Urganch: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k clean up, replaced: olchami → oʻlchami (3) using AWB
k imlo, replaced: taxm. → taxminan using AWB
Qator 72:
Yangi Urganch (hoz. Urganch) shahri Buyuk ipak yoʻlida joylashganligi tufayli tez surʼatlar bilan rivojlangan savdo va hunarmandchilik markaziga aylangan. Abulgʻoziy Bahodirxonning ogʻli Anushxon (Anushoh) davrida (1664— 89) Yangi Urganch yaqinida katta kanal qazilib, unga Shohobod (Shovot) nomi qoʻyilgan.
 
Mahalliy tarixchi olimlarning maʼlumotlari boʻyicha, Yangi Urganch 17—18 asrlarda balandligi 4–5 m li devor bilan oʻralgan qoʻrgʻon (shaharcha) boʻlgan. Shaharchada taxm.taxminan 5 ming kishi yashagan; koʻplab mayda doʻkonlar, ustaxonalar ishlab turgan. 1873 y. avgust oyida Turkiston viloyati gazetasida Yangi Urganch haqida: "Kattaligi Orol boʻyidagi Kazalinskiy shahricha keladi, atrofi qalʼa devorlari bilan oʻrab olingan, Amudaryodan 12 chaqirim narida joylashgan kichkina shahar. Orol dengizidan to Xivaga kelguncha Urganchdek goʻzal shahar yoʻq. U bogʻlar va ariqlar bilan oʻrab olingan", deb yozilgan. Oʻsha davrda Yangi Urganchda 6 mingga yaqin aholi yashagan. 1889 y.da shaharda Yaroslavl manufakturasi korxonasiga qarashli paxta tozalash z-di, 19-asr oxiri — 20-asr boshlarida "Xayriya jamiyati", RusOsiyo banki, rustuzem maktabi, xotin-qizlar maktablari ochildi. 1931 yilda viloyat teatri Xiva shahridan Urganchga koʻchib oʻtdi. 1935 yilda shaharda oʻqituvchilar instituti faoliyat koʻrsata boshladi. 1952 yilda Chorjoʻy-Urganch—Qoʻngʻirot temir yo'li qurib bitkazildi. 1959 yildan Urganch Taxiatosh elektr energiyasini ola boshladi, 1963 yilda Oʻrta Osiyo — Markaz magistral gaz quvuriga ulandi.
 
Shahar nomining kelib chiqishi miloddan avvalgi 7—6-asrlarga borib ta'qaladi. "Avesto" kitobida Vurukash (Orol) dengizi boʻyida Urga (Urva) shahri boʻlganligi qayd etilgan. Tabiiy ofatlar (suv toshqini, qurgʻoqchilik) tufayli Urga hozirgi Koʻhna Urganch hududiga koʻchirilgan. 8-asrgacha "Gurganj" nomi bilan yuritilgan. 712 y.da shahar arablar tomonidan bosib olinganidan keyin "Jurjoniya" deb ataldi. 1221 y. moʻgʻullar egallagandan soʻng shahar nomi Urganch shaklida yuritila boshladi. 14-asr Yevropa manbalarida shahar (Koʻhna Urganch) Urgant shaklida tilga olinadi.