar zamonaviy materiallardan kurila boshladi (Zagrebdagi "Rujer Boshkovich" ilmiy markazi, meʼmori K. Ostrogovich; aeroport, meʼmori I. Uxlik, Splitdagi "Maryan" mexmonxonasi, meʼmori L. Perkovich). X. xududida neolit davriga oid sopol buyumlar, keyingi davrlarga mansub metalldan yasalgan badiiy buyumlar, antik haykaltaroshlik yodgorliklari (haykalchalar, relyeflar), qadama naqsh asarlari topilgan. 13-a.da haykaltaroshlikda roman uslubi (usta Andrey Buvina relyeflari) yoyildi, dastlabki devoriy rasmlar paydo boʻldi. 16-a.da cherkov ibodatxonalari rangtasviri, 17-a. oxiri — 18-a. boshlarida barokko uslubidagi haykaltaroshlik va rangtasvir rayem boʻldi (F. Benkovich, B. Bobich asarlari, I. Ranger freskalari). 15—18-a.larda yogʻoch oʻymakorligi, badiiy toʻquvchilik, metallsoelik va sh.k. hunarmandchiliklar rivojlandi. 19-a. boshlarida tasviriy sanʼatda dunyoviy janrlar (portret va tarixiy kompozitsiyalar) tarqaldi. F. Kikerez, V. Bukovats, S. Medovich asarlarida romantizm belgilari koʻzga tashlanadi. Ranggasvirchilardan M. Kralevich, Y. Rachich, grafikachi T. Krizman ijodida 20-a. xorvat rassomligi asoslari yaratildi. I. Meshtrovich, A. Avgustinchich va b. haykaltaroshlik sanʼatini rivojlantirdilar. V. Betsich, L. Babich, Y. Mishe kabi rassomlar mamlakat tabiat manzaralari va xalq turmushini tasvirladilar. 20-a.ning 2-yarmida rangtasvirchilardan E. Murtich, I. Voyvodich, M. Stanchich abstrakt sanʼat va syurrealizm ruxida ijod qildilar.
 
== Musiqasi ==
Qator 52:
{{Yevropa}}
{{OʻzME}}
{{stub}}
 
[[Turkum:Xorvatiya| ]]
Qator 58 ⟶ 57:
[[Turkum:Davlatlar]]
[[Turkum:BMT aʼzolari]]
 
 
{{stub}}