Qohira: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
IanraBot (munozara | hissa)
k clean up, replaced: km2 → km² (4) using AWB
k imlo, replaced: taxm. → taxminan using AWB
Qator 40:
Q. — xalqaro havo, mamlakatning t.y., avtomobil va daryo yoʻllarining yirik chorrahasi. Q. va uning atrofida mamlakat sanoat korxonalarining 1/4 qismi, fka va z-d ishchilarining 1/3 qismi toʻplangan. Mashinasozlik (shu jumladan, transport mashinasozligi) va metallsozlik, toʻqimachilik, kimyo, sement va oziq-ovqat sanoatlari rivojlangan. Shahar yaqinida yirik qora metallurgiya markazi bor. Q. — yirik savdo-moliya, arab dunyosining muhim noshirlik faoliyati markazlaridan. Q.da badiiy hunarmandchilik qadimdan rivojlangan: teri, yogʻochdan turli-tuman badiiy buyumlar tayyorlanadi. Shaharda Misr muzeyi, islom sanʼati muzeyi, badiiy muzeylar, Akademiya, un-t, Misr in-ti va b. oliy oʻquv yurtlari va i.t. muassasalari (choʻl, tro-pik tibbiyot, q.x. institutlari), kutubxonalar, teatrlar bor.
 
Qadimda (taxm.taxminan mil.av. 17-a.da) Q. oʻrnida qishloq boʻlgan. Rim-Vizantiya davrida shahar Bobil, keyinroq Fustat nomlari bilan mashhur edi. 861 y.da Ahmad al-Fargʻoniy Q. yaqinidagi Ravzo o.da Nil daryosi suvi sathini oʻlchab turadigan nilometr qurgan. Bu noyob inshoot hoz. qadar saqlanib turibdi. 969 y.da shaharning shim. chekkasida "Misr al-Qohira" ("Gʻolib Misr") nomi bilan Fotimiylar hokimlari qarorgohlari qurila boshladi. 641—969 y.larda K,. Misr, Tuluniylar, Ixshidiylarning arab noiblari, 973— 1171 y.larda Fotimiylar xalifaligi poytaxti boʻlgan. Ayyubiylar (1171 — 1250) va mamluklar (1250-1517) davrida yirik diniy-siyosiy, savdo va hunarmandchilik markazi edi. 1517 y.da shaharni usmonli turklar egalladi. Misr ek-speditsiyasi davrida (17981801) Q. fransuz qoʻshinlari tomonidan bosib olingan. Shahar aholisi bir necha marta (1798, 1800) bosqinchilarga qarshi qoʻzgʻolon koʻtargan. 19-a. da Q. ancha rivojlandi, yangi turar joylar, sanoat korxonalari qurildi, oliy oʻquv yurtlari tashkil etildi. 1882 y.da Q.ni ingliz qoʻshinlari egallab, uni 1914—22 y.larda Britaniya protektorati maʼmuriy markaziga aylantirdi. 1922 y.dan Misr Podshohligi poytaxti. 1953—58 y.larda Misr Respublikasi, 1958—71 y.larda Birlashgan Arab Respublikasi, 1971 y.dan Misr Arab Respublikasi poytaxti.
 
Shahar eski va yangi qismlardan iborat. Eski Q.da (Fustat, Bobil) "Troya minorasi" (mil.av. 130 y.), vizantiya davri cherkovlari (Avliyo sergiy, Bibi Maryam, Varvara) va ilk arab davri Amr ibn al-Aso masjidi (7-a.), Ibn Tulun masjidi (9-a.); fotimiylar davridan shahar devori xarobalari (11-a.), AchAzhar va b. masjidlar, Sabʼa Banot ("Yetti qiz", 11-a.), Umm Kulsum (1122) maqbaralari, masjidlar, Usmonli turklar davridan Sinon poshsho (1571), muhammad Ali (1930—48) masjidlari saqlangan. Yangi shahar qismida keng koʻchalar, koʻp qavatli binolar, xiyo-bonlar, hukumat binolari, un-t shaharchasi, telemarkaz, bank binolari, sanoat r-nlari va b. qurilgan.